Ogahiy ijod maktabi
1.19K subscribers
31.5K photos
2.52K videos
313 files
7.92K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Xushxabar
#Bizning_shunday_oʻquvchimiz_bor
#IELTS_sertifikati

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi yuqori darajali xalqaro IELTS sertifikatini qo‘lga kiritdi.

📑 Maktabimizning bilimdon, iqtidorli o‘quvchilaridan, 11-"B" sinf o'quvchisi Otaboyeva Asaloy IELTS dan 6 ball olib, CEFR Level B2 darajasini qo‘lga kiritdi.

🔶 O‘quvchimizning ota-onasi va barcha ustoz-pedagoglarimizni ushbu quvonchli xabar bilan qutlaymiz.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#Xushxabar
#Ogahiy_ijod_maktabi

OGAHIY NOMIDAGI IJOD MAKTABI JAMOASI ENDI XIVA TUMANIDA FAXRLI O'RINNI EGALLADI

📆Joriy yilning 1-aprel sanasida Xiva tumanida "Vatan tayanchi" otryadi aʼzolari oʻrtasida "Vatanparvarlik" harbiy-sport musobaqalari boʻlib oʻtdi. Murosasiz o'tgan musobaqada umumjamoa hisobida Ogahiy nomidagi ijod maktabi jamoasi faxrli 3-oʻrinni qo'lga kiritdi.

🥇Maktab Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari bo'yicha direktor o'rinbosari Tohirjon Qadamov rahbarligidagi o'quvchilarimiz jami 16 ta jamoa ishtirok etgan musobaqaning, xususan, "Jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish" yo'nalishi boʻyicha 1-oʻrinni, "Harbiylashtirilgan estafeta" yo'nalishida 3-o'rinni egalladilar.

📌Eslatma: maktab "Vatan tayanchi" otryadi a'zolari 30-mart kuni Xiva shahar bo'yicha jamoa hisobida 2-o'ringa sazovor bo'lgan edilar.

Yoshlarimiz Vatanini himoya qiluvchi sadoqatli yoshlar boʻlishiga ishonamiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Jizzax shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari ayol pedadog-murabbiylar haqida hujjatli film
tayyorladi.

Toshkent shahridagi
Prezident maktabi jamoasi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi tashabbusi bilan oʻtkazilgan "Zakovat" oʻyinida gʻolib boʻldi.

30-mart – Xalqaro chiqindisiz dunyo kuni doirasida
Buxoro, Nukus shahridagi Prezident maktablari, Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi, Urganch, Guliston, Yangiyer shaharlari, Xonqa, Yozyovon, Fargʻona, Sariosiyo, Qorovulbozor, Mirzaobod, Norin, Kosonsoy, Oqdaryo, Do‘stlik tumanlari ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarida plogging aksiyalar tashkil etildi.

Andijon shahridagi Prezident maktabida “Milliy qadriyatlar yoshlar nigohida” shiori ostida tadbir
oʻtkazildi.

Ogahiy nomidagi
ijod maktabi va Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari IELTS sertifikatlarini qoʻlga kiritdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari "IT Park Uzbekistan" bilan yaqindan
tanishdi.

Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Diyorbek Abdujabborov Kurash musobaqasining Respublika bosqichiga
yoʻllanma oldi.

Qoʻqon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida favqulodda holatlar boʻyicha nazariy-amaliy mashgʻulot
oʻtkazildi.

Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari Intellektual olimpiadada umumjamoa hisobida 2-oʻrinni
egalladi.

Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida mevali daraxtlar koʻchatlari va manzarali gullar
ekildi.

Shirin shahar ixtisoslashtirilgan maktabida harbiy qism bilan hamkorlikda harbiy estafeta
oʻtkazildi.

Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Hech kim hech qachon unutilmaydi" shiori ostida xotira tadbiri
boʻlib oʻtdi.

Bekobod shahar ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o‘quvchisi Jasur Isroilov xalqaro taʼlim grantini
qoʻlga kiritdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
ANONS:

OGAHIY MEROSIGA BAG'ISHLANGAN KO'RSATUV TASVIRGA OLINDI.

🎥Xorazm televideniyasi mahoratli jurnalisti Azamat Safarov muallifligidagi
"MA'RIFATNOMA" ko'rsatuvini tasvirga olish jarayonlari bugun, 1-aprel kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabi va Ogahiy uy muzeyida bo'lib o'tdi.

🔰Ko'rsatuv Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi pedagoglari va o'quvchilari chiqishlari asosida tayyorlandi.

📺"Ma'rifatnoma" ko'rsatuvining efir vaqtini qo'shimcha ma'lum qilamiz.

Bizni kuzatishda davom eting

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Xushxabar

🇺🇿2024-yil - "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili" munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan "Dillarda Vatan madhi" nomli tanlovning Xiva shahar bosqichi bugun, 1-aprel kuni Ogahiy ijod maktabi "Iste'dodlar markazi"da bo'lib o'tdi.


🔶Tadbirni Xiva shahar IIB boshlig'i o'rinbosari A.Bobojonov ochib berdi.

💫Tanlov "Qo'shiq" va "She'riyat" yo'nalishlarida tuman(shahar), viloyat va respublika bosqichlarida tashkil qilinmoqda.

🔷1-yo'nalish bo'yicha Xiva shahar 5-son musiqa maktabi o'quvchisi g'oliblikka munosib ko'rilgan bo'lsa, "She'riyat" yo'nalishida shohsupaning faxrli o'rinlarini maktabimiz ijodkor o'quvchilari egalladilar.

🥇1-o'rin 11-"B" sinf o'quvchisi Jumanazarova Hilola,
🥈2-o'rin 10-"B" sinf o'quvchisi Baxtiyorov Jahongir,
🥉3-o'rin 8-"A" sinf o'quvchisi Rustamboyeva Niginaga nasib etdi.


Hilolaga ko'rik-tanlovning Xorazm viloyati bosqichida ham g'alaba tilaymiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌