Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.3K photos
2.43K videos
311 files
7.55K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Onamga

Sening qalbing olov, sening qalbing nur,
Sening qalbing ichra dunyolarim bor.
Sening qalbing bilan vayrona ham hur,
Sening qalbing bilan goʻzaldir bahor.

Sening koʻzlaringdan arimas yogʻdu,
Oʻzgalar ustimdan kulyapti, ana,
Kichik vatan ichra giryonim borku,
Naqadar bagʻring keng, ey munis ona.

Sanam dunyolarni koʻrmay oʻtyapsan,
Tiling aytmasa ham, aytyapti koʻzing.
Seni tashlab davr surmogʻim shartmas,
Chunki bu dunyoda dunyoim oʻzing.

Men bir Nodiraman, Uvaysiymanmen,
Sening taʼrifingni qalamda chizgan.
Senga soʻz demasam osiydirmanmen,
Senga gullar atab, ularni uzgan.

Ey ayol, volidam, chashmi giryonim,
Qalbi bir yon, shaxti bir yon, sabri bir yonim.
Men oʻlsam tanamda oquvchi qonim,
Mening-chun muqaddas, qadri osmonim.

Naqadar bagʻring keng, ey munis ona...

Nigina Rustamboyeva,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi

Fevral 2024

https://t.iss.one/niginaand

🌈Bizni kuzatishda davom eting

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Taklifnoma

"VOHANING MANGU TIMSOLI" NOMLI TADBIRIMIZGA MARHAMAT

🔹 Hurmatli vohadoshlar! Sizlarni ertaga 20-fevral soat 16:00 da Xiva shahrida joylashgan Ogahiy nomidagi ijod maktabida shoir Matnazar Abdulhakim tavalludining 76 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan "Vohaning mangu timsoli" nomli adabiy tadbirga aziz mehmon bo‘lishga taklif etamiz.

🔸Tadbirda Xorazm adabiy muhitining ulug‘ darg‘alaridan bo‘lmish shoirning qalam sehridan to‘yingan Xorazmcha nazmiy she'rlar, sahna ko‘rinishlari namoyish etiladi. Tadbirda shuningdek, sana munosabati bilan o‘tkazilgan tanlovda g'oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar tantanali taqdirlanadi.


➡️ Barcha aziz mehmonlarni kutamiz.

🔎 Manzil: Xiva shahar, Qiyot mahallasi, "A'lo" ko‘chasi 45-A uy


(Maktab joylashgan manzil lokatsiyasi kecha kanalimizda tashlangan)

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
⚜️20-fevral “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi”, “Ofarin” mukofoti sovrindori, taniqli shoir, tarjimon, adabiyotshunos va publitsist Matnazar ABDULHAKIM( (1948-2010) tavallud topgan kun
🌿🌿🌿🌿🌿🌿🌿🌿🌿🌿
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QOR QOʻSHIGʻI

Lahza tinim bilmay kutdim bu kunni,
Bugun orzularim, mana, ushaldi.
Sen atayin uxlab oʻtkazding tunni,
Men-chi yogʻaverdim, men-chi toʻshaldim.

Boʻronlarda yelib, hovlingga kelib,
Uyingni aylanib kezdim jon halak.
Nihoyat, nihoyat, uygʻotdim seni
Derazangda boʻlib girdikapalak.

Yogʻduga koʻmildi bedor hislaring,
Ular bois boʻldi oppoq faxrimga.
Ohista-ohista bosgan izlaring
Oʻyilib-oʻyilib qoldi bagʻrimga.

Istasang, doʻstingga ot. Turibman shay.
Axir nechun bundan qilay orlar man.
Sevib, shodligimdan osmonga sigʻmay,
Senga zorlar boʻlib yogʻgan qorlar — man.

Men uchib qoʻnayin, sen quvna yal-yal,
Sen sira qilmagin shodlikni kanda.
Kechir koʻzyoshingga oʻxshab qoʻysam sal,
Kiprigingga asta qoʻnayotganda.

Shodligingga qisqa umrimni berib,
Oh-figʻon qilmasdan, nolimasdan, jim,
Asta yer qaʼriga ketaman erib
Senga atab gullar yuborish uchun...

MATNAZAR ABDULHAKIM

https://t.iss.one/M_Abdulhakim

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Qonunchilik_yangiliklari
#yoshlar_uchun_imkoniyat

⚡️Ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 17-fevraldagi qarori qabul qilindi.

📝 Hujjatga ko‘ra, 1-martdan boshlab:

📶 Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qishi hamda ushbu sertifikatlarni olish uchun sarf qilgan xarajatlarining 60 foizgacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi.

Shuningdek, ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlarini to‘liq qoplab berish belgilandi.

❗️Endilikda yoshlar xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish haqidagi arizalarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) elektron tarzda yuborishlari mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Psixologik_trening
#Jarayon

🔸 Joriy yilning 20-fevral sanasida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi amaliyotchi psixologi Atajonova Maqsuda tomonidan 8-"A", 9-"B" sinf o'quvchilaridan "Jamoaviy va guruhda o'zaro muloqotni yaxshilash" uchun psixologik trening mashhulotlari bo'lib o'tdi.

📸 Jarayondan foto lavhalar.

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
Ogahiy ijod maktabi
https://t.iss.one/Eshqobil_Shukur_ijodi
📢E'LON

Ogahiy nomidagi ijod maktabining o'quvchilari!!!

🗓Ertaga, 22-fevral kuni soat 15:00 dan boshlab O'zbek adabiyotining taniqli vakili, betakror shoir Eshqobil Shukur tomonidan "Poetik ko'chimlar" mavzusidagi onlayn mahorat darsi o'tkaziladi.

🌿Barcha ijodkor o'quvchilarimizni adib tomonidan o'tkaziladigan mahorat sabog'iga taklif qilamiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Matnazar_Abdulhakim_76
#Tadbir

"VOHANING MANGU TIMSOLI" NOMLI TADBIR BO‘LIB O‘TDI

🔰 Xorazm adabiy muhitining darg‘alaridan biri hassos, shoir Matnazar Abdulhakim tavalludining 76 yilligi munosabati bilan Ogahiy nomidagi ijod maktabida o'tkazilgan "Vohaning mangu timsoli" nomli adabiy tadbir jarayonidan foto lavhalar
.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|