Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.5K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Tabrik

Xorazm viloyati qo'g'irchoq teatri 1-toifali aktyori Atabayev Elyorbek Davronbekovich “27-mart Xalqaro teatr kuni” munosabati bilan, qo'g'irchoq teatri san’atini rivojlantirishdagi ko‘p yillik samarali mehnatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi…

Teatr jamoasi nomidan muborakbod etamiz

▪️▪️▪️
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | 27-mart - Xalqaro teatr kuni
#27mar #uzbekiston24

Joriy yilning 25-27-mart kunlari Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilaridan iborat teatr jamoalari ishtirokida o‘tkazilgan teatr festivali haqida.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlikdagi_tadbir

OGAHIY UY MUZEYI BILAN HAMKORLIKDA TADBIR TASHKIL ETILDI

🔰Joriy yilning 28-mart sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi va Ogahiy uy muzeyi bilan hamkorlikda davra suhbati o'tkazildi.


🔸Davra suhbatida maktabning tarix fani o‘qituvchisi Ro‘ziboyev Anvar va muzey ilmiy xodimlari Ogahiy hayot yo‘li va beqiyos merosi bo‘yicha qimmatli ma'lumotlardan o‘rtoqlashdilar.

🔹Ijod maktabining 7-sinf o'quvchilari Ogahiy g'azallaridan, o'z ijodlaridan namunalar o‘qib berdilar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limini rivojlantirish va sifatini oshirishga oid rejalar taqdimoti bilan tanishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ta’lim tizimi islohotlari eng birinchi vazifa etib belgilangan. Shunga muvofiq, bu soha ham umumiy, ham ixtisoslashtirilgan tarzda rivojlantirilmoqda. Jumladan, yurtimizda 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi va 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat yuritmoqda.

O‘tgan yillardagi tajriba va hayot talabidan kelib chiqib, ulardagi yo‘nalishlarni takomillashtirish nazarda tutilmoqda. 

Xususan, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Myunxen texnika universiteti bilan hamkorlikda, tajriba tariqasida, muhandislik dasturlarini joriy qilish taklif etilmoqda. Bu dastur “Yangi O‘zbekiston” universiteti dasturi bilan integratsiya qilinadi.

Yuqori malakali pedagoglar imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida Prezident ta’lim muassasalari agentligi huzurida jamoatchilik asosida “Fan kengashlari” tuziladi. Bu kengashlar ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, baholash tizimini takomillashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishga jalb qilinadi.

Kelgusi o‘quv yilidan 14 ta maktabda fanlarni ingliz tilida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish, 2025-2026 yillarda 8 ta yangi ixtisoslashgan maktab qurish rejalari ham bayon etildi.

Ijod maktablari bo‘yicha ham takliflar bor. Jumladan, ularda taniqli adiblar va jamoat arboblari ishtirokida mahorat darslari tashkil etiladi. O‘quvchilarning ijodiy ishlarini Yozuvchilar uyushmasi hisobidan nashr etish yo‘lga qo‘yiladi. Turli ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish orqali iqtidorli yoshlar qo‘llab-quvvatlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Xorazm | BBA
🇺🇸🇺🇸🇺🇸

⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

🗓 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

📝 test sinovining yozma qismi — 30-31-mart kunlari;

🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 1-apreldan 18-aprelga qadar bo‘lib o‘tadi.

🆔 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

💳 Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

🗺 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-03-27

✍️ @BBAXorazm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Õzbekiston_tarixi
#16_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

Navbatdagi videodars "Somoniylar" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda ilk o‘rta asrlarda Somoniylar ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti aks ettiriladi.

Davomi bor...
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TARIX_ARENASI
#INTELLEKTUAL_ÒYIN

OGAHIY NOMIDAGI IJOD MAKTABINING YANGI MUALLIFLIK LOYIHASI - "TARIX ARENASI" INTELLEKTUAL O'YINI 3-SONI BO'LIB O'TDI

🕰 "TARIX ARENASI" intellektual o‘yini saralashining uchinchi bosqichini 7-sinf yosh moziyshunoslari davom ettirdilar.

Qiziqarli va hayajonli kechgan o'yin jarayoni va 7-sinf tarix fani bilimdonlaridan kimlar final bosqichiga o'tganini bilmoqchi bo'lsangiz, marhamat, ko'rsatuvni tomosha qiling.

🌈Bizni kuzatishda davom eting

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#Ogahiy_izdoshlari
#Sheʻriy_duel
#Loyiha

💁‍♂ Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar markazi" da ijodkor o‘quvchilarimiz iqtidorini namoyon etish maqsadida o‘tkazilayotgan "Ogahiy izdoshlari" she'riy duel loyihasi boshlandi.

🔻Bizni ushbu kanalimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|