Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
31.1K photos
2.5K videos
312 files
7.84K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Tashrif
#Uchrashuv

MEDIA SOHASINING TANIQLI VAKILLARI BILAN IJODIY UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

💠 Joriy yilning 4-aprel sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Yangi media ta'lim markazi" NNT direktori, faoliyati davomida Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning matbuot kotibi, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Rossiya davlatlaridagi O‘zbekiston elchixonalarida press attashe vazifalarida ishlagan, f.f.d Beruniy Olimov va taniqli bloger, jamoat faoli Aqida Xanum bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔵 Uchrashuvda Ogahiy nomidagi ijod maktabi pedagoglari va o'quvchilari, "Xiva tongi" gazetasi bosh muharriri Sh.Masharipovlar ishtirok etdilar.

♻️Tadbirni maktab direktori Sarvar Abdullayev ochib berdi va olib bordi. Dastavval Beruniy Olimov jurnalistikaning vazifalari, media sohasida hozirgi ochiq siyosat, internet tarmog'idan to'g'ri foydalanish malakalarini shakllantirish masalalariga to'xtaldi. "Yangi media ta'lim markazi" NNT vakili Parvinaxon sifatli media kontentlar yaratish, ijodiy ishlarni tijoratlashtirish yo'llari bo'yicha o'quvchilarga o'z maslahatlarini berdi. Shundan so'ng jamoat faoli Aqida Xanum jamiyatimizda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, blogerlikning o'ziga xos jihatlari haqida gapirib, Ogahiy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari - yosh ijodkorlarga o‘zining dil istaklarini, tilaklarini bildirdi.

➡️ Uchrashuv jonli muloqot tarzida, yuqori kayfiyatda bo'lib o'tdi. Shundan so'ng jod maktabi o‘quvchilari o‘z ijodlaridan namunalar o‘qib, mehmonlarni hayrat hamda olqishlariga sazovor bo'ldilar.

✴️ Uchrashuv so‘ngida mehmonlarga "Ogahiy izdoshlari" kitobi sovg'a qilindi va birgalikda suratga tushildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#Tashrif
#Uchrashuv

MEDIA SOHASINING TANIQLI VAKILLARI  BILAN IJODIY UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

💠 Joriy yilning 4-aprel sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Yangi media ta'lim markazi" NNT direktori, faoliyati davomida Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning matbuot kotibi, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Rossiya davlatlaridagi O‘zbekiston elchixonalarida press attashe vazifalarida ishlagan, f.f.d Beruniy Olimov va taniqli bloger, jamoat faoli Aqida Xanum bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

👆Jarayondan fotolavhalar

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#matbuot_anjumani

Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari yo‘nalishida erishilgan natijalar, istiqboldagi rejalar. Sohaga oid qabul qilingan yangi qonunchilik hujjatlari” yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda Agentlik tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan jamoatchilikka tushunchalar berildi.

Matbuot anjumanida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining rahbar va mutaxassislari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube