Ogahiy ijod maktabi
1.35K subscribers
31.9K photos
2.56K videos
313 files
8.05K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

O‘qituvchilar uchun SEL kasbiy rivojlanish dasturi ish boshladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan UNESCO  tashkiloti bilan hamkorlikda  o‘qituvchilarning ijtimoiy, hissiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan SEL dasturi ish boshladi.

Tadbirni vazirning birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev ochib berdi.

⚡️ Unda shuningdek, UNESCO tashkilotining O'zbekistondagi vakili Sara Noshadi, Qori Niyoziy nomidagi Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti mutasaddilari hamda pedagoglar ishtirok etdi.

4 kun davomida bo‘lib o‘tadigan treninglarda 50 nafardan ortiq pedagoglar o‘quvchilar bilan muloqot ko‘nikmalari, zamonaviy raqamli vositalardan unumli foydalanish bo‘yicha bilim va malakaga ega bo‘ladi.

🎈Yana bir e'tiborli jihati shundaki, ushbu xalqaro treninglarda Ogahiy nomidagi ijod maktabi ingliz tili fani o'qituvchisi Aksana Xajaniyazova ham faol ishtirok etmoqda.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
6👏3👍2🥰2
Forwarded from XorazmTELEKANAL (𝙍𝙐𝙎𝙇𝘼𝙉  𝙎𝘼𝙋𝘼𝙔𝙀𝙑)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IJOD MAKTABLARIDA O'QUVCHI ALMASHISH DASTURI
14.05.2024

📲@XorazmTELEKANAL✔️

📲DASTURNING HD versiyasi👇

🎥 YouTube

📺 OnlineTV
📻 Online Radio
👏72👍2🥰2
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Guliston shahridagi Prezident maktabining 6-sinf oʻquvchisi Muhammadjon Olimboyev IMAS olimpiadasida oltin medal sohibi bo’ldi.

Samarqand shahridagi Prezident maktabining 7-sinf oʻquvchisi Shohrux Umrzoqov IMC olimpiadasining xalqaro bosqichiga yoʻllanmani
qoʻlga kiritdi.

Andijon shahridagi Prezident maktabi tomonidan “Professional development“ loyihasining navbatdagi sahifasini
taqdim qilindi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida taniqli ijodkorlar bilan uchrashuv
tashkil etildi.

Abdulla Qodiriy nomidagi
ijod maktabi, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, Peshku, Mingbuloq tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarida "Ochiq eshiklar kuni" bo‘lib o‘tdi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabida adib Ulugʻbek Hamdam bilan ijodiy
muloqot oʻtkazildi.

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tomonidan Oʻzbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 77 yilligi munosabati bilan videoroliklar tanlovi
eʼlon qilindi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Al-Xorazmiy volontyorlari" guruhining ochilish marosimi
boʻlib oʻtdi.

Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o’quvchisi SunnatjonToirov IELTSdan yuqori natijaga
ega boʻldi.

Toshkent viloyati maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan Intellektual olimpiadada Oqqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va Yangiyoʻl shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoalari gʻoliblikni
qoʻlga kiritdi.

Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi”
bo‘lib o‘tdi.

Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktab maʼmuriyati tomonidan yangi baholash tizimi joriy etilgan umumtaʼlim maktablari uchun seminar t
ashkil qilindi.

Qoʻqon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari xalqaro taʼlim grantlarini
qoʻlga kiritdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
4🔥2👏2👍1
#Dastur_ijrosi_amalda
#Ibrat_muzeyi
#Oʻquvchi_almashish

⚡️ Ijod maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, oʻquvchilarni hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish maqsadida "Oʻquvchi almashish" dasturi yoʻlga qoʻyilgan.

🏛 Dasturi doirasida Xorazm viloyatidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi nomidagi ijod maktabi hamda Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 9-sinf o‘quvchilari bugun “Is’hoqxon To‘ra Ibrat” nomidagi muzeyga sayohat qilishdi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
6👍2😍2
#Vatan_boʻylab_sayohat
#Ogahiy_ijod_maktabi

OCHIQ OSMON OSTIDAGI SHAHARGA SAYOHAT

📆 May oyining 14-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabiga “O'quvchilar almashish dasturi” ijrosi doirasida tashrif buyurgan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi va Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari va ustozlar hamrohligida


Ko'hna va hamisha navqiron Xiva shahridagi “Ichan qal'a”, “Pahlavon Mahmud” ziyoratgohi, “Islomxo‘ja" minorasi va bir qator ochiq osmon ostida joylashgan shahar muzeylarini tomosha qilishdi.


🗺 Yuqori shukuhga boy ushbu sayohatda mehmonlarimiz xorijlik mehmonlar bilan ham muloqot qilishdi. Ushbu sayohat ularga manzur bo‘ldi degan umiddamiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
👍53👏3
#Dastur_ijrosi_amalda
#Zakovat

📆 May oyining 14-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi va Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari bilan birgalikda yozgi amfiteatrda "Zakovat" turniri bo‘lib o‘tdi.


➡️ Bellashuvda

1. 7-"A" sinfining "Ogahiy izdoshlari"
2. 7-"B" sinfining "Renessans"
3. 8- "A" sinfining "Temuriylar"
4. 8-"B" sinfining "Yosh Beruniylar"
5. 9-"A" sinfning "Humo"
6. 9-"B" sinfning "Adolat"
7. 10-"A" sinfning "Fikrat"
8. 10-"B" sinfining "Ziyo"
9. Erkin Vohidov maktabi
10. Ibrat maktabi jamoalari o‘zaro bellashdilar.


Maktabning tarbiyachi-pedagogi Jumanazar Yo‘ldosh tomonidan o‘quvchilarga bir-biridan qiziqarli bo‘lgan savollar berildi.

🏆 Eng so‘nggi pallada hammadan ko'p ball to'plab, savollarga aniq javob bergan, 10-"A" sinfining "Fikrat" jamoasi g'oliblikni qo‘lga kiritib, "Hafta bilimdoni" deb e'tirof qilindi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
5👍3👏2😢2
#Dastur_ijrosi_amalda
#Zakovat

📆 May oyining 14-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi va Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari bilan birgalikda yozgi amfiteatrda o'tkazilgan "Zakovat" turniri jarayonidan foto lavhalar
.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
👍6🥰3👏3🔥2😢1