#QUTLOV
22-mart –Xorazmning ulugʻ farzandi, shoir, nosir va dramaturg, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Erkin Samandar tavallud topgan kun. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi nomidan shoirni ushbu sana bilan muborakbod etib, uzoq umr, salomatlik tilaymiz.
Erkin Samandar 1935-yilning 22-martida Xorazm viloyatining Xonqa tumanidagi Navxos qishlogʻida dunyoga kelgan. 1957-yilda viloyat pedagogika institutida, 1967-yilda OʻzFA til va adabiyot instituti aspiranturasida tahsil olgan. Oʻzbekiston televideniyesi “Yoshlik” studiyasining bosh muharriri (1967–1969), adabiy-dramatik eshittirishlar dasturining bosh muharriri (1975–1977), “Xorazm haqiqati” viloyat gazetasining muharriri vazifalarida faoliyat koʻrsatgan.
“Amu jilolalari” nomli birinchi sheʼriy toʻplami (1966), “Dunyoning yoshligi” (1968), “Osmon toʻla nur” (1970), “Vafo degan gavhar” (1973), “Mening yigitlik vaqtim” (saylanma, 1979), “Qabul soatlari” (1980), “Sohildagi bolalar” (1982), “Yablonya vo dvore” (Moskva, 1982), “Bahor oqshomlari” (1984), “Shedrost rassveta” (1985), “Sevgi fasllari” (1987), “Bu bogʻni qaysi bogʻ derlar” (1988), “Sevgi kitobi” (1996), “Va yana bahor” (2010, Sayyora Samandar bilan hammualliflikda), “Koʻngil yoshligi” (2010) kabi sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. “Osmonning tosh tulpori”, “Oltin sandiq”, “Qoʻshiq izlab”, “Samarqandni oshiqlar qurgan” kabi dostonlari, 100 dan ortiq qoʻshiqlar muallifidir.
Erkin Samandar tarixiy mavzuda yaratilgan “Daryosini yoʻqotgan qirgʻoq” (roman, 1989), “Tangri qudugʻi” (roman, birinchi kitob 1989), “Quduq tubidan sadolar” (roman, ikkinchi kitob, 1989), “Pahlavon Mahmud Puryorvaliy” (2000), “Sulton Jaloliddin” (roman, 2007), “Quyun yuzlari yoxud Ogahiy” (roman, 2009), “Gʻayb qushlari” (roman, qissa va hikoyalar, 2011) kabi kitoblar muallifi hamdir.
Dramaturg sifatida “Javohir” (musiqali drama, 1984), “Ajdodlar qilichi” (tarixiy drama, 1986), “Jaloliddin Manguberdi” (“Yot hujra”, pyesa, 1988), “Bashorat” (musiqali drama, 1988), “Arabmuhammad” (tarixiy drama, 1992), “Dilda borim” (musiqali komediya, 2012) kabi sahna asarlarini yozdi. “Avaz Oʻtar”, “Madraim Sheroziy”, “Ming otlilar diyori”, “Ogahiy qoʻlini olgan rais”, “Xiva”, “Qum sayli” kabi hujjatli-publitsistik filmlar yaratdi, koʻplab esselar yozdi.
Xorazm viloyat musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan “Dilda borim” (2012 ) va “Jaloliddin Manguberdi” (2019) spektakllari sahnalashtirilgan.
Milliy adabiyotimiz va jurnalistikani rivojlantirishdagi samarali hissasi uchun Vatanimizning oliy mukofotlari-
“Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist” (1990) unvoni va “Doʻstlik”(2015) ordeniga sazovor boʻlgan.
@Yoz_uyushmasi_Xorazm_viloyati

👍5
ERKIN SAMANDAR
Ogahiy gʻazaliga muxammas
Koʻrib yorni necha yulduz bu ne oy deb soʻroshibdur,
Biri soʻnib, biri uchib, samo hayratda shoshibdur,
Koʻrib koʻk iltijosin qahri qattiq yor yuvoshibdur,
Bu oqshom mahvashim ruxsori oy birla taloshibdur,
Emas anjum, falak ahli ochib koʻzlar qaroshibdur.
Yetibdur ul falak sori nizo ruxsori oʻtidin,
Tushib koʻngilga rashk yonmish fazo ruxsori oʻtidin,
Kuyarga yetti iqlim ham rizo ruxsori oʻtidin,
Bir uchqundirki, quyosh ul mahliqo ruxsori oʻtidin,
Shafaq ermas, falak domonigʻa ul oʻt tutoshibdur.
Ul oʻt olamga toqat va sabrni imtihon etmish,
Olib domigʻa ushshoq ahlining bagʻrini qon etmish,
Yorugʻ kun birla zulmat almashib oxir nihon etmish,
Dema, tun zulmati xurshid ruxsori nihon etmish,
Ul oyning ishqi savdosi oning boshidin oshibdur.
Sochining jilvasiyu ishvasi jonimga kun bermas,
Koʻzim zulfi qarosidin boʻlak bir narsani koʻrmas,
Oyogʻim ul qora choh soʻqmogʻidin oʻzgaga yurmas,
Sochi savdosidin gar yetmasam laʼliga, tong ermas,
Ki bu zulmat ichinda necha Iskandar adoshibdur.
Koʻzim chaqnab borar, izlar labim laʼli nigun chashma,
Oning bir qatrasin qoʻmsab sarosar dil qushi tashna,
Xayol koʻzgusida koʻrdim nigorni, ey raqib, toʻsma,
Yuziga surtibon gʻoza, chekibdur qoshiga oʻsma,
Bu ziynatlar onga, vah, ne balo usru yaroshibdur.
Qalam qoshlargʻa termulmoqqa sigʻdi bul kecha haddim,
Boqib ikki kamonning shiddatidin oʻldi lol aqlim,
Koʻzim, toʻxtat oʻzingni termulishning ragʻbatidinkim,
Koʻngil, boʻl voqif ul payvasta qoshlar hayʼatidinkim,
Ikov bir-birga qatlingda egib boshi kengoshibdur.
Uning nomini aytmoq boʻlsa dilda istagim, tong yoʻq,
Uning ishqi, uning yodin desa sheʼrim manim, tong yoʻq,
Samandar yor xayoli birla choʻmsa oʻyga jim, tong yoʻq,
Necha koʻp desa hazyon Ogahiy har nechakim, tong yoʻq,
Ul oy savdosi fikri birla oning aqli choshibdur.
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube| 🟦Instagram

🥰4
Xorazm farzandiman!
Men tugʻilgan koʻhna voha shuhratin olam bilar,
Koʻp zamondin koʻp shuaro, unga ashʼor bitdilar.
Dongʻini men ham jahonga bong urib aytgim kelar,
Xorazm farzandiman men, Xorazm farzandiman.
Bu ulugʻ maskan koʻngillarga ziyo qildi ato,
Qahridan shamshir yasab, yovlarga sanchdi bexato.
Qalbiga ilmu alifu al-jabrni qildi jo,
Men alifdek tik yashab oʻtgan diyor farzandiman.
Koʻhna Urganch toshlari sayr aylagan bogʻim mening,
Yastanib yotgan qadim Sulton Uvays togʻim mening.
Ushbu bogʻu ushbu toqqa koʻmdilar ohim mening,

Men zikr etsam asrlar qaʼrida koʻrgum shuur,
Men tikilsam oʻtgan ul zulmat ichida yondi nur.
Al-Beruniyga zabon bergan diyor ham shul erur,
Ilmini nurdek taratgan donish el farzandiman.
Men u kunlar hasratida oʻrtanib yonmay nechun,
Hali ham vayronalarda izgʻisa achchiq tutun.
Mard Jaloliddin yiqildi jangda shu tuproq uchun,
Men shu tuproq vorisiman, men shu el farzandiman.
Xiva bu-gumbaz minora, naqshu nuqra shahri bu,
Tokchada qolgan kitoblar odamiylik sharhi bu.
Pahlavon Mahmud soʻzin yod oldi Mashriq, Margʻibi,
Mashriqu Margʻibda mashhur oʻlkaning farzandiman.
Kim davr surdi qoʻlida may limo -lim jom bilan,
Kim gʻazal bitdi yurakda qaynagan ilhom bilan.
Men muloqotda erurman Ogahiy bobom bilan,
Bobolar izin oʻparman, qutlugʻ el farzandiman.
Dilrabo otash qoʻshiqlar baxtimiz parvozidur,
Ikki sohil iftixori Hojixon, Sherozidur.
Oʻzbeku turkmanni faxri Komil ustoz sozidur,
Koʻksida tor nola etgan kuychi el farzandiman.
Hammadan koʻproq bilar bu yurt nadur qaygʻu, alam,
Dardini daftarga chizdi, qalbini etdi raqam.
Kuyladi oshiq Gʻaribu, nola urdi Shohsanam,
Nola urgan oshigʻ elning oshigʻi farzandiman.
Nurli voham husnina loyiq chiroy yoʻqdur bugun,
Koʻhna Jayxun yosh oʻgʻilday, erkalab shoʻxdir bugun,
Bor bisotin ochdi insonga kulib taqdir bugun,
Baxtli el farzandiman men, baxtli el farzandiman.
Ne ajab tovlansa xil-xil, bogʻu boʻston bu axir,
Yangilik kashf etmadim men, tilda doston bu axir,
Oʻzbekiston bu, yoronlar, Oʻzbekiston bu axir,
Ne uchun faxr etmagayman, man axir farzandiman!
Kim bilan oshno tutinmay, kim-la suhbat qurmayin,
Xivami, Urganchmi yo Toshkentda yashab turmayin,
Qaysi elga bormayin, qay goʻshalarda yurmayin,
Xorazm farzandiman men, Xorazm farzandiman!
✍🏼 Erkin Samandar

👍4👏2💯1
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Infografika
📊 "Raqamli avlod qizlari-2024" Respublika tanlovi uchun ro'yxatdan o'tgan nomzodlar statistikasi.
📆 Statistika 22-mart soat 12:00 holatiga ko’ra taqdim etilmoqda.
________
⚡️ Shoshiling, arizalar https://qizlar.raqamliavlod.uz/ platformasi orqali qabul qilinmoqda!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
________
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xotirot
✍ Xudoyor Abdullayev
(1945-yil 14-iyun - 2020-yil 21-mart)
💎" Yaratganga hamdu sano "
🎙 She'rni muallif Xudoyor Abdullayevning o'gli, Ogahiy nomidagi ijod maktabi direktori Sarvar Abdullayev o'qidi.
****
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube| 🟦Instagram
✍ Xudoyor Abdullayev
(1945-yil 14-iyun - 2020-yil 21-mart)
💎" Yaratganga hamdu sano "
🎙 She'rni muallif Xudoyor Abdullayevning o'gli, Ogahiy nomidagi ijod maktabi direktori Sarvar Abdullayev o'qidi.
****
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube| 🟦Instagram
😢9👍5🔥1🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xotirot
✍ Xudoyor Abdullayev
(1945-yil 14-iyun - 2020-yil 21-mart)
💎 „ Besh kunlik dunyo “
🎙 Sheʼrni muallif Xudoyor Abdullayevning farzandi Sarvar Abdullayev oʻqidi.

❤5🥰4😢3👍2🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xotirot
✍ Xudoyor Abdullayev
(1945-yil 14-iyun - 2020-yil 21-mart)
💎" Umr g'animat "
🎙 She'rni muallif Xudoyor Abdullayevning o'gli Sarvar Abdullayev o'qidi.
****
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube| 🟦Instagram
✍ Xudoyor Abdullayev
(1945-yil 14-iyun - 2020-yil 21-mart)
💎" Umr g'animat "
🎙 She'rni muallif Xudoyor Abdullayevning o'gli Sarvar Abdullayev o'qidi.
****
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube| 🟦Instagram
👍11😢10🔥3😍2❤1🥰1
#Xushxabar
#Ogahiy_ijod_maktabi
#SAT
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"A" sinf o'quvchisi, maktabimiz o'quvchilari orasidan birinchi bo'lib xalqaro SAT sertifikatini qo'lga kiritdi.
✅ Zarina Bahodirova - 1130
Math: 630
Reading&Writing: 500
🏤Bu bilan o'quvchimiz xalqaro oliy ta'lim muassasalariga kirish imkoniyatiga ham ega bo'ldi.
💫 Zarinani yutuq bilan tabriklab, keyingi o'qishlarida muvafaqiyatlar tilaymiz!
📑 Ma'lumot uchun, maktabimizning bilimdon, iqtidorli o‘quvchilaridan Zarina Bahodirova yaqinda IELTS dan 6 ball bilan CEFR Level B2, Bilim va malakalarni baholash agentligining chet tilini bilish darajasi bo'yicha CEFR B2, turk tilidan xalqaro TYS Level B2 darajali sertifikatini ham qo‘lga kiritgan edi.

👍33🎉8🥰6🤩6❤4👏3🔥1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Loyiha_ishlari_bilan_tanishtirib_boramiz
🔰 Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o'quvchilari tomonidan kimyo fanidan tayyorlangan loyiha ishi
🌡Kimyoviy hajviyalar
🖊Mualliflar va rollarda:
➖Nurmamatova Oygul,
➖Otabekova Munisa,
➖Nurullayeva Laylo,
➖Niyazmetov Nazarbek,
➖Nazarov Farhod,
➖Pirjanov Jo'shqin.

😁9👍4🥰2🤩2❤1👏1🎉1😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Loyiha_ishlari_bilan_tanishtirib_boramiz
🔰 Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o'quvchisi Saidov Saidbek tomonidan ona tili fanidan tayyorlangan loyiha ishi
📺"Xalq xazinasi" teleko'rsatuvi
🎤Ko'rsatuv mehmoni - "Sangar" mahallasi ziyolilaridan Said ota
🖊Muallif va rollarda:
🔷Saidov Saidbek

😁9🥰4👏3👍1🎉1🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Loyiha_ishlari_bilan_tanishtirib_boramiz
📹 Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o'quvchilari tomonidan adabiyot fanidan tayyorlangan loyiha ishi
📚"Ogahiy nomidagi ijod maktabida kitobxonlik darajasi qanday?" jurnalistik surishtiruvi
🎤Boshlovchi:
➖Matyoqubova Xolida
👨👩👧👧Loyihani tayyorlaganlar:
➖Egamberdiyeva Sevinchoy
➖Ibragimova Feruza
➖Kasimov Komiljon
➖Ismoilova Oydin
➖Matyoqubova Xolida.

❤9😁2👍1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Loyiha_ishlari_bilan_tanishtirib_boramiz
📹 Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinf o'quvchisi Atajonova Hulkaroy tomonidan tayyorlangan "Irfon podkast"ning 3-soni adabiyot fanidan loyiha ishi
👤"Johillikka qanday kurashish mumkin?" radiosuhbati
🎤Muallif va boshlovchi:
➖ Atajonova Hulkaroy
👨👩👧👧Jonli efir suhbatida:
➖ Ogahiy nomidagi ijod maktabi o'qituvchi va o'quvchilari

❤10👏2😢2👍1
#Toshkentga_safar
IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TOMONIDAN TEATR FESTIVALI TASHKIL ETILMOQDA
🎭Joriy yilning 24-27-mart kunlari "Teatr-ibratxonadir" shiori ostida Toshkent shahrida o'tkaziladigan oquvchilar teatr studiyalari festivalida Ogahiy nomidagi ijod maktabining iste'dodli o'quvchilaridan tashkil topgan truppasi o'zining "Jaloladdin Manguberdi" deb nomlangan spektakli bilan ishtirok etadi.
🚄Bugun, 23-mart kuni o'quvchilarimiz, maktabning Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Bobur Sadullayev va "Drama" to'garagi rahbari Elyorbek Otaboyevlar boshchiligida Urganch vokzalidan Toshkent shahriga jo'nab ketdilar.
💫Ogahiy nomidagi ijod maktabi jamoasiga festivalda jo'shqinlik va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

👍16😢6🔥4👏4🥰3❤1
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Infografika
📊 "Raqamli avlod qizlari-2024" Respublika tanlovi uchun ro'yxatdan o'tgan nomzodlar statistikasi.
📆 Statistika 23-mart soat 12:00 holatiga ko’ra taqdim etilmoqda.
⚡️ Eslatma: Bugun, offline darslarga qabul qilingan ishtirokchilarga loyihamiz kordinatorlari a'loqaga chiqadilar. Online darslarimizga esa ro'yxatdan o'tish davom etmoqda.
__
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
__
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍5🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Loyiha_ishlari_bilan_tanishtirib_boramiz
🎭 Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"A" sinf o'quvchilari tomonidan Matematika fanidan tayyorlangan loyiha ishi
🎬"Kelinlar qo'zg'oloni yoxud Matematikaning kuchi" spektakli
🖊 Ssenariy mualliflari:
➖ Shaxnoza Saidova
➖ Gulsanam Ibragimova
👨👩👧👧Rollarda:
➖ Shaxnoza Saidova
➖ Kamolaxon Zaripova
➖ Dinora Og'ajonova
➖ Komila Bahodirova
➖ Gulsanam Ibragimova
🎀Rejissyorlar:
➖ Dinora Og'ajonova
➖ Shaxnoza Saidova
✍Spektaklda Baxtiyorova Dilaso'z va Boynazarova Muxlisalarning she'rlaridan foydalanildi.
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube| 🟦Instagram
#Loyiha_ishlari_bilan_tanishtirib_boramiz
🎭 Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"A" sinf o'quvchilari tomonidan Matematika fanidan tayyorlangan loyiha ishi
🎬"Kelinlar qo'zg'oloni yoxud Matematikaning kuchi" spektakli
🖊 Ssenariy mualliflari:
➖ Shaxnoza Saidova
➖ Gulsanam Ibragimova
👨👩👧👧Rollarda:
➖ Shaxnoza Saidova
➖ Kamolaxon Zaripova
➖ Dinora Og'ajonova
➖ Komila Bahodirova
➖ Gulsanam Ibragimova
🎀Rejissyorlar:
➖ Dinora Og'ajonova
➖ Shaxnoza Saidova
✍Spektaklda Baxtiyorova Dilaso'z va Boynazarova Muxlisalarning she'rlaridan foydalanildi.
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube| 🟦Instagram
👍6😍3👏2❤1🔥1🥰1🤩1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Loyiha_ishlari_bilan_tanishtirib_boramiz
📹 Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o'quvchilari tomonidan adabiyot fanidan tayyorlangan loyiha ishi
📚"Ogahiy nomidagi ijod maktabida kitobxonlik darajasi qanday?" jurnalistik surishtiruvi
🎤Boshlovchi:
➖Bekturdiyeva Charos
👨👩👧👧Loyihani tayyorlaganlar:
➖Niyazmetov Nazarbek
➖Bahodirova Ruxshona
➖Bekturdiyeva Charos
➖Matyaqubova Laylo.

👍3❤2🥰1👏1😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Loyiha_ishlari_bilan_tanishtirib_boramiz
🔰 Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"B" sinf o'quvchilari tomonidan ona tili fanidan tayyorlangan loyiha ishi
📚"O'zbek tilining bugungi kundagi ahamiyati"
🎤Boshlovchi:
➖ Jumanazarova Hilola
👨👩👧👧Loyihani tayyorlaganlar:
➖Do'simova Zilola
➖Jumanazarova Hilola
➖Odamova Mahliyo
➖Masharipova Asaloy
🖥Montaj ustasi:
➖Do'simova Zilola
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube| 🟦Instagram
#Loyiha_ishlari_bilan_tanishtirib_boramiz
🔰 Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"B" sinf o'quvchilari tomonidan ona tili fanidan tayyorlangan loyiha ishi
📚"O'zbek tilining bugungi kundagi ahamiyati"
🎤Boshlovchi:
➖ Jumanazarova Hilola
👨👩👧👧Loyihani tayyorlaganlar:
➖Do'simova Zilola
➖Jumanazarova Hilola
➖Odamova Mahliyo
➖Masharipova Asaloy
🖥Montaj ustasi:
➖Do'simova Zilola
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube| 🟦Instagram
👍3❤1👏1
#Bizning_ijod
#Drabllar
CHIROQ
Atroflarida to'la oq kiyimli insonlar yuradigan to'rt qavatli binoning uchinchi qavatidagi xonaning chirog'i hamon yonib turardi. U esa xonaning derazasiga ma'yus boqib kaftlarini ochdi. Birozdan so'ng lipillab yonayotgan chirog' o'chdi.
****
SAVOL
Osmonda yulduzlar ko'p, yerda esa insonlar. Bulardan qaysi biri bizga yaqinroq?...(
✍: Oygul Nurmamatova,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o'quvchisi, "Navnihol" to'garagi a'zosi

👍8😢4💯3❤2🕊2🔥1🥰1🎉1😍1