Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.5K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Ot_sporti
#Jarayon

📆 Joriy yilning 27-fevral sanasida Ogahiy ijod maktabi va Xorazm viloyati Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda o'tkazilib kelinayotgan sportning "Chavandozlik" bo‘yicha navbatdagi mashg'ulotlar bo'lib o'tdi.


🔹 Mashg'ulot avvalida Xorazm viloyati Qo‘riqlash boshqarma boshlig‘i yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, kapitan Nurmatov Ruslan o‘quvchilarga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Maktabning Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha direktor o‘rinbosari T. Kadamov boshchiligida o‘quvchilar o‘z mahoratlarini amaliy jarayonlarda oshirdilar.

🌈Bizni kuzatishda davom eting

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BIATLON MUSOBAQASINING VILOYAT BOSQICHI
26.02.2024

📲@XorazmTELEKANAL✔️

📲DASTURNING HD versiyasi👇

🎥 YouTube

📺 OnlineTV
📻 Online Radio

Telegram kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/+Sc_gfY0E_0jvYofu
#Xushxabar
#Xalqaro_jurnal

🏢 Ogahiy nomidagi ijod maktabining ingliz tili fani o'qituvchisi Allabergenova Intizor Kadamovnaning "HOW TO TEACH "GERUND AND INFINITIVE" FOR SECONDARY SCHOOLS STUDENTS?" nomli maqolasi INTERNATIONAL JOURNAL OF FORMAL EDUCATION Xalqaro ilmiy  jurnalida chop qilindi.

👏 O‘qituvchimizga pedagogik hamda ilmiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

🌈Bizni kuzatishda davom eting

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Vatan_boʻylab_sayohat
#Jarayon

📆 Joriy yil 27-fevral sanasida Ogahiy ijod maktabining 10-"B" sinf o‘quvchilari tarbiyachi-pedagog Xaitboyeva Tamara boshchiligida Xiva Ichan qal'a muzeyiga sayohat qilishdi.

✴️ Sayohat davomida o‘quvchilar tarixiy obidalar, ularning qurilish tarixi hamda xalq orasida tarqalgan afsonalar haqida suhbatlashishdi.

🌈Bizni kuzatishda davom eting

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Kun_iqtibosi

Bu dunyoda hamma narsaning javobi bor deydilar. To‘g‘ri gap! Ammo bu dunyoda javob qilinmaydigan narsalar ham bo‘ladi.

📝 Sen birovga yaxshilik qilsang, javobini kutma. Undan qaytmasa, boshqadan qaytadi.

📌 Birov senga yomonlik qilsa, javob berma. Sendan qaytmasa, boshqadan qaytadi!

✍🏻 O‘tkir Hoshimov

🌈Bizni kuzatishda davom eting

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
E'LON

Assalomu alaykum hurmatli do'stlar, aziz ustozlar, qadrli o'quvchilarimiz!!!

Bugun, 28-fevral kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar markazi"da O'zbekiston xalq shoiri, O'zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tadi.

🕰Atoqli shoir, davlat arbobi Sirojiddin Sayyid bilan soat 14:00da boshlanadigan dilbar uchrashuv tadbiriga barchangizni taklif qilamiz.

🌈Bizni kuzatishda davom eting

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Xushxabar
#Xalqaro_nashr
#Bizning_shunday_òquvchilarimiz_bor

🔰Ogahiy nomidagi ijod maktabi 11-"A" sinf o'quvchisi Komiljonova Moxira va 10-"A" sinf o'quvchisi Komiljonova Soliyajonlarning ijodiiy ishlari Xalqaro Turkiya to'plami "Özbekistan Kalem Şairleri"da nashr qilindi.

🇺🇿🇹🇷Shu munosabat bilan ular Turkiya davlatida bo'lib o'tadigan O'zbekiston va Turkiya do'stligini mustahkamlash maqsadida tashkillashtirilayotgan festival hamda "Özbekistan Kalem Şairleri" xalqaro antologiya kitobining taqdimotiga taklifnomalarni qabul qildilar.

Ma'lumot uchun:
📚Ijodkor o'quvchilarimiz Komiljonova Moxira va Komiljonova Soliyajonlarga kitobning asl nusxasi,estalik sovg'alari, statuetka, ko'krak nishoni va Xaqaro Sertifikat taqdim etiladi.


🌈Bizni kuzatishda davom eting

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Toshkent shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Besh muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan voleybol musobaqasida g’olib bo’ldi.

Jizzax shahridagi Prezident maktabida zamonaviy o’quv uslublari haqida ma’lumotlar berib boruvchi "Oʻqituvchi oʻqituvchiga" loyihasi ish boshladi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabida “Eco” gazetasining ilk soni nashrdan chiqdi.

Guliston shahridagi Prezident maktabida harbiy qism bilan hamkorlikda o’quv mashg’ulot o’tkazildi.

Namangan shahridagi Prezident maktabida ta'lim va tarbiyada bola himoyasi hamda xavfsizligini muhim vazifa sifatida baholash bo’yicha kasbiy rivojlanish treningi tashkil etildi.

Xiva shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari Xalqaro iqtisod olimpiadasining viloyat bosqichida faxrli o’rinlarni egalladi.

Quva tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati 11-sinf o‘quvchisi Iskandarxon Otaxonov xalqaro universitetlar grantlarini qo’lga kiritdi.

Andijon shahar 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’quvchilari Andijon shahridagi “Digital City”ga sayohat qildi.

G‘allaorol tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ''Jaholatga qarshi ma'rifat'' shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.

Paxtakor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Eng yaxshi maktab prototipi" loyihasi tanlovi tashkil etildi.

Narpay tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Intellektual olimpiada" loyihasiga start berildi.

Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Jadidchilik - milliy uyg’onish asosi" mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Nukus shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’quvchisi Gulnur Uzaqbergenova “Arizona University” (AQSh)ga o’qishga qabul qilindi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Sher ishtirokida мahorat darsi o’tkazildi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabi o’quvchilarining ijodiiy ishlari Turkiyada chop etilgan "Özbekistan kalem şairleri" to’plamidan joy oldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Jarayon

IJODIY OLIMPIYADA

🔷O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ”Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi 2021 yil 19-iyuldagi PQ-5188-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Ijodiy olimpiada"ning maktab bosqichi o‘tkazildi.

💢O‘quvchilarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadryatlar ruhida tarbiyalash, o‘zbek adabiyoti va tarixini chuqurroq o‘rgatish, o‘z iste'dodi va ijodiy qobiliyatini namoyon qilishlari maqsadida o‘tkazilgan tanlovda ijod maktabining 8-9 sinf ijodkor o‘quvchilari ishtirok etdilar.

🌈Bizni kuzatishda davom eting

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|