Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.5K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#YANA_XUSHXABAR
#BAYRAMGA_MUNOSIB_SOVĜA
#GULMIRANING_MAQOLASI_XALQARO_NASHRIYOTDA

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Ogahiy ijod maktabi o'quvchisi, yosh iste'dod sohibasi Ravshanbekova Gulmiraning "Muhammad Yusuf - Vatan kuychisi" nomli maqolasi Turkiya va Ozarbayjon Respublikasining "Turk yayinevi" nashriyoti tomonidan chop etilgan "Turkchaning dunyodagi o'zbek ovozi" kitobidan joy egalladi.
2021-yilning 27-28-avgust kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida ushbu kitobning taqdimot marosimi o'tkazilgan bo'lsa, kecha Xorazm viloyati hokimligi binosida viloyat Yozuvchillar uyushmasi hududiy bo'limi tomonidan yangi kitobning taqdimoti va ijodkorlarni taqdirlash marosimi o'tkazildi. Unda Ogahiy ijod maktabi 10-sinf o'quvchisi Ravshanbekova Gulmira ham ishtirok etdi va yangi nashrdan chiqqan kitob, xalqaro darajali Sertifikat hamda sovg'alar bilan taqdirlandi.

Barakalla Gulmira, ofarin!
Barchamizga muborak bo'lsin!



Bizning telegram kanalimiz:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#XUSHXABAR
#BAYRAMGA_MUNOSIB_TUHFA

📚 YANGI KITOB

📌 Toshkentdagi "Yashil yaproq" NMU nashriyoti tomonidan Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi 9-"B" sinf ijodkor oʻquvchisi Sunnatulla Rajabov ( Jaloliy )ning "NURAFSHON SO'Z" nomli ilk kitobi chop etildi.
Biz Sunnatulla va ota-onasini, jamoamizni hamda barcha ijod ahlini kutilgan ushbu dilbar bayoz bilan qalban, samimiy va shodiyona muborakbod qilamiz.

🎉 Tabriklaymiz, qutlaymiz!!!

Sunnatulla Rajabovning yangi "NURAFSHON SO'Z" kitobining taqdimoti bahorgi ta'til tugab, o'qish jarayonlari boshlangach Ogahiy nomidagi ijod maktabida o'tkaziladi.



O'quvchilarimizning eng yangi yutuqlari birinchi bo'lib bizning telegram kanalida: 👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Bayramga
#Ustozlar_ijodidan

VATANIMIZ POSBONLARI


Alpomishning quvvati bor bilagida,
Jaloladdin shijoati yuragida,
Chaqaloqlar tinch uxlaydi yo'rgagida,
Osoyishta qaldirg'ochli ayvonlari,
Qilar xizmat, Vatanimiz posbonlari!

Yurt tinch esa shodon bo'lar kelinchagi,
El tinch ekan tebranadi belanchagi,
Sizlar xalqning chin g'amxo'ri, kuyinchagi,
Xavf-xatardan asraguvchi qalqonlari,
Chekib zahmat, Vatanimiz posbonlari!

To'ylarida kuylab baxshi dostonlari,
Siz sababli yangrar omon-omonlari,
Siz borsiz el tinch, musaffo osmonlari,
Yurtimizning eng fidoyi insonlari,
Deymiz: "Rahmat, Vatanimiz posbonlari!"

Qoyil qolib, ba'zan so'zi sehringizdan,
Oftob isi kelar qaynoq mehringizdan,
Yov chekingay, shijoat-u qahringizdan,
Sinaladi jangda mardi-maydonlari,
Qilsa shiddat, Vatanimiz posbonlari!

Goh yurasiz dala-dashtda, yaylovlarda,
O'tkazasiz kuningizni sinovlarda,
Safda turib, bo'ling deymiz siylovlarda,
Ko'ksingizni bezab ko'krak nishonlari,
Sizga hurmat, Vatanimiz posbonlari!

Burchingizni ado etib, yuzi yorug',-
Bo'ling deymiz,- martabangiz doim ulug',
Sharafli bu bayramingiz bo'lsin qutlug',-
Er yigitlar yo'lin tutgan jononlari,
Sizda iffat, Vatanimiz posbonlari!

Orzu qilgan edi Fitrat, Cho'lponlari,
Bo'lishdi lek qatag'onning qurbonlari,
Bugun ro'yob Qodiriyning armonlari,
Dastur amal Yurtboshimiz farmonlari,
Qiling g'ayrat, Vatanimiz posbonlari!


: SAIDA SAFO,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
#Bayramga
#Ustozlar_ijodidan

VATANIMIZ POSBONLARI


Alpomishning quvvati bor bilagida,
Jaloladdin shijoati yuragida,
Chaqaloqlar tinch uxlaydi yo'rgagida,
Osoyishta qaldirg'ochli ayvonlari,
Qilar xizmat, Vatanimiz posbonlari!

Yurt tinch esa shodon bo'lar kelinchagi,
El tinch ekan tebranadi belanchagi,
Sizlar xalqning chin g'amxo'ri, kuyinchagi,
Xavf-xatardan asraguvchi qalqonlari,
Chekib zahmat, Vatanimiz posbonlari!

To'ylarida kuylab baxshi dostonlari,
Siz sababli yangrar omon-omonlari,
Siz borsiz el tinch, musaffo osmonlari,
Yurtimizning eng fidoyi insonlari,
Deymiz: "Rahmat, Vatanimiz posbonlari!"

Qoyil qolib, ba'zan so'zi sehringizdan,
Oftob isi kelar qaynoq mehringizdan,
Yov chekingay, shijoat-u qahringizdan,
Sinaladi jangda mardi-maydonlari,
Qilsa shiddat, Vatanimiz posbonlari!

Goh yurasiz dala-dashtda, yaylovlarda,
O'tkazasiz kuningizni sinovlarda,
Safda turib, bo'ling deymiz siylovlarda,
Ko'ksingizni bezab ko'krak nishonlari,
Sizga hurmat, Vatanimiz posbonlari!

Burchingizni ado etib, yuzi yorug',-
Bo'ling deymiz,- martabangiz doim ulug',
Sharafli bu bayramingiz bo'lsin qutlug',-
Er yigitlar yo'lin tutgan jononlari,
Sizda iffat, Vatanimiz posbonlari!

Orzu qilgan edi Fitrat, Cho'lponlari,
Bo'lishdi lek qatag'onning qurbonlari,
Bugun ro'yob Qodiriyning armonlari,
Dastur amal Yurtboshimiz farmonlari,
Qiling g'ayrat, Vatanimiz posbonlari!


: SAIDA SAFO,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi


🌐Ogahiy nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|