Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
310 files
7.52K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Dastur_ijrosi_amalda
#Ibrat_maktabi
#Oʻquvchi_almashish

⚡️ Ijod maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, oʻquvchilarni hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish maqsadida "Oʻquvchi almashish" dasturi yoʻlga qoʻyilgan.

📚 Dasturi doirasida Xorazm viloyatidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Muhabbat Jumaniyazova tomonidan Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining barcha sinflarida hafta davomida ochiq hamda mahorat darslari o’tib berildi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Bugun

18-may - Xalqaro muzeylar kuni

1977-yilda Xalqaro muzeylar kengashida ilk bor xalqaro muzeylar kunini nishonlash masalasi qoʻyildi.

1978-yildan buyon bu kun har yili 18-may sanasida nishonlanadi.

Bugun “Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan bu muzeylarning bari barchamizga bepul kirish imkoniyatini beradi.

🌐 Telegram | Facebook
Dunyo muzeylariga onlayn sayohat qiling!

🎥 Dunyoning mashhur Luvr, Ermitaj va Britaniya muzeylari, NASA va Tretyakov galereyalari hamda jahon madaniyatining eng nodir namunalari saqlanadigan yana ko‘plab maskanlarga bepul onlayn sayohat qilish imkoni mavjud:

🫥Ermitaj — https://bit.ly/33nCpQg
🫥Metropoliten-opera — https://bit.ly/2TTSr1f
🫥Vena Operasi — https://bit.ly/39OINlQ
🫥Googlening «Arts and Culture» loyihasi — https://artsandculture.google.com
🫥Van Gog muzeyi — https://bit.ly/2TRdiSQ
🫥Vena san’at tarixi muzeyi — https://bit.ly/3d08Zfm
🫥Luvr — https://bit.ly/2WciGBi
🫥Britaniya muzeyi (3,5 mln dan ortiq eksponatlar kolleksiyasi) — www.britishmuseum.org
🫥Prado (11 000 dan ortiq san’at asarlari) — www.museodelprado.es
🫥Vatikan muzeyi va Sikstin kapellasi — www.vatican.va/various/cappelle/sistina_vr/index.html
🫥Nyu-York zamonaviy san’at muzeyi — www.moma.org/collection/?=undefined&page=3&direction=fwd
🫥Guggenhaym muzeyi onlayn-kolleksiyasi www.guggenheim.org/collection-online
🫥Salvador Dali muzeyi — https://bit.ly/33iHVmX
🫥NASA video-galereyasi — www.nasa.gov/content/ultra-high-definition-video-gallery
🫥Smitsonlar muzeyi — https://www.si.edu/exhibitions/online
🫥Krakov milliy muzeyi — https://bit.ly/3d29dT0
🫥Budapesht tasviriy san’at muzeyi — https://bit.ly/3d08L80
🫥Sankt-Peterburg muzeyi — https://bit.ly/2IOQDjq
🫥Tretyakov galereyasi — https://artsandculture.google.com/partner/the-state-tretyakov-gallery
🫥Ermitaj bo‘ylab sayohat (5 soatlik) — https://bit.ly/39VHDoI

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#Yoshlar_ziyo_maskani
#Dastur_ijrosi_amalda
#Oʻquvchi_almashish

⚡️ Ijod maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, oʻquvchilarni hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish maqsadida "Oʻquvchi almashish" dasturi yoʻlga qoʻyilgan.

🏛📚 Dasturi doirasida Xorazm viloyatidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi hamda Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 9-sinf o‘quvchilari “Yoshlar Ziyo maskani” Namangan viloyat kutubxonasiga hamda ushbu maskanga qarashli "IT-PARK"ga sayohat qilishdi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Afsonalar_vodiysi
#Dastur_ijrosi_amalda
#Oʻquvchi_almashish

⚡️ Ijod maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, oʻquvchilarni hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish maqsadida "Oʻquvchi almashish" dasturi yoʻlga qoʻyilgan.

🏰 Dasturi doirasida Xorazm viloyatidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi hamda Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 9-sinf o‘quvchilari Namangan sharhridagi "Afsonalar vodiysi" madaniyat va istirohat bog'iga sayohat qilishdi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_VA_BIZ
#18_may_Xalqaro_muzeylar_kuni

OGAHIY UY MUZEYI HAQIDA LAVHA NAMOYISH ETILDI

📺 2024-yilning 18-may kuni Xorazm televideniyasining "Assalom, Xorazm" dasturida Ogahiy nomidagi ijod maktabi joylashgan so'lim bog'dagi Ogahiy uy muzeyi haqida qamrovli lavha namoyish etildi.

🔰 18-may - "Xalqaro muzeylar kuni" munosabati bilan mahorati jurnalist Nargiza Bo'ronova tomonidan tayyorlangan ushbu lavhada Ogahiy nomidagi ijod maktabi direktori Sarvar Abdullayev va muzey ilmiy xodimi Go'zal Yusupovalarning intervyulari o'rin olgan.

🌐Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
⚡️Rasman: Ertaga 19-may kirish imtihonlari andozasidagi TEKIN onlayn test tashkil etiladi!

🏆YUTUQ: 1.000.000 so'm!

📆 Yakshanba, 19-may kuni Imtihonlar.uz platformasi'da kirish imtihonlari andozasidagi BEPUL onlayn BLOK Test tashkil etilmoqda!

📆Test vaqti: 19-may (09:00 dan 23:59 gacha)
💳Ishtirok etish narxi: BEPUL
👉Ro'yxatdan o'tish shart!

Kirish imtihonlari andozasidagi 5 BLOKLI original testlar siz uchun!

Yo'nalish tanlang va ro'yxatdan o'ting!
👉 Rus tili
👉 Nemis tili
👉 Fransuz tili
👉 Huquq + Ingliz tili
👉 Ingliz tili + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Matematika + Ingliz tili
👉 Matematika + Ona tili
👉 Matematika + Fizika
👉 Ona tili + Ingliz tili
👉 Ona tili + Matematika
👉 Ona tili + Tarix
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Ingliz tili
👉 Tarix + Ona tili
👉 Biologiya + Ona tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Kimyo + Matematika
👉 Geografiya + Matematika
👉 BOSHQA YO'NALISHNI TANLASH;

👨🏻‍💻 Testga ro'yxatdan o'tish:
👉 Ro'yxatdan o'tish
👉 Ro'yxatdan o'tish

🔖 Test yakunida sertifikat beriladi!
Fanlar majmuasi 2023_2024.pdf
1.6 MB
Qaysi fanlardan imtihon topshirasiz, bilasizmi ?

2024/2025-oʻquv yili uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy)) imtihon topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlangan.

2024/2025-oʻquv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan taʼlim yoʻnalishlari fan majmualari qoʻshimcha tasdiqlanadi.

@BahoIashUz✅️ - Rasmiy taʼlim yangiliklari!
#Bizning_ijod

Halima  Xudoyberdiyevaning "Onam, onama..." she'riga nazira


Dunyo ishlariga bo'ldim ovvora,
Joning omon bo'lsin bolam dedingiz.
Xasta bo'lsangiz ham onam bechora,
Bizga ko'p, o'zingiz oz-moz yedingiz.

O'zimni o'ylabman hammadanam ko'p,
Yuribman o'zimning tashvishlarim-la.
Onajonim, sizni eslamadim xo'p,
Yuzim yomg'ir bo'lar ko'zyoshlarim-la.

O'zgalarga yugurib, shahar- kentdaman,
Yo'limdan qaytarib kesatmadingiz.
Bu dunyoda mehmonman, manam ketaman,–
Deb nechun bir bora eslatmadingiz?!
Onam, onama...
           
Anora Maqsudova,
Ogahiy ijod maktabining
7-"A" sinf o'quvchisi


🌐Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#Bizning_ijod

Sehrli pianinochi


(Jumanazar Yo‘ldoshning "Sir" hikoyasidan ta’sirlanib bitilgan mashqim) Farg‘onaga sayohat davomida

Qog‘ozga so‘zli rasm chizayotgan oppoq qora qalam va nihoyat so‘nggi nuqtasini qo‘ydi. Uni juda chiroyli qo‘llar bir maromda harakatlantirar edi. U qo‘llar xuddi toza suv kabi tiniq ko‘rinardi. Ammo u yozayotgan narsa oddiy yozuv emas, qanaqadir musiqaning notalariga o‘xshardi. U notalar shunchalik mukammal yozilganki, hech bir naqqosh yog‘ochga u kabi xatosiz naqsh o‘yib yasolmaydi. Bir muddat to‘xtab qalamni joyiga qo‘ygan o‘sha sirli kimsa notalari yozib tugatilgan sariq rangli kitobni yopdi. So‘ng asta o‘rnidan turib katta taxta stol ustida turgan o‘sha kitobni bag‘riga bosdi. Shu payt yoqimli shamol esib kimsaning xuddi sof qora bo‘yoq bilan bo‘yalganga o‘xshab turgan sochlarini uchirdi. So‘ng egnidagi qordan-da oppoq kuylagini ham uchirdi. Oppoq kuylak juda chiroyli va yumshoq edi. U kishi shamoldan juda erkin nafas oldi. Shamol uning ipakdek mayin sochlarini silab, erkalab keta boshladi. Shamol yigitning oldida shunchalar yoqimli esadiki, buni sezgan har kishining xayoliga shamoldan bahra olish keladi.
Osmonga o‘zining sirli nigohlari bilan qararkan, labida iliq tabassum paydo bo‘ldi. Moviy osmon va turli shakldagi bulutlar yigitning sochlariga o‘xshagan qop-qora ko‘zlarida aks eta boshladi. Osmondagi bor jismlarning bari o‘sha yigitga kulib qarar, xuddi uni sevib qolgandek, chiroyiga mahliyo bo‘lgandek eng yorqin ko‘zlari bilan boqardi.
Yigitning go‘zalligidan hammasining xushi uchib tartibsiz harakat qila boshlashdi. Avval yomg‘ir yog‘ib, keyin chaqmoq chaqdi; ham quyosh, ham oy ko‘kyuziga chiqdi; quyosh bo‘la turib, bulutsiz qor yog‘di...
Yigit esa bundan xulosa chiqarib, shu go‘zal orazini pushti ro‘mol tagiga oldi. U yuzini asta berkitarkan, falak anjomlari: bulut, quyosh, oy, tun, kun o‘z o‘rniga joylashdi. Bu voqeadan keyin osmon sathiga kunni quva-quva salobat bilan mohi tobonini olib tun kirib keldi.
Tunning bag‘ridagi oymomo u yigit haqidagi ta’rifni eshitib juda xafa bo‘ldi, ko‘p yig‘ladi, chunki hamma unga: "U yigit sendan ming chandon go‘zal ekan" deganlari uchun ko‘z yosh to‘kdi. Ko‘zlariga ro‘molcha tutish mohning esidan chiqibdi, shekilli, ko‘z yoshlari son-mingta yulduzlarga aylanibdi.
Yigit qayergadir yo‘l oldi. U qadamini juda chiroyli, bir maromda bosardi. Hatto unga hasad qilgan oy ham uni ko‘rib oshiq bo‘lgach, o‘zining yorug‘ og‘ushini yigitning yo‘liga tushirdi. Buni payqagan yigitning yuzidagi quvonch yana-da ortdi. U ko‘z qorachig‘idagi yorqin ishq, mehr, muruvvat, shafqatga to‘la oppoq nurini barchaga birdek qaratib qo‘ydi. Nigohi qaridagi bir tuyg‘u hammasiga teng tikildi. Shu bir qarashdan barcha narsalar yanayam yorug‘lashganday bo‘ldi. Ertalabdan buyon yigitning atrofida girdikapalak bo‘layotgan shamol ham sekinlashib, uni quchgandek o‘zini yigit bag‘riga otdi.
Ertasiga ertalab ham o‘sha yigit yuziga parda tortiqliq holda qo‘liga qandaydir katta quti va kecha yozib tugatgan kitobini olib yo‘lga chiqdi. U soddadilligi bilan barchaga yoqib qolgan, shu sababli, yo‘lidagi hayvonlar unga tegmas, "Meni silab o‘t" degandek mo‘ltillagan ko‘zlari bilan qarar edilar. Hatto yo‘lidagi qator poyezd reyslariga o‘xshagan chumolilar karvoni ham yigit kelganda qochib joy berardi. Yigit ularning har biriga shunday nazar solardiki, bu nigohlar juda ko‘ngilga yaqin, iliq edi. U nihoyat manziliga yetdi. Yigit shunchalar uzoq yo‘l bosdi, biroq tezda yetib bordi. Shu joydagi xodacha ustiga qutidan qora va oq klavishli bir nima va uning ustiga sariq, notalar yozilgan kitobni olib qo‘ydi. Uni ko‘rgan oliy mavjudotlarning bari atrofini qurshab oldi. Ular bitta qur yasashdi. Ayniqsa, yigit o‘sha asbobidagi qora, oq klavishchalarga barmoqlarini bosib, yoqimli kuylarni tarata boshladi.
Uning kuyiga barcha rom bo‘lar, hech uning oldidan ketgisi kelmas, kun-u tun o‘sha sirli yigitning qoshida bo‘lishardi. Yigit klavishli cholg‘usiga "Taqdirlar" deb nom bergan bo‘lsa-da, odamlar uni "Pianino" deb atashiga
U joydagi deyarli barcha uni yoqtirar edi. O‘sha deyarliga uchta odam kirmasdi. Ular o‘sha yigitni yoqtirmas, odamlarning barchasi unga qarashi o‘shalarning(uch odamning) g‘ashini keltirardi. Chunki ularga qiziqish qolmasdi. Shunday ekan, odamlarning barchasini o‘zlariga og‘dirish, yigitning pianinosini o‘g‘irlash uchun harakat boshlashdi(Chunki pianinosini sehrli deb o‘ylashardi). Ular odamlar orasida "Uni pianinasi sehrli, agar ko‘p boraversangiz sehrlanib qolasiz" deb ig‘vo chiqarishdi. Bu gaplardan so‘ng yigitning oldidagi odamlar kamaydi. Keyin esa yigit yo‘q payti uning pianinosini o‘g‘irlashdi. U yerda bo‘lmasa ham buni sezib turgan yigit sir boy bermadi. Faqat odamlardan qattiq ranjidi.
Ertaga ertalab, osmon labini qizg‘ish ufq bezagan bir paytda yigit orqasiga bir qarab qo‘yib, uzoqlarga ketdi. Ana u uch odam bo‘lsa "Pianinoni chalamiz" deb odamlarni yig‘ishdi. Biroq pianinodan juda yoqimsiz, xunuk ovoz eshitilar edi. Buni eshitgan odamlar juda lanj holatga tushishdi va xushlaridan ketib, yiqilishdi. Ana ular esa qancha harakat qilmasin sira chiroyli kuyga o‘xshamasdi. Chunki ular bir sirni: pianino sehrli emas, balki pianinochi sehrli ekanini bilishmasdi. Ha aynan o‘sha go‘zal pianinochi sehrli ekanini anglamagan edilar...

✍️: Nurmamatova Oygul,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8 - "B" sinf o‘quvchisi, "Navnihol" to‘garagi a’zosi
Forwarded from XorazmTELEKANAL | RASMIY (𝙍𝙐𝙎𝙇𝘼𝙉  𝙎𝘼𝙋𝘼𝙔𝙀𝙑)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YOSH IJODKORLARNING ZOMIN SEMINARI HUDUDIY BOSQICHI

17.05.2024

📲@XorazmTELEKANAL✔️

📲DASTURNING HD versiyasi👇

🎥 YouTube

📺 OnlineTV
📻 Online Radio

Telegram kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/+Sc_gfY0E_0jvYofu
#Oʻquvchi_almashish_dasturi
#Ogahiy_ijod_maktabi

🔰Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari o'rtasida yo'lga qo'yilgan “O'quvchi almashish dasturi” doirasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida bir hafta davomida bo'lgan Marg'ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi va Namangan viloyati To'raqo'rg'on shahridagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o'qituvchi va o'quvchilari bugun, 19-may kuni ijod maktabimiz mas'ullari tomonidan munosib kuzatib qo'yildi.

💫 Ular xorazmcha mehmondo'stlik uchun minnatdorchilik bildirdilar va bir olam taassurotlar bilan qaytayotganliklarini izhor etdilar.

➡️ "Dastur" sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, o'quvchilarni sifatli ta’lim olishlariga keng imkoniyatlar yaratish, hududlardagi tarixiy yodgorliklar bilan yaqindan tanishtirish, ijod maktablarining ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirishga xizmat qildi. 

🔹 Ustozlar va o'quvchilarga oq yo‘l tilaymiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌