Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.4K photos
2.43K videos
311 files
7.57K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Bizning_ijod

ILHOMIMGA


Tong saharda uyg’onib ketdim,
Charaqladi xonam shuladay.
Hayratimdan o’zni unutdim,
Ilhom pariy ko’rindi nurday.

Ko’rinishi xuddi olmosdek,
Yaltirashi ko’zni oladi.
Qarashlari mehrimga mosdek,
Jon-tanimga junbush soladi.

Qadamlari nafis va nozik,
Liboslari harir, ipakdan.
Ko’z o’ngimda ajib mo’jiza,
U tushganday go’yo falakdan.

Astagina yonimga keldi,
Va ushladi mening qo’limdan.
Samo uzra men bilan yeldi, Cheksiz hislar o’tdi ko’nglimdan.

Yurakkinam tinmay urardi,
Uning mehr-haroratidan.
Ko’z oldimda bir bog’ turardi,
Sarxush edim tarovatidan.

Iforlarga burkandik bizlar,
Singib ketdik ko’kning bag’riga.
Charx urardi so’ngsiz yulduzlar,
Sano aytdik Haqning haqqiga.

Dildosh bo’ldim birga u bilan,
Tasavvurlar olamin kezdim.
Uning bilan yaqinligimni,
Yuragimdan, qalbimdan sezdim.

Yana qaytib keldim xonamga,
Ko’z oldimdan u bo’ldi g’oyib.
Qo’lga qalam olib she’r bittim,
Tushim kabi she’rim ajoyib.

Tinch qo’ymaydi ilohiy hislar,
She’r bitaman, she’rlar bitaman.
Menga ilhom bergan pariyni,
Sog’inaman, har tun kutaman.

: Yo'ldoshova Dilrabo, Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o'quvchisi

🌐Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#Bizning_ijod

MAJNUNTOL

Sochlaringni silaydi shamol,
Senga shaydo ko’kdagi hilol.
Nega qadding bukib olgansan,
Darding nedir aytgin majnuntol.

Balki, hasrat bukkandir beling,
Og’ritganmi kimsalar diling.
Ey tolginam, qaddi nozigim,
Nega muncha munglidir ko’ngling.

Qadding ko’tar, ey dili kuyik,
Sening qalbing buyukdir-buyuk.
Majnuntolim sirdoshing bo’lay,
Sen o’zingsan suyugim-suyuk.

Hayolan kel, biz so’zlashamiz,
Mehrimizni mengzab quyoshga.
Chin muhabbat, ishqning kuchini,
Ko’rsatamiz yuragi toshga.

: Yo'ldoshova Dilrabo, Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o'quvchisi

🌐Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#Bizning_ijod

ONA MATONATI

Dard chekib to’lg’anar murg’ak bir vujud,
Kutmagan savdolar tusharkan boshga.
Nechun dard yosh go’dak jonini qiynar?,
To’lmagan ekan u hali uch yoshga.

Onaning yo’qolgan tinch halovati,
Ko’ksiga farzandi mayus bosh qo’yar.
Bolasin bemajol ko’rgan onaning,
Cheksiz qayg’u-g’amlar pichoqsiz so’yar.

Ko’p ekan bu joyda dardga chalingan,
Onalar qalbi ham hasta, og’riqda.
O’zin farzandini jonidan suygan,
Onadek zotlar kam butun borliqda.

Ikki qalb go’yoki bir tanda majruh,
Onasi yolvorib so’rar Xudodan:
“O’g’limga shifo ber, uzoq umr ber,
So’ng roziman olsang yorug’ dunyodan.”

“Ber mening umrimni shu farzandimga,
Ato et u uchun kelajak, hayot.
O’g’lim baxtli bo’lsin, yashasin kulib,
Shunda mening ruhim bo’lar barhayot".

Onalar shundayin matonatli zot,
Farishtalar, go’yo ilohiy nurlar.
Lekin onasini xor qilganlar bor,
Asl farzand emas bunday o’g’illar.

: Yo'ldoshova Dilrabo, Ogahiy ijod maktabi 9-"B" sinf o'quvchisi

🌐Bizning sahifalar

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#Bizning_ijod
#yangi_mashq

Ushlanmagan anordir qalbim,
Kimdir tegsa yonib ketuvchi,
Mayin, ingroq ovozman, ovoz,
"Kel" deguvchi, "Ketma" deguvchi.

Ochilmagan anordir qalbim,
Pishmaguncha ochmagin zinhor.
Qalbim ichra bag'ri butun yo'q,
Qon bag'rli odamlar bisyor.

✍️Baxtiyorov Jahongir, Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o‘quvchisi

🌐Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram

@sh_jahongir
Audio
#sevimli

Baxtiniso Mahmudova

🎙Jahongir Baxtiyor, Ogahiy nomidagi ijod maktabi 10-"B" sinf o'quvchisi

"Men bilansan..."

🌐Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram

@sh_jahongir
#Bizning_ijod

Mehr

Baxtli boʻlishni yurakka tuydik,
Hayotning har bir damida kuydik,
Mol-dunyo deb yeldik, yugurdik,
Mehr ne ekanin unutib qoʻydik.

Mehr berolmadik mehribonlarga,
Qadr topolmadik qadrdonlarga,
Endi yoʻl bermang hech armonlarga,
Mehr ne ekanin unutib qoʻydik.

Ranjimangiz hech bir-biringizdan,
Yaxshilik qiling chin dilingizdan,
Endi voz keching alamingizdan,
Mehr ne ekanin unutib qoʻydik.

Inson hayotga bir bora kelar,
Yomonlik qilganlar hisobin berar,
Qirq yilda emas, qirq kunda qaytar,
Mehr ne ekanin unutib qoʻydik.


Zaribboyeva Jasmina, Ogahiy nomidagi ijod maktabi 7-"B" sinf o‘quvchisi

🌐Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#Bizning_ijod

Vatanni Najmiddin Kubrodek seving...

(Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf sheʼriga nazira)

                     |
Bir oʻlkaki tuprogʻida oltin gullaydi,
Koʻzyoshlari daryo boʻlib togʻlardan oqqan.
Bir oʻlkaki hasratlari telbadek daydi,
"Buyuklik" nishonin koʻksiga taqqan.
                      ||
Osmon yiroq boʻlsa, tuproq unga jo,
Metin matonati joniga payvand.
"Bolam" deb yashaydi oʻlgunicha to,
"Bolam" deb yashashning oʻzi unga baxt.
Bunda bir Vatan bor, bunda bir hayot,
Dunyo yetolmaydi oʻylab oʻyiga.
Minglagan odamlar keladi hayhot,
Uch-toʻrtta oʻzbekning bergan toʻyiga.
Bir uyga jam boʻlsa zurriyotlari,
Toʻrtburchak ayvon ham kelmas unga tor.
Shunda olislardan kezib sarsari,
Bogʻida oʻynaydi maftunkor bahor.
Onadir! Tortqilab etaklarini,
Farzandi yuradi orqalaridan.
Momolari aytgan ertaklarini,
Tinglab uxlaaab qolar oʻshanda Vatan.
Yelkasiga opichlab ketmonlarini,
Dalasiga ketgan bobodehqonim.
Belga belbogʻ taqib yorugʻ dunyoda,
" Xalqim" deya shahid ketgan oʻgʻlonim.
Es-hushi oʻlsa ham oʻlmas vijdoni,
Oʻzida mangudir asl oʻzligi.
" Vatan" deb aytmasdan uzilmas joni,
Haqiqiy mehnatkash, buyuk oʻzbegi.
Tarixing olisdir, titraydi tanam.
Taqdirga chidolmay qiynalding zor-zor.
Hoʻngrab,yigʻlaaab qolar "onam" deb "onam",
Koʻkragiga urgan Islomlaring bor.
Hammasi soddadil, hammasi sodda,
Hammasi mehmondoʻst, bir qora koʻzdek.
Bir yelkada imonin koʻtarib yurib,
Birida ketmonin koʻtargan oʻzbek.
Sensan onam,mushfiq volidam,
Yolgʻon emas qalbdagi sevging.
Shuning uchun deyman qadamma-qadam,
"Vatanni Najmiddin Kubrodek seving..."
                       |||
Sen - shoxlari osmonlarga,
Tegib turgan chinorim.
Ota desam,
Qizim deb,
Bosh egib turgan chinorim.
Qoʻynimdagi iftixorim,
Boʻynimdagi tumorim.
Oʻzing mening ulugʻlardan Ulugʻimsan, Vatanim!


Rustamboyeva Nigina, Ogahiy nomidagi ijod maktabi 8-"A" sinf oʻquvchisi

🌐Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram