Ogahiy ijod maktabi
1.18K subscribers
31.5K photos
2.51K videos
313 files
7.91K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Ogahiy ijod maktabi
Video message
Ayni damda, o‘quvchilar tomonidan "Popuri" kuyi chalinmoqda.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_dars

🗓 2-may sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-“B” sinfida Davletova Dilnoza tomonidan matematika fanidan “IV bob. O’tilganlarni takrorlash” mavzusida ochiq dars tashkil qilindi.


💢 Dars jarayoni qizg’in va bahs munozaralarga boy tarzda kechdi. Ayniqsa, fanlararo bog’liqlikka asoslangan integratsiyali shartlar darsni kuzatayotgan o’qituvchilar tomonidan iliq baholandi.

♻️ Dars mobaynida o’quvchilar “Meni top” (chalkash harflardan matematik atama-terminlarni topish), “She’riy misol” (o’quvchi doskada she’r aytish asnosida misol yechishi) va “English maths” (matematik atama terminlarni inglizchasini moslash) kabi shartlarni qiziqish bilan bajarishdi.

Darsdan ko’zlangan asosiy maqsadga erishildi, dars mazmunli va taassurotlarga boy tarzda bo’lib o’tdi.

🌐Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Toshkent shahridagi Prezident maktabida kitobxonlik tanlovi
boʻlib oʻtdi.

Nukus shahridagi Prezident maktabida Toʻlepbergen Qayipbergenov va Ibroyim Yusupov tavalludining 95 yilligi doirasida “Zakovat”
oʻtkazildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabida “Eko taqdimotlar oyligi”
e'lon qilindi.

Nurafshon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari alohida ta'limga ehtiyoji boʻlgan bolalar holidan
xabar oldi.

Halima Xudoyberdiyeva, Ogahiy nomidagi ijod maktablari, Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari Xotira maydonini ziyorat qildi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Zomin seminarining mintaqaviy bosqichiga yo‘llanma
oldi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabida “Kinokarvon” loyihasi doirasida uchrashuv
o‘tkazildi.

Hamid Olimjon va Zulfiya, Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktablari, Sergeli, Uchqoʻrgʻon, Mingbuloq, Yangiqoʻrgʻon, Qumqoʻrgʻon, Muzrabot, Vobkent, Buxoro, Olot, Qorakoʻl tumanlari, Bekobod, Qarshi shaharlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari milliy, xalqaro sertifikatlarga ega boʻldi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida chellenj
eʼlon qilindi.

Qarshi shahridagi Prezident maktabi va Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi oʻrtasida bayram turniri
tashkil etildi.

Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi bitiruvchisi NYUAD dasturiga
qabul qilindi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi ijodiy tanlov
eʼlon qildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Medipol universiteti vakillari bilan uchrashuv
oʻtkazildi.

Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Eko-Zakovat" turniring final bosqichi
boʻlib oʻtdi.

Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan
maktabi, Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari “Teen Eagle" final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Denov, Qumqo‘rg‘on, Uzun, Qiziriq , Qorakoʻl tumanlari ixtisoslashtirilgan maktab va internatlarida “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Aksiya
#Tabiat_hammamizniki

🔰 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinf o'quvchilari joriy yilning 3-may sanasida sinf rahbari Nilufar Samadova rahbarligida "Ma'naviyat soati" darsida "22-aprel - Xalqaro yer kuni"ga bag'ishlab " Yer - hammamizning umumiy uyiniz" shiori ostida ekologik aksiya o'tkazdilar.


🌿 Ko'ngilli sifatida tashkil etilgan va yuqori uyushqoqlik hamda kayfiyatda o'tgan ushbu aksiyada o'quvchilar Ijod maktabimiz oldidagi bog' - Ichan qal'a muzey qo'riqxonasiga qarashli Ogahiy uy muzeyi atrofi, oldidagi maydonlar, ariqlardagi chiqindilarni yig'dilar, supirib tozaladilar va belgilangan joyga olib chiqib tashladilar.

🌐Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#Aksiya
#Tabiat_hammamizniki

🔰 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinf o'quvchilari joriy yilning 3-may sanasida sinf rahbari Nilufar Samadova rahbarligida " Yer - hammamizning umumiy uyiniz" shiori ostida ekologik aksiya o'tkazdilar.


🌿 Jarayondan fotolavhalar


🌐Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram