Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.3K photos
2.43K videos
311 files
7.55K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Mato_yogʻdusi
#Toʻgarak

🔰 Joriy yilning 1-fevral sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida kechki payt oʻquvchilarni boʻsh vaqtlarini unumli oʻtkazish hamda kasb-hunarga oʻrgatish maqsadida tarbiyachi-pedagog Ch.Zaripova tomonidan tashkil etilgan "Mato yogʻdusi" tikuvchilik toʻgaragida "Ko‘ylak tikish" mavzusi bo‘yicha amaliy mashg‘ulot oʻtkazildi.

🪡🧵 Bugungi toʻgarak jarayonida o‘quvchi qizlarga andoza yordamida bichish va tikish amaliyoti oʻrgatildi.

📸 Jarayondan foto lavhalar.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram
#BIZ_BOSHLADIK
#TARIX_ARENASI

OGAHIY IJOD MAKTABINING YANGI LOYIHASI - "TARIX ARENASI" INTELLEKTUAL O'YINI 1-SONI BO'LIB O'TDI

🖋"TARIX ARENASI" moziy ixlosmandlari uchun tashkil qilingan Ogahiy ijod maktabining mualliflik loyihasi bo'lib, intellektual o'yin tashabbuskori oliy toifali tarix fani o'qituvchisi A.Ro'ziboyev hisoblanadi.

🕰 2024-yilning 1-fevral kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabi "TARIX ARENASI" intellektual o‘yini saralashining ilk bosqichini 9-sinf yosh tarixshunoslari boshlab berdilar.

🔰Dastlab maktab direktori S.Abdullayev yangi loyiha bilan barchani muborakbod etib, Ogahiy ijod maktabi mualliflik loyihasini ochiq deb e'lon qildi. O'yin tasvirga yozib olindi va tez kunlarda kanalimizda to'laligicha taqdim etiladi.


💫Saralash bosqichlari fevral-mart oylarida, Final bosqichlari aprel-may oylarida bo‘lib o‘tadi.

🎗G‘oliblar Ogahiy nomidagi ijod maktabi "So‘ngi qo‘ng‘iroq" tadbirida tantanali tarzda taqdirlanadilar.

Bizni kuzatishda davom eting

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#Matnazar_Abdulhakim_76
#Tanlovga

1-ISHTIROKCHI
ENG YAXSHI BAG‘ISHLOV SHE'R

"MATNAZAR BOBOM"
TARIXDA QOLDIRDINGIZ NOM,
EY ULUG' MATNAZAR BOBOM.
XIVANI HAM GULLATDINGIZ SIZ,
EY BUYUK MATNAZAR BOBOM.

FORSIY TILNI RAVON QILDINGIZ,
"MIRZO BEDIL" TANITDINGIZ SIZ.
KO'HNA URGANCH O'LKANGIZ,
BUYUK EMAS SHE'RIYAT SIZ -SIZ.

"OGAHIYNI" ULUG'LADINGIZ,
FAROVANLIK QULLUG'LADINGIZ.
"KUBRONI" HAM UNUTMADINGIZ,
YAXSHILIKNI QUTLUG'LADINGIZ.

SIZGA TENG KELDI KIM?
MATNAZAR ABDULHAKIM.
XORAZMDA YASHAYSIZ MUDOM,
EY BUYUK MATNAZAR BOBOM.

SHE'RIYAT MULKIDA SHOX-SULTON,
BO'LDI YURTINGIZ BOG'-U BO'STON.
QUTLUG' BO'LSIN 76 YOSHINGIZ ,
BIZ HAM SIZNING AVLODINGIZ!

: RASULBEKOVA DURDONA,
XONQA TUMANI,
40-SONLI UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABINING 6-"B" SINF O'QUVCHISI

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Matnazar_Abdulhakim_76
#Tanlovga

2-ISHTIROKCHI
ENG YAXSHI BAG‘ISHLOV SHE'R

Ustozni esga olib...
(Matnazar Abdulhakim xotirasiga)

Huvvulladi Xorazm sizsiz,
Huvvulladi she'r bog'i sizsiz.
Sizni izlar har kuni bog'lar,
Sarson bo'lar sahrolar,tog'lar.

Ustoz edi jo'shqin Amudek,
Xorazmning ma'naviy tog'i.
Bizga tortiq qilgan she'rlarin,
Ustoz-ezgu maqsad sohibi.

Ustoz edi shoir,tarjimon,
Xorazmni gullab yashnatgan.
Rus shoiri buyuk Pushkinning,
She'rlarini tarjima qilgan.

Manmanlikni yomon ko'rardi,
Unga kibr edi begona.
Mutolaani jondan sevardi,
Kitob edo do'sti yagona.

Qo'llarimiz ko'ksimizdadir,
Ruhlari chun qilamiz ta'zim.
Shunday shoir yashagan,shaksiz,
Bu vohada ya'ni Xorazm.

: PARIZOD SHONAZAROVA,
Xonqa tuman 41-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchisi

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Xushxabar
#Xalqaro_nashr

🔴Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi oliy toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Karimova Hafiza Yusupboyevnaning "NAVOIY HIKMATLARI-UMRBOQIY XAZINA" nomli ilmiy maqolasi "TADQIQOTLAR"
jahon ilmiy-metodik jurnalida nashr etildi.

✔️Shu bilan birga, Hafiza Yusupboyevna maqolasini "TADQIQOTLAR" jahon ilmiy-metodik jurnali orqali ommalashtirgani uchun DIPLOM hamda SERTIFIKAT bilan taqdirlandi.

Izlanuvchan ustozni ushbu muvaffaqiyat va e'tirof bilan samimiy tabriklaymiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
168-170.pdf
890.3 KB
Karimova Hafiza Yusupboyevna. (2024). NAVOIY HIKMATLARI-UMRBOQIY XAZINA . TADQIQOTLAR, 31(1), 168–170. Retrieved from https://tadqiqotlar.uz/index.php/new/article/view/2001