Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.54K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Ogahiy ijod maktabi
#xotira_aziz_qadr_muqaddas ....Seni kiprigim-la panalar qilib, Koʻzim qarogʻida asragim kelar. Hilola Jumanazarova, Ogahiy nomidagi ijod maktabi 11-"B" sinf o'quvchisi 🎙Mumtozxon Otaboyeva, Ogahiy nomidagi ijod maktabi 9-"A" sinf o'quvchisi Ogahiy…
***

Oʻtli moziyingni eslasam bir on,
Ming tilim boʻladi yuragim, qalbim.
Koʻksingda ulgʻaygan nihollaringni,
Qayta shu bagʻringga singdirding, xalqim.

Fashist, deb atalmish yov keldi boshga,
Ketdi osoyish-u oroyish hayot.
Bunda sen demak yoʻq, bunda men demak,
Butun bashariyat qoʻzgʻoldi, hayhot.

Koʻzi ochiq ketdi onaizorlarning,
Eshikka koʻz tikib, bir diydor istab.
Ichikib yigʻlashar besado, beun,
Kimdir padari-yu, kim yorin izlab.

Tunlar yoʻq xalovat, kunduz harorat -
Qiyomat lahzasi kelganday goʻyo.
Atomlardan emas, oʻqlardan emas,
Faryodlar zarbidan titraydi dunyo.

Daryo boʻlib oqdi begunoh qonlar,
Alvonga belandi jang maydonlari.
Vatan, deganlarni kurashga chorlar,
Berahm dushmanning gʻalayonlari.

Xotirasi dillardan hech oʻchmagay,
Tinchlik-chun jonini tikkan mardlarning.
Bagʻringda ulgʻaygan qay farzand borki,
Albat, aritadi butun dardlaring.

Endi gʻalabalar hamrohing sening,
Tegrangda hamisha baxt qushi yelar.
Seni kiprigim-la panalar qilib,
Koʻzim qarogʻida asragim kelar.


Hilola Jumanazarova, Ogahiy nomidagi ijod maktabi 11-"B" sinf o'quvchisi

🌐Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram

© Hilola Jumanazarova
#Oʻquvchi_almashish_dasturi
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Iśhoqxon_Ibrat_ijod_maktabi

🔰Xabar qilganimizdek, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari o'rtasida “O'quvchi almashish dasturi” doirasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10 nafar 9-sinf o'quvchilari Namangan shahridagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi, 10 nafar 8-sinf o'quvchilarimiz Marg'ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabiga yo'l olgandilar.

➡️ Dilbandlarimiz ustozlari boshchiligida salomat va xushkayfiyatda bugun manzillarga yetib bordilar.

🔹 Suratlarda Namangan shahriga yetib borgan Ogahiy nomidagi ijod maktabi 9-sinf o'quvchilari ustozi Muhabbat Jumaniyazova bilan.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
#Oʻquvchi_almashish_dasturi
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Iśhoqxon_Ibrat_ijod_maktabi

🔰 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari o'rtasida “O'quvchi almashish dasturi” doirasida Namangan viloyati To'raqo'rg'on shahridagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 9-sinf o'quvchilari bugun Ogahiy nomidagi ijod maktabi tomonidan yuqori kayfiyatda kutib olindilar.

➡️  Bir hafta davomiida Ogahiy nomidagi ijod maktabida tahsil oladigan o'quvchilar maktab sharoitlari, Ogahiy uy muzeyi bilan tanishdilar, maktabimiz amfiteatrida mushoira o'tkazdilar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
#Ochiq_eshiklar_kuni
#IJod_maktabi

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi "Ochiq eshiklar" kuniga taklif etadi.

Ochiq eshiklar kunida:
Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot;
O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar;
Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar);
Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya va maktab hayoti bilan tanishuv sizni kutmoqda.

📆 Joriy yil may oyining har shanbasi
10:00 dan 16:00 gacha
🗺 Manzil: Xiva shahar, Qiyot mahallasi, "A'lo" ko‘chasi 45-A uy

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#Oʻquvchi_almashish_dasturi

🤩Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarida o'zaro sog'lom raqobatni shakllantirish, o'quvchilarning ijodiy va ilmiy faoliyatini yanada takomillashtirish, hududlardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy an'analar, etnografik va folklor namunalari bilan yaqindan tanishish maqsadida “O'quvchi almashish dasturi” yo'lga qo'yilgan.

Shu munosabat bilan Halima Xudoyberdiyeva hamda Ogahiy nomidagi ijod maktablarining 8-9-sinflaridan jami 20 nafar o'quvchi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabiga yetib kelishdi va jarayonlarda faol ishtirok etishmoqda.

🗣Bundan tashqari, yuqoridagi maktablardan tashrif buyurgan 2 nafar pedagog xodim jadval bo'yicha dars mashg'ulotlari olib bormoqdalar.

🌐Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇

👉Tarmoqlarimiz👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM