Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.7K photos
2.46K videos
311 files
7.64K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Tashrif
#Uchrashuv

MEDIA SOHASINING TANIQLI VAKILLARI  BILAN IJODIY UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

💠 Joriy yilning 4-aprel sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Yangi media ta'lim markazi" NNT direktori, faoliyati davomida Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning matbuot kotibi, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Rossiya davlatlaridagi O‘zbekiston elchixonalarida press attashe vazifalarida ishlagan, f.f.d Beruniy Olimov va taniqli bloger, jamoat faoli Aqida Xanum bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

👆Jarayondan fotolavhalar

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#matbuot_anjumani

Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yo‘nalishida erishilgan natijalar, istiqboldagi rejalar. Sohaga oid qabul qilingan yangi qonunchilik hujjatlari” yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda Agentlik tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan jamoatchilikka tushunchalar berildi.

Matbuot anjumanida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining rahbar va mutaxassislari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Yangiliklar

🇺🇿🇰🇿 Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 5-aprel kuni tashrif bilan О‘zbekistonda bо‘ladi.

Qadimgi Xiva shahrida о‘tadigan muzokaralarda О‘zbekiston bilan Qozog‘iston о‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda kо‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari kо‘rib chiqiladi.

🌐 Telegram | Facebook
YANGI BAHOLASH TIZIMI AMALDA

🔰2023-2024 oʻquv yilida Respublikamizdagi 500 ta maktab Yangi baholash tizimiga oʻtdi. Shunday maktablardan Xorazm viloyati Xiva tumanidagi 8-son va Xiva shahridagi 11-son maktablar boʻlib, bu maktablar Xiva shahridagi Ogahiy nomidagi ijod maktabining trener o'qituvchilari Muzaffar Masharipov, Hafiza Karimova, Nilufar Samadovalar yordamida ushbu tizim haqida aniq tushunchalarga ega boʻlishdi.

📝Yil davomida bu maktablarga yangi tizim boʻyicha turli nazariy va amaliy yordam berib borildi. Hozirda Xiva tumanidagi 8-son va Xiva shahridagi 11-son maktablar toʻliq Yangi baholash tizimiga oʻtib olgan.

Suratlarda 👆 2024-yil 1-2 aprel kungi trening jarayonidan fotolavhalar

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram