Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.4K photos
2.43K videos
311 files
7.58K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

26-aprel – O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun.

Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tug‘ilgan.

Shoir adabiyotimizda betakror timsollar yarata olgan, hayot voqeligini chuqur va o‘ziga xos tarzda ifodalagan, ajoyib iste’dod sohibi sifatida munosib iz qoldirgan.

Muhammad Yusuf 2001-yil 47 yoshida vafot etgan.

Ma’lumot uchun, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 2017-yildan faoliyat yuritib kelmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
MUHAMMAD YUSUF XOTIRASIGA...

Qodiriyning dardlaridan so'ylab yozgan,
Usmon Nosir armonini o'ylab yozgan,
Ermakkamas, yuragidan yig'lab yozgan,
Muhammadin unutmaydi o'zbek xalqi!

Qizlarini qirq o'g'ildan ustun ko'rgan,
She'riyatga ko'nglin berib sobit turgan,
Yuragidan she'r atalmish go'zal urgan,
Muhammadin unutmaydi o'zbek xalqi!

Bu hayotdan ayting kimning ko'zi to'ygan,
Oq tulporin yordan ko'ra ko'proq suygan,
Tirik chog'i mangulikka haykal qo'ygan,
Muhammadin unutmaydi o'zbek xalqi!

She'rin dedi, toki tanda joni bor payt,
Dil tubida qolib ketdi minglagan bayt,
Qaylarda bor sizdek so'zi oliy qiymat,
Muhammadin unutmaydi o'zbek xalqi!

She'rlaringiz qancha qalbni qilgandir shod,
Biz shogirdlar pok ruhingiz etaylik yod,
Saida der: "U dunyongiz bo'lsin obod"
Muhammadin unutmasdan o'zbek xalqi,
Shoir o'g'lin xotirlaydi ruhi haqi.

SAIDA SAFO:
Ogahiy nomidagi ijod maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi

🌐Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#OAV_biz_haqimizda

Oʻzbekiston 24 | Gulistonlik bir oilaning uch nafar farzandi Prezident maktabida taʼlim olmoqda

Renessans TV
|Prezident maktabi oʻquvchisi URSINUS kollejiga 100 foizlik grant asosida qabul qilindi

Oʻzbekiston 24
| Prezident maktablari: ta’limdagi islohotlar samarasi

Oʻzbekiston 24| Президентские школы: достойные дети нового Узбекистана

Fargʻona MTRK | Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida oʻtkazilgan "Ijodiy olimpiada"ning Agentlik bosqichi, "Fargʻona oqshomlari" tadbirlari

Sirdaryo MTRK
| Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti oʻrtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Namangan MTRK | Namangan shahridagi Prezident maktabi o'quvchisi, informatika fanidan Xalqaro Jautikov olimpiadasida kumush medal sohibi, bir nechta mintaqaviy olimpiada va tanlovlar g'olibi hamda 2024-yilgi respublika fan olimpiadasida 1-o'rin sohibi Husanboy Mansuraliyev haqida reportaj

Andijon MTRK | Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʻishlangan 1-rolik

Andijon MTRK | Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʻishlangan 2-rolik

Andijon MTRK | Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʻishlangan 3-rolik

Xorazm MTRK | "Assalom, Xorazm" dasturida Ogahiy nomidagi ijod maktabi faoliyati haqida lavha

Fargʻona MTRK | Pedagog kadrlarning attestatsiyasi

Xorazm MTRK | Ogahiy nomidagi ijod maktabi bitiruvchisi Hilolaxon Jumanazarova "Assalom, Xorazm" teledasturi mehmoni

Oʻzbekiston 24 | "Yashil makon" umummilliy loyihasi: natija va samaradorlik

Xorazm MTRK | Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Gulshan Rahimova va 9- sinf oʻquvchisi, IELTS 7.5 ball natijani qoʻlga kiritgan Doniyor Matyakubov "Assalom, Xorazm" dasturi mehmoni

"Hurriyat" gazetasi | “Adabiy laylatul qadr"

Qashqadaryo MTRK | Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi vakillari "Fazyli kun" musiqiy dam olish dasturi mehmoni

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bizda_shunday_ustoz_bor
#Xushxabar

🏫 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Ogahiy nomidagi ijod maktabi

⚡️O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan chet tilini bilish darajasi to'g'risidagi imtihon natijalari e'lon qilindi.

Unga ko'ra, Ogahiy nomidagi ijod maktabining oliy toifali ingliz tili fani o'qituvchisi Xajaniyazova Aksana Kadamboyevna CEFR C1 SERTIFIKATINI qo'lga kiritdi va bu bilan yana ustama olish imtiyozi muddatini yangilab qo'ydi.

💫Ustozni ushbu muvaffaqiyat bilan Ogahiy nomidagi ijod maktabi jamoasi hamda o'quvchilari nomidan chin dildan muborakbod etgan holda kelgusi pedagogik faoliyatida ham omad va zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz!


🌐Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#Xushxabar
#Bizning_shunday_òquvchilarimiz_bor

🔰 Hozirgi kunga kelib yoshlarni har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib yetishishlari uchun ko'p tillarni bilish zarur. Ayniqsa, ingliz tiliga bo‘lgan e'tibor judayam katta. Ogahiy nomidagi ijod maktabida ham bilimdon o‘quvchilarimiz bisyor.

➡️ Navbatdagi bilimdonlarimiz O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan chet tilini bilish darajasi to'g'risidagi imtihon natijalari bo'yicha bildirilgan ishonchni oqlab, hammani xushnud qilishdi.

11-"B" sinf o‘quvchisi Shavkatova Soliyajon
10-"A" sinf o‘quvchisi Bardiyev Xumoyun
10-"B" sinf o‘quvchisi Xasanova Shahrizodalar
CEFR B2 SERTIFIKAT ini qo'lga kiritdi.

🟠 O‘quvchilarimizning yaxshi natijaga erishishida jonbozlik ko'rsatgan maktabimizning ingliz tili fani o‘qituvchilariga minnatdorchilik bildiramiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Respublikadagi barcha ijod maktabi direktorlari, ijod maktabi o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan "Ijodiy olimpiyada" ishtirokchilari O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan "Ulug‘imsan, Vatanim" nomli anjumanda ishtirok etdi.

👇Bizni kuzatishda davom eting
👉@ima_myim
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Buxoro shahridagi Prezident maktabida Washington fan va texnologiya universiteti professorlari bilan muloqot tashkil etildi.

Fargʻona shahridagi
Prezident maktabi, O’zbekiston tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’quvchilari "RoboKU-2024" tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Guliston shahridagi
Prezident maktabi, Boyovut tuman va Shirin shahar ixtisoslashtirilgan maktablarida Turkiyaning nufuzli universitetlari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Samarqand shahridagi Prezident maktabida tabiiy fanlar oʻqituvchilari uchun trening
tashkil etildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabida prokuratura sohasi mutaxassislari ishtirokida davra suhbati
o‘tkazildi.

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi delegatsiyasi Nurafshon shahridagi Prezident maktabi faoliyati bilan
yaqindan tanishdi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida “Ayaziy ixlosmandlari” tanlovi
tashkil etildi.

Farg’ona shahridagi
Prezident maktabi, Ogahiy nomidagi ijod maktabi, Shayxontohur, Uzun, Chust, Uchqoʻrgʻon, Buxoro,Gʻijduvon, Kosonsoy, Oltiariq, Uchkoʻprik, Yozyovon, Boyovut, Mirzaobod, Qarshi, Guliston tumanlari va Namangan, Kogon, Margʻilon, Yangiyo‘l, Guliston, Shahrisabz shaharlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari chet tillarini bilish darajasi boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarga ega boʻldi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Farmatsevtika texnik universiteti vakillari bilan uchrashuv
boʻlib oʻtdi.

Boysun tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchilari ishtirokida "Harakatsiz nishonlarda oʻq otish" mavzusida amaliy mashgʻulot
oʻtkazildi.

Farg‘ona tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Turon yo‘lbarslari” musobaqasi
tashkil etildi.

Quyi Chirchiq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Milliy qadriyatlar-millat tayanchi” shiori ostida bayram tadbiri
boʻlib oʻtdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xushxabar
#Bizda_shunday_ustoz_bor

❇️ MAKTABIMIZ O'QITUVCHISI VAZIR JAMGʻARMASI USTAMASIGA SAZOVOR BO'LDI


🔹Joriy yilning 26-aprel kuni Vazir jamg‘armasi ustamasi uchun o‘tkazilayotgan tanlovning ikkinchi bosqichi bo'lib o'tdi.

🔹Unda dastlabki bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi oliy toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Yusupova Barno Nazarovna umumiy 98,5 ballni to'plab, Vazir jamg'armasi ustamasini qo'lga kiritdi.

Endilikda Yusupova Barno Nazarovnaga joriy yilning aprel oyidan boshlab, 9 oy davomida mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama to‘lanadi.

🎈Qoyil deymiz, tabriklaymiz, qutlaymiz!!!

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Òqishga_marhamat

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabiga 2024-2025- o'quv yiliga o‘quvchilar qabuli uchun jamoamiz pedagoglari tomonidan olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlari qizg'in davom etmoqda.

📌Navbatdagi manzillar viloyatimizning Qo'shko'pir va Yangiariq tumanlaridagi ayrim umumta'lim maktablari bo'lib, Ijod maktabimiz o'qituvchilari Barno Yusupova, Munisbek Jumaniyazov, Yulduzxon Polvonova, Muzaffar Masharipov, Sherzodbek Allaberganov va Saida Safoyevalar tomonidan amalga oshirildi.


🔹 Targ'ibot tadbirlarida:
🏆 Yutuqlar
Imkoniyat va imtiyozlar
👩‍🏫 Dars jarayonlari
🤾‍♂️ To'garak mashg'ulotlari
📗 Kutubxona
🍽 Oshxona
🛏 Yotoqxona sharoitlari haqida ma'lumotlar berildi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
👉
|YouTube|  |Instagram|