Ogahiy ijod maktabi
1.26K subscribers
31.7K photos
2.54K videos
313 files
7.97K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#jarayon

🤩 Joriy o‘quv yilidan boshlab xalqaro standartlar talabiga moslashish hamda baholash jarayonini qulaylashtirish maqsadida Prezident maktablari ikki semestrlik o‘quv tizimiga o‘tdi.

Prezident maktablarida 2024/2025-oquv yili I semestr yakuni yuzasidan imtihon jarayonlaridan suratlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Kambagʻal oila farzandlarining bogʻcha toʻlovi qisman qoplab beriladi

Toyloq va Kosonsoyda “Ilk rivojlanish markazlari” ochilib, kambagʻal oiladagi va nogironligi boʻlgan 4 ming 200 nafar bolaga bogʻcha taʼlimi berildi. Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar va 2025-yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan oʻtkazilayotgan videoselektor yigʻilishida ma'lum qilindi.

Viloyat hokimlariga oʻzidagi har bir tumanda bittadan shunday tajribani tashkil qilish topshirildi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri H.Umarovaga 2025-yilda kambagʻallik yuqori 1 mingta mahallada bittadan oilaviy bogʻcha faoliyatini yoʻlga qoʻyish topshirildi.

Yangi yildan oilaviy bogʻcha oʻrinlarini 15 foiziga kambagʻal oila farzandlari qabul qilinadi va bogʻcha toʻlovi qisman qoplab beriladi.

Bogʻcha va maktab yoshidagi nogironligi bor bolalarning taʼlim bilan qamrovi Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatida eng pastligi koʻrsatib oʻtildi.

Respublika boʻyicha bunday bolalarni 16,5 mingi maktabga, 17,5 mingi bogʻchaga bormaydi, yana 11 ming bola maxsus maktab-internatlarda ota-onasidan uzoqda oʻqiyapti.

Shuning uchun Ijtimoiy himoya agentligi, MMTV, viloyat hokimlariga 1-fevralgacha har bir tumanda bittadan bogʻchada inklyuziv taʼlim guruhini ochish topshirildi. 1-sentyabrgacha 954 ta maktabda inklyuziv sinf tashkil qilinib, yana 1 ming 800 nafar nogironligi bor bola taʼlim olishi uchun sharoit yaratiladi.

Ijtimoiy himoya agentligiga harakati cheklangan bolalarga maktabga kelib-ketish xarajatini 75 foizini qoplash tizimini joriy qilish topshirildi.

Shuningdek, mental va jismoniy nuqsoni bor bolalarni oʻqitadigan 90 ta maxsus maktabni koʻp funksiyali maktabga aylantirish kerakligi taʼkidlandi. Bu orqali nogironligi bor 2 ming bola ota-onasi bilan yashab, yaqin hududdagi maktabda oʻqish imkoniga ega boʻladi.

Yangi oʻquv yilidan Toshkent shahrida bitta shunday maktab faoliyati yoʻlga qoʻyilib, namuna qilinadi.

@hilola_umarova
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Bu bizning, jamiyatimizning juda katta yutugʻi” – Prezident

Davlatimiz rahbari nogironligi bor bolalar tengdoshlari qatori oddiy maktablarda oʻqishi naqadar muhim ekani haqida gapirdi.

@hilola_umarova
Ogahiyning xalqparvarlik g‘oyalari

Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Muhammad Rizo Ogahiy (1809 – 1874) tavalludining 215 yilligiga bag‘ishlab
“Ogahiyning xalqparvarlik g‘oyalari” mavzusida adabiy-badiiy tadbir o‘tkazildi. Markazimiz sektori mudiri Sh.Sodiqova ochib bergan davrada O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi harbiy xizmatchilari, Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabi o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Tadbirda davomid Ichki Ishlar Vazirligi Xorazm akademik litseyi
tarix fani katta o'qituvchisi E.Matyaqubov Ogahiy hayoti va ijodi bo‘yicha olib borayotgan ilmiy ishi haqida gapirdi. Markazimiz xizmati rahbari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, taniqli yozuvchi Sh.Matkarimov, Milliy gvardiya viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi bo‘linmasi boshlig‘i O.Komiljonov, Urganch Davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi Z.Asqarova o‘zbek mumtoz adabiyotining taniqli namoyondasi Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy lirikasi, uning tarixiy asarlari, tarjimalari, davlat arbobi sifatidagi faoliyati to‘g‘risida atroflicha so‘z yuritdilar. Ichki Ishlar akademik litseyi o‘quvchilari Ogahiy hayoti va ijodini rus va ingliz tillarida so‘zlab berdilar. Ogahiy ijod maktabi o‘quvchilari, pedagogika instituti talabalari Ogahiy ijodidan namunalar o‘qidilar. Shoir g‘azallarini maromiga yetkazib o‘qigan ijod maktabi o‘quvchilari Milliy gvardiya viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan “Tashakkurnoma” bilan taqdirlandilar.
🟦🟦🟦🟦🟦

Qilmoq bila parvarish tikon gul bo'lmas,
Ham tarbiyat ila zog' bulbul bo'lmas,
Gar asli yamong'a yaxshiliq ming qilsang,
Yaxshiliq oning niyati bilkul bo'lmas. (Ogahiy
)


✏️Buyuk tafakkur egasi, ulkan shoir, hassos tarixchi, zabardast tarjimon, davlat arbobi Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludiga 215 yil to‘ldi.

😁Bugun Urganch davlat universitetida Filologiya va san'at fakulteti tashabbusi bilan “Ogahiy ijodini tadqiq etishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi.

➡️Konferensiyani Xalqaro hamkorlik aloqalari bo'yicha prorektor G’.O'razboyev kirish so’zi bilan ochib berib, anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi. Filologiya va san'at fakulteti dekani D.G'ayipov anjumanga moderatorlik qilib, shoir, tarjimon, tarixchi olim Ogahiy tavalludining 215 yilligi munosabati bilan tashkil qilingan ilmiy-amaliy anjumanning mazmun-mohiyati, Ogahiyning o'zbek adabiyotida tutgan o'rni, sermahsul ijodi, shoir asarlarining keyingi yillardagi nashri va bu jarayonda fakultet professor-o'qituvchilarining xizmatlari borasida o'z fikrlarini bayon etdi.

➡️Ilmiy-amaliy anjumanda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, fakultet professor-o’qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

⭐️Unda “Ogahiydan ogohlikka intilib…”, “Ogahiyning “Boʻldi tut” radifli gʻazalidagi onomalar”, “Badiiy san’atlarni qo‘llashda Navoiyga ergashish”, “Ogahiyning tarixiy- adabiy asarlaridan o‘rin olgan lirik janrlar haqida”, “Ogahiy tarixiy asarlari leksikasi va Xorazm shevalari lug‘at fondi”, “Ogahiy shohbaytlari” singari mavzularda fakultet olimlarining ma’ruzalar tinglandi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati boʻlimi aʼzolarining Ogahiy ijodi va yangi nashrlari yuzasidan fikrlari bayon etildi.

Anjuman yakunida Ogahiy tavalludining 215 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan ko‘rik-tanlov g‘oliblari taqdirlandi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM