Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.53K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Tarģibot_tadbiri

🔰 Ogahiy nomidagi ijod maktabida Xorazm viloyati FVB bilan hamkorlikda “Yong‘in va cho‘milish paytida o‘zini-o‘zi muhofaza qilish” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔺Unda viloyat yong‘in-qutqaruv otryadi mutaxassislari ko‘rgazmali chiqishlar tashkil etdilar.
Ko‘rgazmada maktab direktori S.Abdullayev, MMIBDO' B.Sadullayev, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha direktor o‘rinbosari T.Kadamov va yuqori sinf o‘quvchilari ishtirok qilishdi.

🔷 Tadbir ishtirokchilariga yong‘in xavsizligi xodimi zarur aslahalari va uning vazifasi haqida tushunchalar berildi. Qolaversa, yaqinlashib kelayotgan yoz mavsumida cho‘milish havzalarida ehtiyotsizlik natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar, cho‘milish ta’qiqlangan joylarga bormaslik haqida zarur ko‘rsatmalar berildi. Yong‘in, zilzila va boshqa tusdagi favqulodda vaziyatlarni oldini olish va sodir bo‘lganda harakat qilish tartibi tushuntirildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

Telegram| Facebook|
YouTube| Instagram‌‌
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Buxoro shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari mehnat faxriylari bilan uchrashdi.

Guliston shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari “Oʻzmilliybank” Sirdaryo viloyati filiali faoliyati bilan
tanishdi.

Namangan shahridagi Prezident maktabida ota-onalar bilan uchrashuv
tashkil qilindi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari “Teen Eagle” xalqaro ingliz tili musobaqasida faxrli o’rinlarni
qo’lga kiritdi.

Nukus shahridagi Prezident maktabida Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalari mutaxassislari ishtirokida seminar-trening
boʻlib oʻtdi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Bilim va malakani baholash agentligi bilan hamkorlikda bitiruvchilar uchun diagnostik
test oʻtkazildi.

Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida adabiy festival
boʻlib o‘tdi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga Germaniyaning "Klett Group" kompaniyasi delegatsiya a'zolari
tashrif buyurdi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Milliy ohanglar" musiqiy konsert dasturi
tashkil etildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida matematika sohasi olimlari bilan tajriba
almashildi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida “Diplomacy Club” loyihasi
ish boshladi.

Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi “JDU matematika olimpiadasi”da muvaffaqiyatli
ishtirok etdi.

Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi "Shunqorlar “ harbiylashtirilgan sport musobaqasining Respublika bosqichiga
yo’llanma oldi.

Qiziltepa, Chust tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarida 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Nurota, Navbahor, Namangan, Qiziriq, Denov tumanlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida "Ochiq eshiklar kuni" oʻtkazildi.

Shirin shahar ixtisoslashtirilgan maktabida futbol boʻyicha "Xotira kubogi" musobaqasi
tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#9_may
#Tadbir_jarayoni

🎗9-may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar markazi" da "Jasorat – millat g‘ururi va iftixori” shiori ostida o‘tkazilgan tadbir jarayonidan foto lavhalar.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌