Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
310 files
7.52K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Tarbiyaviy_ochiq_dars
#Kiyinish_madaniyati

🗓 Joriy yil 19-aprel sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi 10-"B" sinf o‘quvchilariga tarbiyachi-pedagog Xaitboyeva Tamara tomonidan "Kiyinish madaniyati - millat ko‘rki" mavzusida ochiq tarbiyaviy soat o‘tildi.

🔷 Mazkur dars Ogahiy uy muzeyida bo'lib o'tdi va unda kiyinish madaniyatining shakllanishi millatlar qiyosida ochib berildi.
O‘zbek milliy liboslarining tadrijiy takomili haqida so‘z yuritildi. O‘zbekistonning 14 ta hududidagi milliy liboslarning o‘zaro qiyosi o‘rganilishi bilan birga hozirgi yoshlarning kiyinish madaniyati haqida o‘zaro qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi.

Ochiq tarbiyaviy mashg'ulot kuzatuvchi va ishtirokchilarda yaxshi taassurotlar qoldirdi
.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#Yosh_rassomlar
#Tanlov

🎨 Ogahiy nomidagi ijod maktabi Tasviriy san'at fani o'qituvchisi Avezova Muqaddas tashabbusi bilan "TASVIRIY SAN'AT SO'ZSIZ SHE'R!!!" mavzusida tanlov o'tkazildi.


🔰 Maktabimizning barcha sinflaridan o'quvchilarimiz o'zlari chizgan rasmlar bilan o'z qobiliyatlarini namoyon qildilar.

🎈 G'oliblar maktab pedagoglari tomonidan ovoz berish yo'li bilan aniqlanmoqda.

🌐Bizni kuzatishda davom eting

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Dillarda_vatan_madhi
#Viloyat_bosqichi

🗓 20-aprel kuni Urganch shahrida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan o'tkazilayotgan "Dillarda Vatan madhi" nomli tanlovning Xorazm viloyati bosqichi bo'lib o'tdi.

🔰 Unda tanlovning Xiva shahar bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan Ogahiy nomidagi ijod maktabi 11-"B" sinf o'quvchisi, yosh shoira Hilola Jumanazarova She'riyat" yo'nalishi bo'yicha o'zining dilbar ijod namunalari bilan munosib ishtirok etib, hakamlar va tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo'ldi.

♻️ Hilolaxon qizimizga o'qish va Ijodida ulkan muvaffaqiyatlar hamda parvozlar tilaymiz.

🌐Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#Bizning_ijod
#Yangi

ONA BO'LUR BITTA, ONA VATAN BIR!

Nechun ardoqlamay nomingni Vatan,
Nechun koʻzga surtmay tuproqlaring men?!
Umrimning eng soʻnggi nafasi qadar
Jon baxshida etgan onimdirsan sen.

Asllik takrorni xushlamagan hech,
Ona boʻlur bitta, Ona Vatan bir...
Har dam oq yuvib, oq taragan meni
Ikki obi-chashming - Amu bilan Sir!

Adabiyot atomdir, shunday kuchki lek,
Atomni titratdi adiblaring ham.
Bir bora visoling koʻrmoqni istab,
Boburing koʻzi nam, Nosir koʻzi nam.

Moziysiz kelajak boʻlmagay aslo,
Axir ildiz otmay yuksalmoq bekor.
Asrlar qaʼridan ortga boqsam gar,
Qadding kabi buyuk tarixing-da bor.

Man, deganning zoʻrlarini koʻrdi jahon,
Bir oʻyida ular bari mard yetgandir.
Tuprogʻingda kamol topgan jahongirlar,
Bu dunyoning qoq yarmini zabt etgandir.

Asllik takrorni xushlamagan hech,
Ona boʻlur bitta, Ona Vatan bir!



Jumanazarova Hilola,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"B" sinf o'quvchisi


🌐Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram