Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.5K photos
2.44K videos
311 files
7.6K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Munosiblar_taqdirlandi
#Jarayon

🗓 Mart oyining 29-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida quvonchli kun bo‘ldi. Maktab
direktori Sarvar Abdullayev tomonidan bir qator yutuqlarga erishgan o‘quvchilar e'tirof qilindi. Jumladan, 11-"A" sinf o'quvchisi, maktabimiz o'quvchilari orasidan birinchi bo'lib xalqaro SAT sertifikatini  qo'lga kiritgan Zarina Bahodirovaga esdalik sovg‘alari topshirildi.


♻️ Shundan so‘ng, yaqindagina bo‘lib o‘tgan "Zakovat quiz" turnirida g'oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga ham maktab ma'muriyatining diplom va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_VA_BIZ
#EKSKLYUZIV

IJOD MAKTABIMIZ O'QITUVCHI VA O'QUVCHILARI "ASSALOM, XORAZM!" DASTURIDA

📆 2024-yilning 29-mart sanasida Xorazm televideniyasining 📺 "Assalom, Xorazm!" teledasturi jonli efirida Ogahiy nomidagi ijod maktabining oliy toifali ingliz tili fani o'qituvchisi Barno Razzoqova hamda 10-sinf o'quvchilarimiz  Nurhayot Yangiboyeva va Xulkaroy Atajanovalar mehmon bo‘ldilar.

🎞 Ogahiy nomidagi ijod maktabida xorijiy tillar, xususan ingliz tili fanining o'qitilishi, bu yo'nalishda o'quvchilarimiz tomonidan erishilayotgan yutuqlar haqida bo'lib o'tgan fayzli suhbatni marhamat, siz ham tomosha qiling.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#Òqishga_marhamat

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabiga 2024-2025- o'quv yiliga o‘quvchilar qabuli uchun targ‘ibot tadbirlari boshlanmoqda.

📌Dastlabki manzil viloyatimizning Xiva shahridagi ayrim umumta'lim maktablari bo'lib, Ijod maktabimiz Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha direktor o‘rinbosari T. Kadamov va psixolog M. Atajonovalar tomonidan targ'ibot tadbirlari amalga oshirildi.


🔹 Targ'ibot tadbirlarida:
🏆 Yutuqlar
Imkoniyat va imtiyozlar
👩‍🏫 Dars jarayonlari
🤾‍♂️ To'garak mashg'ulotlari
📗 Kutubxona
🍽 Oshxona
🛏 Yotoqxona sharoitlari haqida ma'lumotlar berildi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
👉
|YouTube|  |Instagram|
#Chiqindisiz_dunyo_uchun

🌱O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza
qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 31-maydagi PQ-171-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi masalalariga bag‘ishlangan muhim sanalar bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar kalendar rejasining 5-bandiga muvofiq, 2024-yil 30-mart kuni respublikamizda “Chiqindisiz dunyo uchun xalqaro kun” nishonlanishi belgilangan.

♻️Shu munosabat bilan 2024-yilning 30-mart kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabida tozalik (chiqindisiz) kun hamda “O‘zbekiston yoshlari chiqindisiz dunyo uchun” mavzusida plogging aksiyasi tashkil etildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
|Telegram| |Facebook|
👉
|YouTube|  |Instagram|