Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.4K photos
2.43K videos
311 files
7.58K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Bitiruvchilar_kengashi

⚡️ BITIRUVCHILAR KENGASHI YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida tizimdagi Bitiruvchilar kengashing 2024/2025-oʻquv yiliga oid faoliyatini samarali tashkil etish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.

Agentlik rahbariyati, masʼul xodimlari, Bitiruvchilar kengashi boshqaruv apparati ishtirok etgan yigʻilishda Kengash strategiyasidagi ustuvor masalalar, xususan, Agentlik tizimidagi maktablar bitiruvchilari bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning takliflari asosida ta’lim jarayonini takomillashtirish, maktab ta’limidan keyin egallangan kasbiy tajribalarini o‘quvchilarga yetkazish yoʻnalishlarida amalga oshiriladigan asosiy vazifalar belgilab olindi.

Maʼlumot oʻrnida, Agentlik tizimidagi Bitiruvchilar kengashi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 1-apreldagi PF-55-son farmoni ijrosi doirasida tashkil etilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#millat_bayrog’i

🇺🇿 MUQADDASDIR VATAN BAYROGʻI

Bayrog‘imiz, g‘urur va faxrimiz timsoli, Vatanimizning beqiyos ramzidir. Toki bayroq bor ekan, millat bor, davlat bor, Vatan bor.

Magʻrur hilpirayotgan bayrogʻimiz yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, obodlik, millatlararo totuvlik, qut-baraka va kelajakka boʻlgan mustahkam ishonch ramzi sifatida qalbimizga bitmas-tuganmas iftixor bagʻishlaydi.

Davlatimiz ramzi qabul qilingan sana bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etamiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YURTIM BAYROG'I

Cheksiz samo uzra, yuksaklik sari,
Hilpirab, bo'y cho'zsa yurtim bayrog'i.
Zavq bilan ko'z tiksa odamlar bari,
Junbushga keltirar tanam titrog'i.

Faxr-u iftixordan yurak tez urib,
Qinidan chiqqudek bo'lib ayqirar.
Shu parcha mato deb qaddini kerib,
Muzaffar o'g'lonlar nechun hayqirar?

Ko'zidan yosh to'kar er yigitlar ham,
Hislarin jilovlay ola bilmasdan.
Shu holat kim uchun qiladi alam,
Gar qolsa bayrog'i ko'kka ilmasdan.

Asli yurt ishqi bu, yurak parchasi,
Bir bo'lak matomas, g'urur timsoli.
Mehringdan kuch olib xalqing barchasi,
Sevgaylar Vatanni Kubro misoli.

Qo'lini kesmoqqa jazm etdi yog'iy,
Ne bo'lar beparvo, boqmasa qiyo?
Shunchalar muhimmi millat bayrog'i,
Uning egilishi fojiami yo?

Qizil chiziqlaring–ulug' ajdodlar,
Bemavrid to'kilgan qirmizi qoni.
Yuksakka ko'tarsa toki avlodlar,
Doim omon bo'lsin shu aziz joni.

SAIDA SAFO
Ogahiy nomidagi ijod maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉Facebook|
👉YouTube| 👉Instagram‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Rekord darajada kattalikdagi O‘zbekiston bayrog‘i Xorazmga olib kelindi

Bugun, 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan rekord darajada — 100 metr kattalikdagi bayrog‘imiz 14-noyabr kuni Xorazmga keldi.

Bayrog‘imiz bir necha kun davomida Xorazmning Urganch shahri, "Ichan qal'a"si, Buxoro Arki va Samarqanddagi Registon maydonida bir guruh harbiylar, yoshlar va boshqa vatandoshlarimiz qo‘llarida hilpirab, poytaxt tomon harakatlandi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| in | YouTube