Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.6K photos
2.45K videos
311 files
7.62K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shuningdek, "Bir haftada bir kitob" loyhasi asosida O‘tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari "asarini 6-sinf o‘quvchilari sinf tarbiyachisi, jonkuyar ustoz Atayeva Momojon rahbarligida taqdimot qildilar. Taqdimot barcha o‘quvchilarning faolligida o'tdi. Jumladan, Muhammadjonov Jo‘shqinbek, Karimova Sarvara, Ozodova Hosila , Jumabayeva Nilufarlar asardan olgan his-tuyg'ularini, bilimlarini namoyon qildilar. Asarni deyarli hamma o‘quvchilar o‘qigani ularga berilayotgan savollarga javoblaridan yaqqol ko‘rinib turdi.

#Ogahiy_ijod_maktabi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Профилактик_тадбирлар

Октябрь ойининг ўнинчи куни, анъанавий дарс машғулотларидан кейин Хива шаҳридаги Огаҳий ижод мактабида навбатдаги " Юқумли касалликларга қарши профилактик дезинфекция ишлари " амалга оширилди.
Хива дезинфекция станцияси билан тузилган, режавий- муддатли махсус воситалар билан дезинфекция ва дератизация ишларини амалга ошириш мақсадидаги шартномага мувофиқ, ўқувчилар турар жойи биноси, ошхона, синф, ўқув ва ёрдамчи хоналар, ювиниш хоналари, ҳожатхоналарда, шунингдек, " Истеъдодлар маркази", спорт зали , босмахона биносида навбатдаги дезинфекция ишлари ўтказилди.
Дезинфекция ишларининг тўғри ва белгиланган талаблар асосида ўтказилиши мактаб маъмурияти ва Хива дезинфекция станцияси врачи назорати остида олиб борилди.

#Огаҳий_ижод_мактаби
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kuni kecha Ogahiy nomidagi ijod maktabining 6-sinfida sinf soati doirasida "Yurtim jamoli", hamda shu sinfda ona tili fanidan "Urg'u va bo'g'in" mavzularida sinf rahbari, ijodkor ustoz Yusupova Barno tomonidan namunali darslar o'tkazildi. Quyida ushbu dars mashg'ulotlaridan fotolavhalar.

#Ogahiy_ijod_maktabi.