Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.54K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#Ijodiy_zavq

Beparvo


Beparvo oʻylarda katta dunyolar,
Beparvo qadamda soʻngsiz bir manzil.
Beparvo oʻylarga choʻmar daryolar,
Beparvo oʻylarda maqsadlar har xil.

Fargʻona...
Margʻilon...
Ipak toʻquvchi...
Toʻrt tomon siqadi ulkan xonani.
Yuragim hovuchlab kiraverdim men,
Bosmoqqa iymaniiib keng ostonani.

Kirsam... Mashinalar zorlanib yotar,
Atrofda xotinlar qiqir-qiqiri.
Qulogʻim ostida janoza aytar,
Oʻsha taxtalarning taqir-tuquri.

Atrofga beparvo qaradim asta,
Devorda osigʻliq roʻmollar koʻrdim.
Vo ajab! Qoʻrquvdanmikan bir pasta,
Ichimda muzqotgan hayratim oʻldi.

Roʻmollar rang-barang, hammasi har xil,
Turfa xil oʻylardan toʻqilgan ular.
Demak taqdir boʻldi eng soʻngi manzil,
Ularga devorda qoqilgan mixlar.

Poʻstin olmay qoʻydi axmoq odamlar,
"Pillamni olinglar" gʻavgʻo solar qurt.
Qoʻrqaman,bir kuni mening oʻylarim,
Toʻqish taxtasiga boʻpqolsa manqurt.

Beparvo dunyoga mungʻayib boqsam,
Taxtalar oʻyimdan roʻmol toʻqiydi.
Dod solib, hayolim kesinglar desam,
"Tilimni ochiqqan bulbul choʻqiydi".

Zangori rang bilan boʻyamoq uchun,
Uchini yo'nadi qalamlarining.
Eshitsam, vujudim qaltirab ketar,
Oʻsha toʻquvchilik xonalarini...

Ular eshitmadi mening nolamni,
Oʻyimni gʻijimlab tirtaverdilar.
Figʻon tutganda ham butun olamni,
Bilaman. U qoʻyvormas. Tortqilayverar.

Oppoq hayollarim endi zangori,
Yelkasin quchoqlar koʻp otinlarning.
Endi sochlarini yopib turadi,
Boshi ochiq qolgan tul xotinlarning,
Boshi ochiq qolgan tul xotinlarning.


Nigina Rustamboyeva,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi


( Margʻilon shahridagi toʻquvchilik xonasidan ilhomlanib, poyezdda yozilgan sheʼr)

🌈 Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Bizning_yangi_ijod
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

DIL KUYCHISI MUHAMMAD

Bukun seni madh etdim,
Dil kuychisi Muhammad.
Har she'ringda mehr bor,
Qo'lin bergan muhabbat.

Yoddan chiqmas lolajon,
Go'zal lolaqizg'aldoq.
She'rlaring sevar edi,
Munchoq koʻzli qizaloq.

Qizlarimga ayt deding,
Dilimdagi borini.
Qizlaring xoʻb iboli,
Sotishmadi orini.

Bevafo koʻp ekan deya,
Sababini aytmading.
Bizni tashlab g'avgʻoga,
Hanuz oʻzing qaytmading.

Zeboning sen ishqida,
Boʻlgan eding devona.
Uzun koʻylak Turkman qiz,
Seni izlab sarson-a!

Bir qiz yigʻlar buloq boshida,
Salkam mana oltmish yoshida.
Oʻzing aytib ketibsan unga,
Bevafo koʻp ekan dunyoda.

Kapalaklar hanuz sarson-a,
Seni axtarib, seni kutishar.
Qayda qoldi Muhammad deya,
Sahargacha jondan kechishar.

Maxsudbekova Farog'at,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining
7-"A" sinf o'quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result

⚡️Agentligimiz tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi IELTS sertifikatini yuqori ball bilan qo‘lga kiritdi.

Ijod maktabining 10-sinf oʻquvchisi Madinabonu Damirova IELTS imtihonidan 7,5 ballik natija koʻrsatdi:

Speaking 6,5
Listening 8
Reading 8,5
Writing 6,5


Overall 7,5

Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Òqishga_marhamat

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabiga 2024-2025- o'quv yiliga o‘quvchilar qabuli uchun jamoamiz pedagoglari tomonidan olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlari qizg'in davom etmoqda.

📌Navbatdagi manzil viloyatimizning markazi Urganch shahridagi ayrim umumta'lim maktablari bo'lib, Ijod maktabimiz o'qituvchilari Inobat Saidova, Laylo Xurmatova, Anvarbek Ro'ziboyevlar tomonidan amalga oshirildi.


🔹 Targ'ibot tadbirlarida:
🏆 Yutuqlar
Imkoniyat va imtiyozlar
👩‍🏫 Dars jarayonlari
🤾‍♂️ To'garak mashg'ulotlari
📗 Kutubxona
🍽 Oshxona
🛏 Yotoqxona sharoitlari haqida ma'lumotlar berildi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
👉
|YouTube|  |Instagram|
#Xushxabar
#Bizda_shunday_ustozlar_bor

🔰Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Ardaxiva" ayol ustozlar jamoasi "ZAKOVAT" klubi "Ayollar ligasi"sining 2024-yil 27-aprel kuni Urganch davlat universitetida bo'lib o'tgan bellashuv 6-turida ham muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirdi va peshqadamlikni saqlab qolmoqda.

🏆Maktabimizning "Ardaxiva" ayol ustozlar jamoasiga keyingi turda ham muvaffaqiyatlar tilaymiz va "Ayollar ligasi" kubogini qo'lga kiritishlariga ishonamiz!!!


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram