Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.3K photos
2.43K videos
311 files
7.57K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Yil_sarhisobi
#Yangi_yil_tadbiri

Yurtimiz bo‘ylab yaqinlashib kelayotgan Yangi yil o‘z shukuhini barchaga ulashmoqda. Ogahiy nomidagi ijod maktabida "YANGI YIL ERTAGI" deb nomlangan bayramona shou tadbir dasturi bo‘lib o‘tdi.


🎄 O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan yangi yil ertagi asosida sahnalashtirilgan, qiziqarli voqealarga boy multi qahramonlar, musiqiy raqslar, bayramona chiqishlar taqdim qilindi. Ayniqsa, ijodiy ssenariy asosida "Drama" to‘garagi a'zolari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinish barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#Yil_sarhisobi
#Yangi_yil_tadbiri

Yurtimiz bo‘ylab yaqinlashib kelayotgan Yangi yil o‘z shukuhini barchaga ulashmoqda. Ogahiy nomidagi ijod maktabida "YANGI YIL ERTAGI" deb nomlangan bayramona shou tadbir dasturi jarayonidan
foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#yil_sarhisobi
#dekabr_2024

⚡️2024-YIL DEKABR OYIDA AGENTLIK HAYOTIDAGI MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI

1-dekabr – Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

Koreys tilini amaliy oʻrganish boʻyicha onlayn dars tashkil qilindi.

Maktablarimiz "korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi"da faol qatnashdi.

Kembrij sinfida birinchi qo‘ng‘iroq chalindi.

Agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi delegatsiya Germaniya Federativ Respublikasida tashrif buyurdi.

Ishchi guruh: STEM fanlarini oʻqitishda metodik yordam berilmoqda.

Agentlik delegatsiyasi Germaniyaning ITZ Interdistsiplinar oʻsimtalar markazida boʻldi.

Oʻquvchi-sportchilarimiz umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi.

Umumta’lim maktablariga metodik koʻmak berilmoqda.

3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tadbir.

Agentlik delegatsiyasi Germaniyaning Bad Krozingen kardiologiya markazi faoliyati bilan tanishdi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida "OITS kasalligi XXI asr vabosi" mavzusiga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi.

Kasbiy rivojlanishga qaratilgan seminar-trening.

Noyob oʻsimliklarni kashf etgan olimdan mahorat darsi.

Yadro energetikasi mavzusida qiziqarli muloqot.

"Hayo - xaloskordir" nomli koʻrik-tanlovi tashkil etildi.

Prezident maktabida harbiy prokuror bilan uchrashuv o’tkazildi.

Ekofaol oʻquvchilar uchun trening o’tkazildi.

Oʻzbekiston Qahramoni Shavkat Ayupov ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.

Qishloq xo‘jaligi vaziri, OʻzFA akademigi Ibrohim Abdurahmonov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

“Oʻzbekiston yosh iqtisodchilari hamjamiyati” xakatoni boshlandi.

Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabning oʻquvchilari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bilan tanishdi.

Jizzax viloyati prokurori B.Ibroximov ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.

“Yangi O‘zbekiston” universitetida amalga oshirilayotgan ishlar, natija va kelgusidagi rejalar mavzusidagi matbuot anjumani bo’lib o’tdi.

Maktablarimiz “Yong‘in xavfsizligi oyligi”da faol qatnashdi.

O‘zbekiston Qahramonidan mahorat darsi.

Prezident va ijod maktablari faoliyat samaradorligi tahlil qilindi.

Agentlikning Surxondaryodagi maktablar faoliyati o’rganildi.

Xitoy xalqaro maktabi vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Agentlikning Farg’onadagi maktablar faoliyati o’rganildi.

Talabalarimiz 100 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Qizlar olimpiadasining hududiy bosqichi bo’lib o’tdi.

O’quvchimiz 50 ming AQSh dollari miqdoridagi pul bilan taqdirlandi.

Sarhisob: Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi.

Sarhisob: Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi.

Oʻquvchimiz IELTSdan 8 ballik natija koʻrsatdi.

Oʻquvchimiz respublika insholar tanlovida gʻolib boʻldi.

Ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyat samaradorligi tahlil qilindi.

Prezident maktablari oʻqituvchilari xalqaro toifaga ega bo‘lmoqda.

Prezident maktablari xalqaro maktablar kengashi akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtdi.

Yosh gimnastikachilarimiz ilk sport razryadlariga ega boʻldi.

Oʻquvchimiz SAT imtihonida rekord natija koʻrsatdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yil_sarhisobi

🤩 2024-YIL OYLAR KESIMIDA AGENTLIK FAOLIYATIDAGI MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI

📆 YANVAR
📆 FEVRAL
📆 MART
📆 APREL
📆 MAY
📆 IYUN
📆 IYUL
📆 AVGUST
📆 SENTABR
📆 OKTABR
📆 NOYABR
📆 DEKABR

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan 2025-yil bilan muborakbod etadi!

Yangi yilda yangi zafarlar, yangi marralar, ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

Yangi yil barchaga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxt va saodat olib kelsin!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#YANGI_YIL_TABRIGI

❄️ Ogahiy nomidagi ijod maktabi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan Yangi – 2025-yil bilan samimiy muborakbod etadi!


🇺🇿 Yangi O‘zbekistonimiz taraqqiyoti va farovonligi yo‘lida tinimsiz mehnat qilayotgan aziz ziyolilarimiz, ilm-fan, adabiyot va san'at ahliga mustahkam sog‘lik, kuch-quvvat tilaymiz.

🎄Yangi yil yurtimizga to‘kin-sochinlik, xonadonlarimizga quvonch va qut-baraka olib kelsin!

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Ulgʻayish

Yangi yilda soddalik
Yoʻrigʻini tutmayman.
Endi hech qorbobodan,
Sovgʻa-salom kutmayman.

Chunki soqolli odam,
Bilsam soxta, qalbaki.
Har yil qorboboman deb -
Aldar bizni amakim.

: Sardor Saʼdullayev, Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Ijod zavqi" to‘garak rahbari

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
#yil_sarhisobi
#Ogahiy_ijod_maktabi

📊 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabining 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tahliliy infografika
.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz va muhtaram ustozlar,
Qadrli hamkasblar!


Barchangizni kirib kelayotgan yangi — 2025-yil bilan samimiy tabriklayman va o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildirib qolaman.

Yakunlanib borayotgan yilda maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga doir qator muhim o‘zgarishlarga birgalikda guvoh bo‘ldik. Davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasi mamlakatimizning har bir hududida kechayotgan o‘zgarishlarda, har bir pedagog faoliyatida o‘z aksini topmoqda, desam adashmagan bo‘laman.

Joriy yilda birgina O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi fidoyi kasb egalari bo‘lgan o‘qituvchilar - hamkasblarimiz uchun katta yangilik bo‘ldi. Unda pedagoglar nufuzini, sha’ni va qadr-qimmatini yanada yuksaltirish, huquqlarini himoya qilish bo‘yicha mustahkam qonuniy asoslar belgilandi.

Hurmatli ustozlar!

Men ishonaman, kirib kelayotgan 2025-yil ham barcha yurtdoshlarimiz qatorida maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari uchun ham unutilmas, xayrli voqealarga, xushxabarlarga boy bo‘ladi.

Bizning maqsadimiz aniq: ertamiz egalarini barkamol tarbiyalash uchun sidqidildan ishlash, ta’lim sifatini oshirish, soha rivojiga munosib hissamizni qo‘shish. Ushbu mas’uliyatli va sharafli yo‘lda barchangizga katta kuch-g‘ayrat tilab qolaman.

Sizlarga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, kasbiy muvaffaqiyatlar hamisha hamroh bo‘lsin!

Yangi yil yana bir bor muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
#Tabrik

Muhtaram ustoz va murabbiylar!
Aziz oʻquvchilar!


Barchangizni kirib kelayotgan 2025-yil bilan chin qalbimdan samimiy qutlayman!

Ortda qolayotgan 2024-yilda bir jamoa, bir oila boʻlib, Davlatimiz rahbari tomonidan maktabgacha va maktab ta’limi rivojiga qaratilgan yuksak e’tibor natijasida ulkan marralarga erishdik.

Boshlanajak yangi yilda yangi marralar, yangi yutuqlar, yangi muvaffaqiyatlar kutib turgani shubhasiz.

Farzandlarimiz taʼlim-tarbiyasi, kelajagi yoʻlidagi sharafli va oʻta masʼuliyatli vazifamizdan bir zum ham ogʻishmay oʻquvchilarimizning sifatli taʼlim olishi uchun qoʻlimizdan kelgan barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz.

Ishonamanki, sizdek masʼuliyatli jamoa bilan hamjihatlikda yelkama-yelka turib, g‘ayrat-shijoat koʻrsatib, 2025-yil yakunlari boʻyicha ham jonajon xalqimiz va hurmatli Prezidentimiz oldida yuzimiz yorugʻ boʻladi.

Siz azizlarni yangi yil bilan yana bir bor tabriklab, hamma istak va tilaklaringiz, orzu va umidlaringiz amalga oshsin, kutganingizdan ortigʻi, oʻylaganingizdan aʼlosi, istaganingizdan ziyodasi nasib qilsin deyman.

Yangi yil xonadoningizga fayz-u baraka, sihat-salomatlik, baxt va saodat, ulkan yutuqlar va yuksak zafarlar olib kelsin!

Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori