Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.5K photos
2.44K videos
311 files
7.6K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Forwarded from Jumanazar YO'LDOSH (Jumanazar Yo‘ldosh)
***

Kaftlarimni ochdim parishon,
Bir yaproq qoʻndi kaftimga
Sargʻaygan va moʻrt...
U qoʻshildi oʻychanligimga.
– Sen qaysi daraxtdan tushding?
– dedim bo'lib xiyol hayron.
Atrofimga tikildim,
Yon-verimda yoʻq edi daraxt...
– Yo shamol eltdimi seni,
Nogahonda qoʻzgʻalgan?
Yo boʻldingmi gʻoyibdan paydo?
Shunda meni gʻamga botirib,
Bir soʻz aytdi yaproq ham mahzun:
– Koʻngil daraxtingning yaprogʻiman men...


J.Yo‘ldosh


@Jumanazar_Yuldash
Ogahiy ijod maktabi
Location
Ijod maktabining joylashgan lokatsiyasi.
#Bugun

🗓19-yanvar – Mahmudxo'ja Behbudiy tug'ilgan kun

Mahmudxo'ja Behbudiy 1875-yil 19-yanvarda Samarqandning Baxshitepa qishlog'ida tug'ilgan.
Dramaturg, noshir, din va jamoat arbobi, jadidchilik harakatining yo'lboshchisi, milliy maʼrifat rahnamosi.
1900-yili Samarqandda yangi usuldagi maktab ochdi.
1904-yildan yangi maktablar uchun darsliklar tuzishga kirishdi.
1911-yilda ilk o'zbek dramasi "Padarkush"ni yozgan. Unda ma'naviy qashshoqlik insonning fojiasi ekanligi bayon etilgan.
1913-yilda kitob nashrini yo'lga qo'yib, ilg'or fikrli jadidlarning asarlarini nashr qildi.
1914-yilda "Samarqand" gazetasi , "Oyna" jurnalini tashkil qildi. "Oyna"da xalq va uning haq-huquqiga, tarixiga, til va adabiyot masalalariga doir qiziqarli maqolalar, bahslar berib boradi.
300 ga yaqin maqolalarida ilm olish, xususan, ko'p tillarni o'rganish, tenghuquqlilik g'oyalari ilgari suriladi.
1919-yilda Qarshida dushmanlari tomonidan qatl qilinadi.

https://t.iss.one/UrDU_Filologiya_Matbuot_xizmati
❗️Abituriyentlar uchun muhim: milliy sertifikatlar tizimida nima o‘zgarishlar bo‘ldi?
#abituriyent

JAVOB: Aslida aytarli katta o‘zgarish bo‘lmadi, asosiy o‘zgarish bu test natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanadi. Prezident maktablari imtihoni ham aynan shu metodikaga asoslangan va mana bu postda bu haqida qisqa ma'lumot bergan edim.

Ko‘pchilik kanallar "Endi milliy sertifikatdan 65 ball olsa ham abituriyentga testda maksimal ball beriladi" deb yozishdi. Umuman olganda bu to‘g‘ri xabar, ammo biroz masala mohiyati ochib berilmagan.

Hozirgacha amalda bo‘lgan milliy sertifikat imtihonlarida 100 ballik baholash tizimida 86 balldan oshirganlarga testda o‘sha fandan maksimal ball, 60-86 ball to‘plaganlarga esa, olgan baliga mos ravishda tabaqalashtirilgan (proporsional) ball berilar edi.

Hozir ham xuddi shunaqa bo‘ladi. Faqat endilikda maksimal ball 100 emas, balki 75 ball bo‘ladi. Ko‘pchilik avvalgidek 100 balldan 65 olsam maksimal ball olarkanman, deb o‘ylab adashmoqda. Yo‘q, endi 75 balldan 65 olish kerak. 65 ball bu 75 ning 86 foizi bo‘ladi. Demak, oldingidan hech narsa o‘zgarmagan.

Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikatlar beriladi. Unga ko‘ra:

70 balldan yuqori — A+;
65 - 69,9 ball — A;
60 - 64,9 ball — B+;
55 - 59,9 ball — B;
50 - 54,9 ball — C+;
46 - 49,9 ball — C.

Har 5 ball yangi daraja.

A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentga OTM bakalavriatiga test sinovlarida ushbu fandan maksimal ball beriladi;

B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentga mos ravishda maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga esa avval bo‘lganidek tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

Bor gap shu. Vahima qiladigan yoki ortiqcha xursand bo‘ladigan joyi yo‘q, shunchaki baholash metodikasi o‘zgaryapti xolos.


👉 @xushnudbek 👈
⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2024-yil 18-yanvar kuni Ogohiy ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi "Mard o'g'lon" davlat mukofoti sovrindori Javohir Karimov bilan davra suhbati tashkil qilindi.
❇️ J.Karimov davra suhbati davomida o'zi erishgan yutuqlar, oilada ota-onasining o'rni va asosan o'quvchilarni qiziqtirgan respublika "Yosh kitobxon" tanlovida ishtiroki va kelajakda oldiga qo'ygan maqsadlari xususida o'rtoqlashdi.

🌐 Telegram | Facebook
#mahorat_darsi
#hamkorlik

📚 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy ijod maktabi va Urganch davlat universiteti hamkorligi doirasida mazkur maktabda UrDU O‘zbek filologiya fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan mahorat darslari tashkil qilinmoqda.

➡️ Joriy yilning 18-yanvar kuni UrDU O‘zbek filologiya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, f.f.d. S.Sariyev tomonidan 10-"B" sinf o‘quvchilariga "Mifologiya" mavzusida mahorat darsi olib borildi.


📄 Ushbu darsda turkiy mifologiya, uning o‘zbek adabiyotiga ta'siri to‘g‘risida ma'lumotlar berildi. Shu jumladan, zamonaviy o‘zbek adabiyotida miflarning aks etishi xususida o‘quvchilar bilan qizg‘in suhbat o‘tkazildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#Jarayon

📍Yanvar oyining 19- sanasida tarbiyachi-pedagoglar tomonidan "Telefonda so'zlashish odobi" mavzusida tarbiyaviy soat o'tkazildi.

🔸 Tarbiyaviy soatda hozirgi vaqtda dolzarb muammoga aylangan telefon ishlatish odobi, me'yori va uning salbiy oqibatlari haqida tushunchalar berildi..


📸 Jarayondan foto lavhalar

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram