Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.4K photos
2.44K videos
311 files
7.59K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Yil_sarhisobi
#Yangi_yil_tadbiri

Yurtimiz bo‘ylab yaqinlashib kelayotgan Yangi yil o‘z shukuhini barchaga ulashmoqda. Ogahiy nomidagi ijod maktabida "YANGI YIL ERTAGI" deb nomlangan bayramona shou tadbir dasturi jarayonidan
foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#yil_sarhisobi
#dekabr_2024

⚡️2024-YIL DEKABR OYIDA AGENTLIK HAYOTIDAGI MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI

1-dekabr – Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

Koreys tilini amaliy oʻrganish boʻyicha onlayn dars tashkil qilindi.

Maktablarimiz "korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi"da faol qatnashdi.

Kembrij sinfida birinchi qo‘ng‘iroq chalindi.

Agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi delegatsiya Germaniya Federativ Respublikasida tashrif buyurdi.

Ishchi guruh: STEM fanlarini oʻqitishda metodik yordam berilmoqda.

Agentlik delegatsiyasi Germaniyaning ITZ Interdistsiplinar oʻsimtalar markazida boʻldi.

Oʻquvchi-sportchilarimiz umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi.

Umumta’lim maktablariga metodik koʻmak berilmoqda.

3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tadbir.

Agentlik delegatsiyasi Germaniyaning Bad Krozingen kardiologiya markazi faoliyati bilan tanishdi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida "OITS kasalligi XXI asr vabosi" mavzusiga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi.

Kasbiy rivojlanishga qaratilgan seminar-trening.

Noyob oʻsimliklarni kashf etgan olimdan mahorat darsi.

Yadro energetikasi mavzusida qiziqarli muloqot.

"Hayo - xaloskordir" nomli koʻrik-tanlovi tashkil etildi.

Prezident maktabida harbiy prokuror bilan uchrashuv o’tkazildi.

Ekofaol oʻquvchilar uchun trening o’tkazildi.

Oʻzbekiston Qahramoni Shavkat Ayupov ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.

Qishloq xo‘jaligi vaziri, OʻzFA akademigi Ibrohim Abdurahmonov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

“Oʻzbekiston yosh iqtisodchilari hamjamiyati” xakatoni boshlandi.

Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabning oʻquvchilari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bilan tanishdi.

Jizzax viloyati prokurori B.Ibroximov ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.

“Yangi O‘zbekiston” universitetida amalga oshirilayotgan ishlar, natija va kelgusidagi rejalar mavzusidagi matbuot anjumani bo’lib o’tdi.

Maktablarimiz “Yong‘in xavfsizligi oyligi”da faol qatnashdi.

O‘zbekiston Qahramonidan mahorat darsi.

Prezident va ijod maktablari faoliyat samaradorligi tahlil qilindi.

Agentlikning Surxondaryodagi maktablar faoliyati o’rganildi.

Xitoy xalqaro maktabi vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Agentlikning Farg’onadagi maktablar faoliyati o’rganildi.

Talabalarimiz 100 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Qizlar olimpiadasining hududiy bosqichi bo’lib o’tdi.

O’quvchimiz 50 ming AQSh dollari miqdoridagi pul bilan taqdirlandi.

Sarhisob: Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi.

Sarhisob: Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi.

Oʻquvchimiz IELTSdan 8 ballik natija koʻrsatdi.

Oʻquvchimiz respublika insholar tanlovida gʻolib boʻldi.

Ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyat samaradorligi tahlil qilindi.

Prezident maktablari oʻqituvchilari xalqaro toifaga ega bo‘lmoqda.

Prezident maktablari xalqaro maktablar kengashi akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtdi.

Yosh gimnastikachilarimiz ilk sport razryadlariga ega boʻldi.

Oʻquvchimiz SAT imtihonida rekord natija koʻrsatdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yil_sarhisobi

🤩 2024-YIL OYLAR KESIMIDA AGENTLIK FAOLIYATIDAGI MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI

📆 YANVAR
📆 FEVRAL
📆 MART
📆 APREL
📆 MAY
📆 IYUN
📆 IYUL
📆 AVGUST
📆 SENTABR
📆 OKTABR
📆 NOYABR
📆 DEKABR

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan 2025-yil bilan muborakbod etadi!

Yangi yilda yangi zafarlar, yangi marralar, ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

Yangi yil barchaga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxt va saodat olib kelsin!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#YANGI_YIL_TABRIGI

❄️ Ogahiy nomidagi ijod maktabi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan Yangi – 2025-yil bilan samimiy muborakbod etadi!


🇺🇿 Yangi O‘zbekistonimiz taraqqiyoti va farovonligi yo‘lida tinimsiz mehnat qilayotgan aziz ziyolilarimiz, ilm-fan, adabiyot va san'at ahliga mustahkam sog‘lik, kuch-quvvat tilaymiz.

🎄Yangi yil yurtimizga to‘kin-sochinlik, xonadonlarimizga quvonch va qut-baraka olib kelsin!

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Ulgʻayish

Yangi yilda soddalik
Yoʻrigʻini tutmayman.
Endi hech qorbobodan,
Sovgʻa-salom kutmayman.

Chunki soqolli odam,
Bilsam soxta, qalbaki.
Har yil qorboboman deb -
Aldar bizni amakim.

: Sardor Saʼdullayev, Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Ijod zavqi" to‘garak rahbari

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#yil_sarhisobi
#Ogahiy_ijod_maktabi

📊 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabining 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tahliliy infografika
.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz va muhtaram ustozlar,
Qadrli hamkasblar!


Barchangizni kirib kelayotgan yangi — 2025-yil bilan samimiy tabriklayman va o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildirib qolaman.

Yakunlanib borayotgan yilda maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga doir qator muhim o‘zgarishlarga birgalikda guvoh bo‘ldik. Davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasi mamlakatimizning har bir hududida kechayotgan o‘zgarishlarda, har bir pedagog faoliyatida o‘z aksini topmoqda, desam adashmagan bo‘laman.

Joriy yilda birgina O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi fidoyi kasb egalari bo‘lgan o‘qituvchilar - hamkasblarimiz uchun katta yangilik bo‘ldi. Unda pedagoglar nufuzini, sha’ni va qadr-qimmatini yanada yuksaltirish, huquqlarini himoya qilish bo‘yicha mustahkam qonuniy asoslar belgilandi.

Hurmatli ustozlar!

Men ishonaman, kirib kelayotgan 2025-yil ham barcha yurtdoshlarimiz qatorida maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari uchun ham unutilmas, xayrli voqealarga, xushxabarlarga boy bo‘ladi.

Bizning maqsadimiz aniq: ertamiz egalarini barkamol tarbiyalash uchun sidqidildan ishlash, ta’lim sifatini oshirish, soha rivojiga munosib hissamizni qo‘shish. Ushbu mas’uliyatli va sharafli yo‘lda barchangizga katta kuch-g‘ayrat tilab qolaman.

Sizlarga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, kasbiy muvaffaqiyatlar hamisha hamroh bo‘lsin!

Yangi yil yana bir bor muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
#Tabrik

Muhtaram ustoz va murabbiylar!
Aziz oʻquvchilar!


Barchangizni kirib kelayotgan 2025-yil bilan chin qalbimdan samimiy qutlayman!

Ortda qolayotgan 2024-yilda bir jamoa, bir oila boʻlib, Davlatimiz rahbari tomonidan maktabgacha va maktab ta’limi rivojiga qaratilgan yuksak e’tibor natijasida ulkan marralarga erishdik.

Boshlanajak yangi yilda yangi marralar, yangi yutuqlar, yangi muvaffaqiyatlar kutib turgani shubhasiz.

Farzandlarimiz taʼlim-tarbiyasi, kelajagi yoʻlidagi sharafli va oʻta masʼuliyatli vazifamizdan bir zum ham ogʻishmay oʻquvchilarimizning sifatli taʼlim olishi uchun qoʻlimizdan kelgan barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz.

Ishonamanki, sizdek masʼuliyatli jamoa bilan hamjihatlikda yelkama-yelka turib, g‘ayrat-shijoat koʻrsatib, 2025-yil yakunlari boʻyicha ham jonajon xalqimiz va hurmatli Prezidentimiz oldida yuzimiz yorugʻ boʻladi.

Siz azizlarni yangi yil bilan yana bir bor tabriklab, hamma istak va tilaklaringiz, orzu va umidlaringiz amalga oshsin, kutganingizdan ortigʻi, oʻylaganingizdan aʼlosi, istaganingizdan ziyodasi nasib qilsin deyman.

Yangi yil xonadoningizga fayz-u baraka, sihat-salomatlik, baxt va saodat, ulkan yutuqlar va yuksak zafarlar olib kelsin!

Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Diqqat, tanlov!

EKOLOGIYA, ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH VA IQLIM O‘ZGARISHI VAZIRLIGI
VA O‘ZBEKISTON YOZUVCHILAR UYUSHMASI


2025-yil – Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili munosabati bilan ijodkorlar o‘rtasida “Onajonim – tabiat” ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.
2025-yil mamlakatimizda Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili deb e’lon qilinishi nafaqat bugungi, balki kelajak avlodlar manfaatlarini ko‘zlab tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan muhim tashabbus bo‘ldi.
Bu o‘z navbatida, inson va tabiat o‘rtasidagi muvozanatni saqlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va barqaror rivojlanishni ta’minlashda muhim qadamdir. Shuningdek, ijod ahlining ijtimoiy-ma’naviy faolligi va mas’uliyatini oshirib, yangi badiiy asarlar yaratishga ruhlantirishi tabiiy.
Tanlovga Yangi O‘zbekistonda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va inson faoliyatining tabiatga salbiy ta’sirining oldini olish, sanitariya va ekologik holatni yaxshilashni ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, erkin va farovon yurtda barkamol avlodni tarbiyalash, xalqimizda ona Vatanni, uning ne’matlarini asrab-avaylash tuyg‘usini kuchaytirish, ajdodlarimizdan meros havo, yer va yer osti boyliklari, o‘simlik va hayvonot dunyosini asrashdek milliy qadriyatlarimizni, ijtimoiy hayotdagi yutuqlarimizning barchasi ona tabiat bilan chambarchas bog‘liq ekanini yosh avlod qalbiga
va ongiga singdirish kabi ezgu g‘oyalar hayotiy misollar, teran fikr-mulohazalar bilan tarannum etilgan, shuningdek, soha fidoyilarining hayoti va yutuqlari, obodlik, farovonlik yo‘lidagi intilishlarini yoritib beruvchi she’rlar, hikoyalar, dramatik hamda badiiy publitsistik asarlar qabul qilinadi.
Ijodiy ishlar 2025-yil 20-mayga qadar qabul qilinadi.
Hakamlar hay’ati tomonidan g‘olib deb topilgan ijodkorlar 5-iyun – Butunjahon atrof muhit kuni arafasida “Eng yaxshi she’riy asar”, “Eng yaxshi hikoya”, “Eng yaxshi dramatik asar” va “Eng yaxshi badiiy publitsistik asar” nominatsiyalari bo‘yicha quyidagi tartibda pul mukofotlari, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
bitta birinchi o‘rin – bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida;
bitta ikkinchi o‘rin – bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida;
bitta uchinchi o‘rin – bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida.
Tanlovga taqdim etilgan asarlar saralanib, kitob holida chop etiladi.
Tanlovga taqdim etiladigan asarlarning asl yoki elektron nusxasi muallifning telefon raqami va pasport nusxasi bilan birga quyidagi manzilga yuborilishi lozim:
Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, Adiblar xiyoboni, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi.
E-mail: [email protected]
Murojaat uchun telefon: (71) 231-83-69.
❄️💻Raqamli Avlod IT Oromgohi 2025 Qishki mavsumi | Kun sarhisobi

Bugungi faoliyatimiz haqida batafsil ma'lumot olishni xohlaysizmi? 💻
3-yanvar kuni soat 19:00 da bizning YouTube kanalimizda jonli efir bo‘lib o‘tadi!

👉 Jonli efirda nimalar bo‘ladi?
• 1-kun davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
• Oflayn va onlayn yo‘nalishlarda ishtirokchilarning dastlabki natijalari
• Qiziqarli voqealar va IT oromgohimiz yangiliklari

Jonli efir uchun havola 👇
https://www.youtube.com/live/G9DJWAnMJdU
_______________
Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida"gi qarori.

Ushbu qaror bilan ijod maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari” mavzusida insholar tanlovini o‘tkazish va g‘oliblarni munosib taqdirlash kerakligi belgilab qo’yilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📔 Ta’til – bu yangi bilimlar olish, hayotga yangi qarashlar bilan yondashish va o‘z dunyoqarashini kengaytirish uchun ajoyib imkoniyatdir.

📚 Quyida bolalar uchun o‘qishga arziydigan, turli mavzularni qamrab olgan 33 ta adabiyotlar ro‘yxatini taqdim etamiz. Ushbu kitoblar nafaqat qiziqarli vaqt o‘tkazish, balki bilimlarni boyitishga ham xizmat qiladi.

O‘zbek xalq ertaklari
| O‘qish
Kichkina shaxzoda | O‘qish
Quyonning labi nega tirtiq? | O‘qish
Dehqon bilan ayiq | O‘qish
Dono yigit | O‘qish
Eng katta sehr | O‘qish
Tulkining jazosi | O‘qish
Yoʻlbars va tulki | O‘qish
Yamoqchi | O‘qish
Xizmatkor Mambet | O‘qish
Tulkiboy | O‘qish
Tegirmonchi | O‘qish
Sehrli surat | O‘qish
Sehrgar qizlar | O‘qish
Quyosh bilan quyun | O‘qish
Quyonchaning koʻz yoshlari | O‘qish
Qoʻrqqanga qoʻsh koʻrinar | O‘qish
Qimmat ot | O‘qish
Pufakvoy | O‘qish
Oq oʻrdak | O‘qish
Opa-uka | O‘qish
Ona va bola koʻprigi | O‘qish
Oltin toʻla qozon | O‘qish
Oʻtinchi chol bilan tulki | O‘qish
Sohibjamol Kunkey | O‘qish
Qochqoq koʻmach, ayyor tulki va ochkoʻz bo'ri | O‘qish
Qari bilganni pari bilmas | O‘qish
Ota vasiyati | O‘qish
Musofirbek | O‘qish
Uch doʻst | O‘qish
Tulki bilan turna | O‘qish
Sut, suli boʻtqasi va baroq mushuk haqida | O‘qish
Sohibjon bilan Ahmadjon | O‘qish

📚 Ta'tilingizni mazmunli va unutilmas o‘tkazishni istasangiz, ushbu adabiyotlarni mutolaa qilishni odat qiling!

📱 Telegram 🔹Instagram 📱 Facebook  📱  YouTube  📱 LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Mard o‘g‘lon” davlat mukofotining 2025-yilgi saralash bosqichiga start berildi!

Mazkur mukofot jamiyatimizning turli sohalarida yuqori natijalarga erishgan, mardlik, jasorat, qatʼiyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi yuksak fazilatlari bilan ajralib turgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida taʼsis etilgan.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

🟢Respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalar, loyihalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan;
🟢O‘z sohasida chuqur bilim, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni namoyon etgan;
🟢14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yigitlar.

📄 Hujjatlarni topshirish muddati:
Joriy yilning 1-martiga qadar, arizalarni yashash manzilingiz bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga topshirishingiz mumkin.

🗂 Qo‘shimcha maʼlumot uchun nizom bilan tanishishingiz mumkin:
👉 Nizomni ko‘rish

Jamiyat rivojiga o‘z hissasini qo‘shayotgan iqtidorli yoshlarni eʼtirof etish va rag‘batlantirish bizning burchimiz. Mukofot uchun daʼvogarlik qilayotgan barcha nomzodlarga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

#MardOʻgʻlon #MardlikVaJasorat

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👍👍👍👍

FAN OLIMPIADALARI MARKAZIGA MUROJAAT VA TAKLIFLAR TELEGRAM-BOTI YARATILDI

Fan olimpiadalari markaziga taklif va tavsiyalar telegram-boti ishga tushirildi.

🔵Endilikda siz oʻz murojaat va takliflaringizni toʻgʻridan-toʻgʻri soha vakillariga ushbu telegram-bot orqali yoʻllashingiz mumkin.

🦠Har bir murojaat va taklif roʻyxatga olinib, oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi.

❗️Zero sizning fikringiz biz uchun muhim

BOT bilan tanishish:👇
@FOM_murojaat_taklif_bot

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fanlar majmuasi 2025_2026.pdf
228 KB
‼️Yangilangan fanlar majmuasi tasdiqlandi
#abituriyent

2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi.

Fanlar majmuasida 218 ta yo'nalish ro'yxati tasdiqlangan.

❗️Eslatma: 2025/2026-o‘quv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda, yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari uchun fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi.

Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda yoki yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM