Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
310 files
7.52K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Davra_suhbati
#Jarayon

"YANGI AVLOD JADIDLARI" MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI BO‘LIB O‘TDI


🔰Fevral oyining 2-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar markazi"da Xorazm Ma'mun akademiyasi ilmiy xodimi, yozuvchi, tarixshunos, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, "Do'stlik" ordeni sohibi, tarix fani bo'yicha falsafa doktori Umid Bekmuhammad bilan "Yangi avlod jadidlari" mavzuda davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🔻 Suhbatni maktab direktori Sarvar Abdullayev ochib berdi va olib bordi. Muloqot davomida Jadidchilik harakati tarixi, uning namoyandalari haqida, xususan, Xorazm jadidchiligiga hissa qo‘shgan vohadoshlarimiz hayoti va faoliyati bo‘yicha ma'lumotlar berildi.

➡️ Shuningdek, uchrashuvda jadidchilik harakatida alohida o‘z tarixiga ega xorazmlik Maryam Sultonmurotova taqdiri haqidagi "Matonatli Maryam" badiiy filmining sur'atga olinish jarayonlari va yaqin orada ekran yuzini ko‘rishi bo‘yicha ham aytib o‘tildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#Jarayon

📍Joriy yil 2-fevral sanasida tarbiyachi-pedagoglar tomonidan "Siz huquqingizni bilasizmi? " mavzusida tarbiyaviy soat o‘tildi.

🔸 Tarbiyaviy soatda har bir O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan shaxs o‘z huquqlarini bilishi bu uning uchun foydali ekanligi aytib o‘tildi. Ta'limga oid o‘quvchilarning huquqlari bo‘yicha ma'lumotlar berildi.

📸 Jarayondan foto lavhalar
.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Ochiq_dars

🔰Joriy yilning 2-fevral sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi 7-"A" sinfida ona tili va adabiyot fanidan mahoratli ustoz Saida Sapayevaning "Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi. "Mehrobdan chayon" romanini o'qishga tayyorlanamiz." mavzusida ochiq darsi bo'lib o'tdi.

Dars jarayonida "Baliq skeleti", "Mozaika", "Klaster" va "Analogiya" metodlaridan foydalanildi.

Ochiq dars jarayonini ijod maktabimiz o'qituvchilaridan bir guruhi kuzatib bordilar. O'quvchilar esa katta qiziqish bilan faol qatnashdilar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌