#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga
9-ISHTIROKCHI
NASR
Kutilmagan hadya
(Hikoya)
Yana oʻsha kuz fasliga yuzlandim. Bugundan kuz faslini Shohida oʻzi uchun hamma narsaning tugashi yoki boshlanishi deb hisoblay boshlagan edi. Tillarang yaproqlar - oradagi sevgini yuzaga chiqaruvchi vositalar. Ishq, rashk, ibo-hayo, muhabbat. Yoki aksincha bu yaproqlar oradagi ishq rishtalarining uzilishi. Nafrat, alam, qalb ogʻrigʻi, koʻngil sovishi kabi. Sovuq shamol-oradagi ishonch. Oshiq qadamini qay tomonga bosishni xohlasa, shamol uni oʻsha tomonga boshlaydi. Bu xiyonat boʻlishi ham mumkin. Oshiq qanchalik yoridan uzoqlashishni xohlasa Shamol ham shunchalik sovuqlasha boradi. Oh, bu daraxtlar, bechora daraxtlar qanchadan qancha yaproqsiz qolgan daraxtlar. Hissiz, rangsiz, sevgini tan olmay qoʻygan yuraklar bu. Yoki aksincha qanchadan qancha insonlarning dardiga malham boʻlgan yuraklardir balki. Osmon uzra tarqalgan qop-qora bulut va olmos kabi yerga tovlanib tushayotgan yomgʻir tomchilari - sevinch yoki alam koʻzyoshlari...
Qora bulut esa oradagi qahr yoki bir shodlik tufayli oʻrtadagi hamma gina-kuduratni unutib yuborish unchun bir sabab.
Shohida ta'sirchan, insonlarga tez oʻrganib qoluvchi, ishonuvchan bir qiz. U deraza tirqishlaridan olmos kabi tirqirab oqib tushayotgan yomgʻir tomchilarini kuzatar ekan, xayollari parishon bir holatda xotiralarni biroz esga oldi. Tashqaridan esa koʻzlari tun qorongʻusi kabi qop-qora, kipriklari uzun, lablari qip-qizil, jingalak sochlari bosh kiyimidan chiqib yotgan, olovrang plash va qora soyabonini qoʻlida ushlab, eshikni g‘ichirlatgancha ochib kimdir kirib keldi va mayin ohangda:
- Shohida, - dedi. Bu qiz Shohidaning yaqin dugonasi Shabnam edi. Biroq ayni damda Shohidaning xayollari chalkashgan. Shuning uchun u xayol bilan boʻlib kelgan odamni payqamadi. Shabnam juda kamgap, uni bir qarashdayoq tushunib boʻlmaydigandek, ammo oʻz dunyosiga ega qiz edi. Shabnam uning yoniga sekin yaqinlashdi, ammo deraza oldida oʻyga choʻmgancha oʻtirgan Shohida yana uni payqamadi. Shabnam uning yelkasiga yomgʻirda hoʻl boʻlgan qoʻllarini qoʻydi va:
- Shohida, - dedi. Shohida choʻchib ketdi va uning oʻylari bir zumda atrofga tarqaldi, biroq Shohida dugonasiga e'tibor bermasdan yana deraza tashqarisiga koʻz tikkancha barmogʻi bilan derazaga bir soʻz yozdi: "JIM". Endi bu gal uning koʻzlaridan marjonday koʻzyoshlar oqib tusha boshladi. Shabnam nima boʻlgani bir oz payqaganday boʻldi va uning yelkasidan qoʻlini olib, deraza oldiga stol olib kelib oʻtirdi. Shohida kuzni juda yaxshi koʻrar va kuz yomgʻiri yogʻganda uning ostida soatlab sayr qilardi. Goh oʻsha xazon boʻlgan yaproqlarni terar, goh quruq qolgan daraxtlarga rahmi kelar, goh shamolga nafrat koʻzlari bilan qarab bir joyda uzoq turib qolardi. Ammo bu safar unday boʻlmadi. Yomgʻir qanchalik goʻzal boʻlib yogʻmasin, bugun unda sayr uchun xohish yoʻq edi. Buni deraza tashqarisiga qahr bilan boqayotgan koʻzlaridan payqash qiyin emas edi. Tashqaridagi shamol tillarang yaproqlarni u yoqdan bu yoqqa olib oʻtar, yaproqlar esa noiloj shamol ortidan ergashardi. Shabnam esa u bilan birga yomgʻirda sayr qilish uchun kelgandi. Shohidaning ahvoli yaxshi emasligini sezdi. Bu kuzning birinchi yomgʻiri edi. Har gal kuzda ilk bor yomgʻir yogʻganda ular shodlanar, qalbi huzurga toʻlar, yomgʻir tomchilaridan rohatlanishar edi. Xuddi kuz ularga nimadir hadya qilgandek goʻyo:
- Shohida, balki yomgʻirda biroz...
- Jim... jim... xohlamayman, - dedi Shohida.
- Shohida, oʻsha bechora daraxtlar seni qoʻmsayapti, - dedi Shabnam achinish ohangida.
- Yovuz shamolni qaragin barglarni tinch qoʻymayapti, - dedi ovozini biroz balandlatib Shabnam.
- Oh, bechora daraxtlar, bechora daraxtlar...
Shabnamning oxirgi bu gapi unga kuchliroq ta'sir qildi chogʻi u yugurib tashqariga chiqdi. Osmon ostida toʻyib-toʻyib yigʻladi. Shiddat bilan uning yuziga urilayotgan yomgʻir tomchilari goʻyo unga hamma narsaning tugashini anglatayotgandek. Uning oʻzi ham osmonga qoʻshilib toʻyib yigʻladi.

Beixtiyor lablari orasidan: "Shamol sendan nafratlanaman, eshityapsanmi nafratlanaman" degan soʻzlar baqiriq ohangida chiqib ketdi. Shohidaning bu ahvoli ehtimol sizga ham tanishdir. Ammo bu gal kuz fasli unga koʻp narsaning tugashini hadya qildi, balki bu boshlanishidir.
✍🏻: Odilbekova Marjona,
Ogahiy ijod maktabi 9-B sinf o‘quvchisi
✍🏻: Odilbekova Marjona,
Ogahiy ijod maktabi 9-B sinf o‘quvchisi
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga
10-ISHTIROKCHI
NASR
Xazonrezgi
( Hikoya )
Kuz faslining o'rtalari.
Maktabdan kelsam uyimiz oldi to'p-to'p, sap-sariq yaproqlar uyimi to‘lib ketibdi. Oyim pishirgan ovqatni yeb, bir oz dam oldim, so'ngra hovliga chiqib atrofni kuzatdim.
Kuz faslining ikkinchi oyi. Obi havo goh iliq, goh sovuq. Birdan ko'zim shudgordagi qora, ola qarg'alar qag'-qag'lashib uchib yurganiga ko'zim tushdi. Baland ovoz bilan ukamni ko'chadan chaqirgan edim, birdan qarg'alar cho'chib, turli tarafga uchib ketishdi. Ovozimni eshitib Rustamjon ukam yugurib keldi. Ukamga oyim uy-yumushlari bilan band bo'lib charchab qolishini va biz oyimga uy-ishlarida ko'maklashishimiz, hovlimizni xazonlardan tozalab, oyimizni xursand qilishimizni tushuntirdim. Kuz xazonlarini tozalash mobaynida, ukamga oltin kuz haqida hikoya aytib berdim. Hikoyani aytib, ish tugaganini ham sezmay qolibmiz. Ichkaridan oyim chiqib goh bizga, goh hovliga qarab xursand bo'lib, mening mehribonlarim, deb bizni rosa erkalab maqtadi, ukam maqtovlardan o'zini qo'yarga joy topa olmadi. Oyim bizga qarab mehr bilan: "Qani, ichkariga choyga, mening jajji mehnatkashlarim", - deya ishi bilan ovora bo'lib ketdi. Ichkariga kirishdan oldin Rustamjon orqasiga o'grildi-yu: "Oltin kuz seni yaxshi ko'raman", - deb hayqirib xursandligicha yugurib ichkariga kirib ketdi.
✍🏻:Yaqubova Sevinchoy,
Ogahiy ijod maktabining 7-A sinf o‘quvchisi

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#oʻquv_seminar
⚡️ LABORATORIYA JIHOZLARIDAN FOYDALANISH BOʻYICHA OʻQUV-SEMINAR
🤩 Agentlik tizimidagi maktablarning fizika, kimyo va biologiya fanlari oʻqituvchilari uchun laboratoriya jihozlaridan foydalanish boʻyicha oʻquv-seminar oʻtkazilmoqda.
Mazkur seminar Agentlikning masʼul xodimlari, Fan kengashi aʼzolari tomonidan ZOOM platformasi orqali onlayn tashkil etilib, mavzular tizimdagi barcha maktablarning fizika, kimyo va biologiya fanlari oʻqituvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalariga koʻra tanlab olingan.
Oʻquv-seminar davomida ishtirokchilarning laboratoriya jihozlaridan toʻgʻri foydalanish malakalari oshirilmoqda. Murakkab mavzularda amaliy darslar bilan o‘qituvchilarga metodik yordam berilib, Agentlikning Fan kengashi aʼzolari tomonidan yoʻlga qoʻyilgan videodarslar orqali o‘qituvchilarning laboratoriya ishlarini bajarish koʻnikmalari mustahkamlanmoqda.
Oʻquv seminari 15-noyabrga qadar barcha hududlar kesimida olib boriladi.
Maʼlumot oʻrnida, Agentlikning Fan kengashi aʼzolari tomonidan yoʻlga qoʻyilgan loyiha doirasida fizika, kimyo va biologiya fanlaridan laboratoriya ishlarini bajarish boʻyicha videodarslar tayyorlanib, respublikadagi barcha oʻquvchi va oʻqituvchilar foydalanishlari uchun Youtube platformasiga joylab borilmoqda.
Videodarslarni quyidagi havolalar orqali kuzatib borish mumkin:
Fizika fan kengashi YouTube kanali;
Kimyo fan kengashi YouTube kanali;
Biologiya fan kengashi YouTube kanali.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv
#Ogahiy_ijod_maktabi
TURKIYALIK REKTOR OGAHIY IJOD MAKTABIGA TASHRIF BUYURDI
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabida Bartin universiteti rektori, fizika fanlari professori, doktor Orhan UZUN va universitet dekan muovini, doktor Ahmet Yirmibeşlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv jarayonidan foto lavhalar.
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram