Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
31.1K photos
2.51K videos
312 files
7.85K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Xushxabar
#Bizning_shunday_òquvchilarimiz_bor
#Yangi_kitob

🔰Ogahiy nomidagi ijod maktabi 10-"B" sinf o'quvchisi Abdusharipova Muxlisaning hikoyalari "Ogahiy" nashriyoti tomonidan "Qizg‘aldoqlar gullagan chaman" jamoa to‘plamida nashr etildi.

📚Kitob taqdimoti 26-yanvar kuni Urganch shahridagi Xorazm viloyat kutubxonasida o‘tkaziladi.

🌟Iste'dodli o'quvchimizni shodiyona qutlaymiz va ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#Yangilik
#Bizning_shunday_òquvchimiz_bor

IQTIDORLI O'QUVCHIMIZ TO'GARAK MASHG'ULOTINI OLIB BORADI

🔰Ogahiy nomidagi ijod maktabi 10-"B" sinf o'quvchisi Yangiboyeva Nurhayot ingliz tili fanidan maktabdosh ukalariga dushanba va chorshanba kunlari to'garak mashg'ulotini yo'lga qo'ydi.

💫Faxr bilan aytish joizki, Nurhayot
-Ingliz tilidan CEFR C1 sohibasi (2023);
-Asosiy fan olimpiadasi ingliz tilidan viloyat bosqichida 2022-yil 3-o'rin, 2023-yil 2-o'rinni qo'lga kiritdi;
-"Ogahiy" jamoasi tarkibida 2023-yil "ZAKOVAT" intellektual o'yini Respublika final bosqichi ishtirokchisi;
-"Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti tanlovi viloyat bosqichi ishtirokchisi (2023-yil);
-"Ziyolilar almanaxi" kitobi uchun Respublika bo'yicha saralab olingan 100 nafar iqtidorli o'quvchilardan biri (2024);
-Ko'plab respublika hamda xalqaro tanlov, musobaqalar g'olibi va sovrindori.


🌟Ustozi: Ijod maktabimiz ingliz tili fani o'qituvchisi Aksana Xajaniyazova

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#2_kun
#Rassomchilik

🌠: Kuziboyeva Shohruza,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram
#Musiqa_toʻgaraki
#Jarayon

📆 Yanvar oyining 22-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida "bir o‘quvchiga - bir milliy cholg'u" doirasida mahoratli sozanda 🪕🎼🪗 Maqsudbek Matniyozov rahbarligida navbatdagi to‘garak mashg'uloti o‘tkazildi.

❇️ O‘quvchilar tomonidan "Ohangaron" kuyi chalinmoqda.

📷 Ushbu to‘garakdan foto va video lavhani tomosha qilishingiz mumkin.


‌‌👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#2_kun
#Nazm

U uzoqda qolgan...

U uzoqda qolgan, juda uzoqda,
Oʻziga soddalik, soxtalik boylab.
Oʻzimga talpidim, chaqirdim, ammo,
Kelmadi. Kutgandim men uni oylab.

U uzoqda qolgan, juda uzoqda,
Yurib oʻtolmadi yoʻlaklarimdan.
Hayqirib, toʻlgʻonib, yigʻlatib ketti,
Zarbalari oʻtdi yuraklarimdan.

U uzoqda qolgan, juda uzoqda,
Poyonsiz yoʻllarda boshlardi aldab.
Tengi yoʼq yolgʻonni qoʻlimga berdi,
Soʻzlarning ortidan, soʻzlarni qalab.

Uzoqda qoldirdim, juda uzoqda,
Oqizib yubordim kattakon selda.
Xanjarlarni urib oʻldirib keldim,
Bahorlari qaytmagan elda.

U uzoqda qolgan, juda uzoqda,
Qancha yiroqlashsam qalbimda hurlik.
Oldinda eng buyuk kelajak kutar,
Orqaga bir qarab qoyaman kulib.

U uzoqda qolgan, juda uzoqda...

Nigina Rustamboyeva,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Olimpiada

⚡️JARAYON_

⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 2024-yil 10-yanvardagi “STEM (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot
texnologiyalari, science) fanlari bo‘yicha Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan
maktab o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadasining maktab bosqichini tashkil etish
to‘g‘risida”gi 01-11/2-45-sonli xati ijrosini ta'minlash maqsadida 2024-yil 23-yanvar kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabida ham olimpiada jarayonlari boshlandi.

✈️Barcha o'quvchilarga omad tilaymiz!


👆 Olimpiada jarayonidan fotolavhalar

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram