Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.54K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Matnazar_Abdulhakim_76
#Tadbir

"VOHANING MANGU TIMSOLI" NOMLI TADBIR BO‘LIB O‘TDI

🔰 Xorazm adabiy muhitining darg‘alaridan biri - hassos shoir Matnazar Abdulhakim tavalludining 76 yilligi munosabati bilan Ogahiy nomidagi ijod maktabida o'tkazilgan "Vohaning mangu timsoli" nomli adabiy tadbir jarayonidan foto lavhalar
.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Matnazar_Abdulhakim_76
#Tadbir

"VOHANING MANGU TIMSOLI" NOMLI TADBIR BO‘LIB O‘TDI

🔰 Xorazm adabiy muhitining darg‘alaridan biri - hassos shoir Matnazar Abdulhakim tavalludining 76 yilligi munosabati bilan Ogahiy nomidagi ijod maktabida o'tkazilgan "Vohaning mangu timsoli" nomli adabiy tadbir jarayonidan foto lavhalar
.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Psixologik_trening
#Jarayon

🔰Joriy yilning 21-fevral sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi psixologi Atajonova Maqsuda tomonidan maktabning 7-"B" sinf o'quvchilariga trening mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

➡️ Trening o‘quvchi yoshlarga diqqatni bir joyga jamlashni o‘rgatish va bir-birini qo'llab-quvvatlashni o‘rganish maqsadiga qaratildi. Treningda o‘quvchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar va kerakli psixologik maslahatlar oldilar.

📸 Yuqorida trening jarayonidan foto lavhalarni tomosha qilishingiz mumkin.

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Nukus shahridagi Prezident maktabida “Yangi Oʻzbekiston” universiteti professori Alisher Sanettullaev va “Amazon” kompaniyasi yetakchi mutaxassisi Beknazar Abdikamalov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Andijon shahridagi Prezident maktabida o‘zbek va ingliz tilidagi “Foresight” jurnalining navbatdagi soni nashrdan chiqdi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabida ota-onalar oʻrtasida "Kelajakda mening farzandim” nomli rasmlar tanlovi e'lon qilindi.

Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yinining navbatdagi bosqichi ekologiya mavzusiga bag‘ishlandi.

Nurafshon shahridagi Prezident maktabida Xudoyberdi To‘xtaboyevning "Jannati odamlar" asari bo‘yicha adabiy bellashuv tashkil etildi.

Xiva shahridagi Prezident maktabining IT sohasiga qiziquvchi o‘quvchilari uchun Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialiga sayohat uyushtirildi.

Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Matnazar Abdulhakim tavalludining 76 yilligi munosabati bilan shoir hayoti va ijodi yodga olindi.

Shirin shahar ixtisoslashtirilgan maktabida harbiy qism bilan hamkorlikda ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

Andijon shahar 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Yangi O’zbekiston” universiteti professorlari bilan uchrashuv o’tkazildi.

Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o’quvchi yoshlari bilan “Jadid adabiyoti namoyondalari”  mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchilari  "Kimyo" fanidan yuqori ball to’plab, Bilim va malakalarni baholash agentligi sertifikatlariga ega bo’ldi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida “Zakovat” intellektual o‘yinining navbatdagi bosqichi yakunlandi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabida shoir Matnazar Abdulhakim tavalludining 76 yilligi munosabati bilan "Vohaning mangu timsoli" nomli adabiy tadbir bo'lib o‘tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ochiq_dars

🔰21-fevral–Xalqaro ona tili kuni munosabati bilan Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinfida ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Sapayeva Saida tomonidan ona tili fanidan "Bob yuzasidan takrorlash" mavzusida ochiq dars tashkillashtirildi.

♻️Dars jarayonida bob bo'yicha o'tilgan mavzular: fe'lning vazifa shakllari, o'zbek tili lug'atining boyish manbalari va gap bo'laklari tartibi bo'yicha takrorlash asosida mavzular qamrab olindi.

📚Dars "Klaster" metodi asosida boshlanib, o'qituvchi o'zi o'ylab topgan "Oltin zanjir", "Svetofor" hamda "3+3"(Xotira mashqi, nazariy bilim va ijodiy fikrlashga asoslangan) metodlari asosida tugallandi.

Darsda o'quvchilarning faolligi to'liq ta'minlandi.
Dars qiziqarli va taassurotlarga boy tarzda o'tdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram