Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.53K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sherzodxon Qudratxo'ja: Ustoz haqida

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
⚡️Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishadi?

Joriy yilgi Navro‘z bayramida ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar barcha xodimlar ketma-ket 4 kun dam olishadi.

21-mart — payshanba (Navro‘z bayrami);

22-mart — juma (barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);

23-mart — shanba (6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);

24-mart — yakshanba (odatiy dam olish kuni).

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
Maktab oʻquvchilarining bahorgi taʼtili 21-mart kunidan boshlanadi

❗️Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi Nizomga koʻra, mamlakatimizdagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun bahorgi taʼtil 2024-yil 21-mart kunidan boshlanadi va 27-mart kuni (7 kalendar kun)ga qadar davom etadi.

👉 IV oʻquv chorak darslari 2024-yil 28-mart kunidan boshlanadi.
__________

Весенние каникулы школьников начинаются с 21 марта

Согласно Положению, утвержденному Постановлением Кабинета Министров от 15 марта 2017 года № 140 «Об общем среднем образовании» весенние каникулы в общеобразовательных школах в нашей стране начинаются 21 марта и длятся до 27 марта 2024 года (7 календарных дней).

Занятия IV учебной четверти начнутся с 28 марта 2024 года.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Forwarded from OYINA.UZ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
+НИЗОМ-ЭНАХОН СИДДИКОВА.docx
20.7 KB
Xalqaro TANLOV!
Qozogʻiston va Oʻzbekiston Respublikalari Oliy oʻquv yurtlari talabalari va umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinf oʻquvchilari orasida
Oʻzbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova tavalludining 70 yilligiga bagʻishlangan  “Qoʻlingizda kitob boʻlsin"
nomli xalqaro adabiy tanlovi eʼlon qilindi.  Tanlov nizomi bilan quyida batafsil tanishishingiz  mumkin.
Tanlov boʻyicha savollar va ijodiy ishlarni +99890-303-30-42 telefon raqamiga yuborishingiz mumkin.
#Jarayon
#Choraklik_summativ_baholash_imtihonlari

📍2024-yilning 20-mart kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabida

📋 3-choraklik yakuni bo‘yicha 7-11 sinflarga ChSB (choraklik summativ baholash) imtihon jarayonlari yakuniga yetdi.

📕 Imtihonlar matematika fani bo‘yicha belgilangan vaqtlarda bo'lib o'tdi. Jarayon sifatli va shaffof tarzda tashkil etildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#Diqqat_èlon
#Ishga_taklif

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi quyidagi vakant lavozimga tanlov e’lon qiladi:

Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi;

📝Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
fan yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot va kamida ikkinchi malaka toifasiga ega bo‘lishi;
o‘quv fanining ilmiy-nazariy asoslari, mazmunini va o‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotda qo‘llay olishi, samarali dars o‘tish metodikasi va uni tashkil etish texnikasini bilishi;
xorijiy tillardan birini boshlang‘ich darajada o‘zlashtirgan bo‘lishi hamda ilg‘or xalqaro tajribadan xabardorligi;
yuksak axloqiy fazilatlar hamda ijtimoiy-siyosiy bilimlarga ega bo‘lishi;
fan olimpiadalari, ko‘rik-tanlovlar va turli musobaqalarda yutuqlarga erishganligi hamda professional tanlovlarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritganligi inobatga olinadi.

Imkoniyatlar:

🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Doimiy malakaviy o‘sish;
🔸Iqtidorli o‘quvchilar;
🔸Munosib ish haqi;
🔸Boshqa ko‘plab imkoniyatlar.

Agar siz kreativ fikrlaydigan, o‘z ishining ustasi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalar egasi bo‘lsangiz, mazkur tanlovda o‘zingizni sinab ko‘ring.

📆 Hujjatlar joriy yilning 31-mart kuniga qadar telegramdan quyidagi raqamga taqdim qilinadi: 

📞Telegram va murojaat uchun: +998994295918

🗺Manzil: 🔎 Xiva shahar, Qiyot mahallasi, "A'lo" ko‘chasi 45-"A" uy

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#Abdulla_Oripov_tavalludining_83_yilligi
#Ijodiy_ishlar_tanlovi

⚡️ENG YAXSHILAR SARALANDI!

🔰Avval xabar berganimzidek, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi tomonidan O'zbekiston Qahramoni, xalq shori va davlatimiz madhiyasi muallifi Abdulla Oripov tavalludining 83 yilligini keng miqyosda nishonlash maqsadida “Ona xalqim,  jon tanim manim, Oʻzbekiston - Vatanim manim!” mavzusida o'quvchilar o'rtasida respublika ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilingandi.

❇️ Ta'kidlash joiz, ushbu tanlov nafaqat Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari, balki umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilarida ham katta qiziqish uyg'otdi. Buni tanlovga yuborilgan ko'plab ijodiy ishlar salmog'idan ham bilish mumkin. Bu esa g'oliblarni aniqlashda hakamlar oldiga bir qadar mas'uliyat yuklagan bo'lsa, boshqa tomondan faol ishtirokchilar orasidan ham eng yaxshilarini aniqlash imkonini berdi. Ko'plab ijodiy ishlarga professional darajada yondashilgani esa bizni yanada quvontirdi.

Tanlov 2 ta yo‘nalish bo'yicha o'tkazildi.

1️⃣-yo‘nalish: Badia, ya'ni Abdulla Oripov ijodiga mansub she'rni tahlil qilish, badiiy uslubda yoritish, fikrni asoslash yo'nalishi g'oliblari bilan tanishing:

🥇1-o'rin - Abduazimova Shohsanam (Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi 9-sinf o'quvchisi);
🥈2-o'rin - Ziyadullayeva Lazizabonu (Abdulla Oripov ijod maktabi 8-sinf o'quvchisi).
🥉3-o'rin - Ibragimova Mashhura (Ogahiy ijod maktabi 10-sinf o'quvchisi).

2️⃣-yo‘nalish: videorolik, ya'ni Abdulla Oripov qalamiga mansub she’rlaridan birini ifodali o'qigan holda obrazli tarzda videoga olish yo'nalishi g'oliblari bilan tanishing:

🥇1-o'rin - Ulug'bekov Axrorbek (Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 8-А sinf o'quvchisi);
🥈2-o'rin - Alijonova Rayyona (Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 9-A sinf o'quvchisi);
🥉3-o'rin - Qudratova Sabrina (Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 25-maktabning 5-V sinf o'quvchisi).

⚡️Tanlovga o'z ijod namunalarini yuborgan va faol ishtirok etgan barcha qatnashchilarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz!


🏆 G‘oliblarga diplom va estalik sovg'alari tez kunlarda o'z manzillariga yetkaziladi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Xushxabar

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi tomonidan O'zbekiston Qahramoni, xalq shori va davlatimiz madhiyasi muallifi Abdulla Oripov tavalludining 83 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan “Ona xalqim,  jon tanim manim, Oʻzbekiston - Vatanim manim!” mavzusidagi respublika ijodiy ishlar tanlovining

📚 Badia, ya'ni Abdulla Oripov  ijodiga mansub she'rni  tahlil qilish, badiiy uslubda yoritish, fikrni asoslash yo'nalishi bo'yicha Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"A" sinf o'quvchisi Ibragimova Mashhura🥉3-o'rinni qo'lga kiritdi va g'oliblar safidan o'rin egalladi.

💫Biz bilimdon, ijodkor, iqtidorli o'quvchimiz Mashurani va ustozlarini ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz. Yanada ko'proq yutuqlar va ijodiy parvozlar tilaymiz.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#Natija

🎗Ogahiy nomidagi ijod maktabida bugun matematika fanidan bo'lib o'tgan CHSB (choraklik summativ baholash) imtihonlarida maksimal ball (100) to'plagan o'quvchilar bilan tanishing:

1. 7-"A" sinf o'quvchisi
Egamyarova Sevinchoy;
2. 7-"A" sinf o'quvchisi Ibragimova Shohsanam;
3. 7-"A" sinf o'quvchisi Jonibekova Ruxsora;
4. 7-"A" sinf o'quvchisi Shadiyeva Nigina;
5. 7-"B" sinf o'quvchisi
Baxtiyorova Zilola;
6. 7-"B" sinf o'quvchisi Farhadova Zebuniso;
7. 7-"B" sinf o'quvchisi Gulimbatov Shahzod;
8. 7-"B" sinf o'quvchisi Jabborova Jayrona;
9. 7-"B" sinf o'quvchisi Niyazmetova Zebo;
10. 8-"A" sinf o'quvchisi
Egamberdiyeva Sevinchoy;
11. 10-"A" sinf o'quvchisi
Yarashev Norimon;
12. 10-"B" sinf o'quvchisi
Karimov Javohir;
13. 11-"A" sinf o'quvchisi
Bahodirova Mushtariybonu;
14. 11-"A" sinf o'quvchisi Bahodirova Zarina;
15. 11-"A" sinf o'quvchisi Baxtiyorova Dilaso'z.

💫 Biz siz bilan faxrlanamiz, aziz o'quvchilar!

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ERTAGA_NAVRÒZ
#ERTAGA_ABDULLA_ORIPOV_TAVALLUD_TOPGAN_KUN

Abdulla Oripov

💎 "Sen bahorni sog'inmadingmi?..."

🎙 She'rni Ogahiy nomidagi ijod maktabi direktori S. Abdullayev o'qidi.

****




Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram