#Bugun
Oybek (Muso Toshmuhammad oʻgʻli) 1905-yil 10-yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1965), Oʻzbekiston FA akademigi (1943).
“Tuygʻular” (1926), “Koʻngil naylari” (1929), “Mashʼal” (1932) sheʼriy toʻplamlari, “Dilbar — davr qizi” (1932), “Uch” (1933), “Baxtigul va Sogʻindiq” (1934), “Qahramon qiz” (1936), “Gulnoz”, “Kamonchi”, “Navoiy” (1937) singari dostonlar yozgan. Nasriy merosi 5 roman (“Qutlugʻ qon”, 1940; “Navoiy”, 1942; “Quyosh qoraymas”, 1943—59; “Ulugʻ yoʻl”, 1967; “Oltin vodiydan shabadalar”, 1949), 4 qissa (“Shonli yoʻl”, “Nur qidirib”, “Bolalik xotiralarim” va “Bola Alisher”) hamda bir qancha hikoya va ocherklardan iborat. A. S. Pushkinning “Yevgeniy Onegin” sheʼriy romani, M. Yu. Lermontovning “Maskarad”, Molyerning “Tartyuf” dramalarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Oybek 1968-yil 1-iyulda Toshkentda vafot etgan. Vafotidan soʻng “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan (2001).
🌐Sahifalarimiz
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Videolavha Oybek uy-muzeyida olingan boʻlib, sheʼrni Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Fathulla Maʼsudov oʻqigan.
🌐Ogahiy nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|
🌐Ogahiy nomidagi ijod maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari
👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube| |Instagram|
#Bugun
XXI asr oʻzbek modern sheʼriyatining yirik namoyandalaridan biri Bahrom Roʻzimuhammad tabarruk 63 yoshni qarshi oldi. 1961-yil 10-yanvarda Shovot tumanida tugʻilgan.
1983-yilda Toshkent Davlat universiteti(hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Tovushsiz qadam”, “Terakka yaqin yulduz”, “Ikki nur”, “Davsaman”, “Tinch gullaydigan daraxt”, “Kunduz sarhadlari”, “Soyalar suhbati”, rus tilida “Zvezda nad topolyami”, “Poslednyaya noch angela”nomli sheʼriy toʻplamlari e'lon qilingan. Sheʼrlari turk, ozarbayjon, turkman, qoraqalpoq, ingliz, nemis, fransuz, ispan, assam tillariga oʻgirilgan.
Shoirning “Ich habe mein Selbst vergessen “(“Men oʻzimni unutdim”) nomli sheʼrlar toʻplami 2013-yilda Germaniyaning “Leipziger Lituraturverlag“ (“Leypsig adabiyot nashriyoti”) nashriyotida oʻzbek va nemis tillarida chop qilingan.

KOʻK KOʻYLAKLI QIZ
U yurganda — yoʻllar charogʻon,
qizillikka burkanib dala, qadamidan boʻlur mashʼala —
charos koʻzi mavjlangan zamon.
Yonar edi yonoqlari ham...
Ipak sochi qora qaymoqday
yelkasida tovlangan choqda
har yurakka tashlardi qadam.
Oq navoga yoʻgʻrilgan xilqat,
u gul edi qizga aylangan,
gʻoyat nafis tabassum bilan
qaraganda zabt etardi qalb.
U adashdi, alam behuda,
parchaladi nogoh gʻururin,
yulduz nuri deya oy nurin
goʻyo koʻrdi suvda – koʻzguda.
Ruhim ichra termular elas...
O, tabiat, uygʻotma uni,
sevgimizni ilk bahor kuni
yashil tusda esga olsang bas.
QAYTISH
Umrim gulin teruvchi shodon,
men serhayrat, zavqparast sayyoh,
koʻz — quyoshdan uzilgan shabnam,
qalb — koʻksimga mixlangan farah.
Sakrab oʻtgum koʻlmaklar osha,
huv kengliklar jilolansa shan,
buloqlarga shivirlarman boz:
faqat, faqat kenglik istayman.
Koʻlankalar qochur yonimdan,
moviylikka tutqunman asli,
va vujudim shaffof, zangori
havo bilan toʻliq muttasil.
Yoʻl yurarman kuylab osuda,
yorishadi tobora ichim —
cheksizliklar yoyilmasida
oʻz-oʻzimga yetmaydi kuchim.
Yomonlik yoʻq dunyoda butkul,
oʻzligingni anglasang avval,
har odamning koʻksini koʻrsang
qalb yoqutday yonadi yal-yal.
KOʻZLAR
Bu dunyoga kelib koʻrmadim
qiz koʻzidan ortiq sehrni —
uzr soʻrar goʻzalligidan
tiniq koʻzlar kulib mehrli.
Shunday koʻzki — goʻyo koʻzguday,
qorachiqqa ilkis tik qarab
suvratingni tomosha ham qil,
gar istasang sochingni tara...
Kimligingni aytib beradi
qorachiqlar — sokin ifoda.
Ishonasan,
chunki koʻzlardan
tiniq narsa yoʻqdir dunyoda.
TOSH
Oqib ketgisi keladi toshning
baliqlarga qoʻshilib
yengil,
uzoq-uzoqlarga oqib ketgisi.
Daryo
qah-qah otar
moviy rang bilan
harsang toshlar tevaragida.
TINCHLIK
Dubulgʻani
gultuvak deb oʻyladi
nish otayotgan urugʻ.
Oppoq orzulari ila
koʻmilgan jangchining
qirmizi qonin emib koʻkardi gullar.
Endi oʻsha gullar
va moviy osmon oraligʻida
sukunatdan boshqa hech narsa yoʻqdir.
KUMUSHRANG GUL
Kumushrang, momiq gul tushimga kirdi,
alvon ufqdan sirgʻalib tushdi,
alvon ufqda yoʻq edi tuman.
Eng mayda giyohgacha
aks etdi tushimda.
Tonggacha yashadi momiq gul...
oh, eslab qololmadim gulning hidini.
✍Bahrom Roʻzimuhammad

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#onlayn_vebinar
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tizimdagi Ijod maktablarning pedagog xodimlari uchun onlayn vebinar o‘tkaziladi.
Mazkur vebinar pedagog xodimlarga ta’limda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, o‘quvchi psixologiyasi va darsda ijobiy muhit yaratish, ularning pedagogik mahoratini oshirish hamda loyihaga asoslangan ta’limni tashkil etish bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatish va kasbiy rivojlanishga qaratildi.
Ma’lumot uchun, onlayn vebinar joriy yilning 8-9-10-yanvar kunlari bo‘lib o‘tdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Botirova Goʻzal 2008-yil 26-noyabr kuni Xorazm viloyati Gurlan tumanida tavallud topgan. Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf oʻquvchisi.
➖2021-yil "Besh-tashabbus besh imkoniyat" tanlovi "Yumshoq oʻyinchoq toʻquvchisi" yoʻnalishida viloyat bosqichi ishtirokchisi;
➖2023-yil "Tong yulduzi" gazetasida, "Mufassal" jurnalida, shuningdek Germaniyaning "Raven Cage" jurnalida bir qancha hikoyalari chop etilgan;
➖2023-yil "Synchronized chaos" saytida hikoyasi e'lon qilingan;
➖2023-yil "Vatan taraqqiyotiga mening hissam" tanlovining Gurlan tuman bosqichida 1-oʻrinni egallagan;
➖2023-yil "Yosh kitobxon" tanlovining tuman bosqichida 2-oʻrinni egallagan;
➖ Maktabda oʻtkazilgan bir qancha tanlovlar gʻolibi.
Bizni ijtimoiy sahifalarimiz
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram

#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#1_kun
#Nasr
Qahramon ona
Bahor edi. Maktabdan uyga kelsam onam hovlimizdagi supada boshini ushlagancha oʻtiribdi. Avvallari onamni hech bunay ahvolda koʻrmagan edim. Qoʻrqib ketdim va beixtiyor "Oyi sizga nima boʻldi" deb yuborganimni oʻzib bilmay qolibman. Oyim sekin boshini koʻtarib, birdan seskanib ketdilar. Bildimki, mening kelganimni ham sezmagan. Oʻsha payt ichkaridan qoʻlida qandaydir hujjatga oʻxshagan qogʻozlar bilan akam chiqib keldi. "Oyijon, iltimos, men harbiy boʻlishim uchun qancha harakat qildim, oʻqidim. Nega qarshilik qilyapsiz? " deb yalina boshladi. Men gap nimadaligini tushungandek boʻldim va etim jimirlab ketdi.
Onam meni va akamni dadam vafotidan soʻng yolgʻiz oʻzi yer-u koʻkka ishonmay oʻzi katta qildi. Otam vafot etganlarida men endigina maktabda harflarni oʻrganayotgan edim. Otam polkovnik boʻlgan. Dadam aytilishi ham qiyin boʻlgan, oʻzi ham jirkanch, xullas men tushunmaydigan allaqanday jinoyatchilarni ushlash paytida ogʻir jarohat olib , kasalxonada men maktabga bormaydigan kun 4 marta kelguncha yotib keyin osmonga uchib ketibdilar. Onam shunday deb aytganlar.
Mana akam ham harbiy bilim yurtini tamomladi. Endi chegara qoʻshinga ishga ketmoqchi ekan. Onam esa yolgʻiz oʻgʻlim yonimda bo'lsin deb jon kuydirar edi.
Vaqt ham shamoldek uchib oʻtib ketdi. Mana oradan 1 yil oʻtdi. Akam harbiy qoʻshinda chegarachi boʻlib xizmat qiladi. Har kuni oyim bilan xabarlashib ularning duolarini oladilar. Shu qoʻngʻiroqlar bilan onam ovunib yurardilar.
Kuz payti edi. Hovliga chiqsam onam yana gʻamgin holda oʻtiribdi. Men buning sababini bilardim. Yaʼni akamdan mana 4 kundirki xat-xabar yoʻq.
- Oyi qoʻying, balki ishlari koʻpayib ketgandir - dedim ovutmoqchi boʻlib.
Oyim indamadi. Aslida bunday hollarda onamdan javob emas, balki uning bu gapni eshitgani katta gap edi. Shu tariqa kunlar oʻtaverdi. Hafta, oy oʻtdi. Onamning xavotiri meni ham tashvishga sola boshladi. Oxiri onamni bu xavotir yiqitdi, yotib qoldi. Onamning kechalari uxlamasdan yigʻlab chiqishlarini bilardim. Bechora oyimning ahvolini koʻrib yurak-bagʻrim ezilardi.
Bir kuni eshik taqillab qoldi. Onam
- Eshikka oʻzim qarayman, sen ishingni qilaver - dedi-da, sekingina oʻrnidan turdi. Zoʻrgʻa eshik oldiga borib eshikni ochdi. Darvoza oldida mahallamizning "rais buva"si (mahalladagi hamma uni rais buva derdi) qoʻlida xat bilan turardi. Xatni onamga tutqazdi. Onam xatni ochib u yogʻini koʻrdi, bu yogʻini koʻrdi, keyin rais buvaga horgʻin koʻz tashladi:
-Buni oʻzing oʻqib beraqol. Menda buni oʻqishga na savod bor, na koʻz nurim yetadi. Rais buva xatni allanimalar deb oʻqib berdi. Lekin xatni eshita olmadim. Rais buva ketgach onam uyga kirdi. Shunda oyimning yuziga qarab na quvonchini, na qaygʻusini anglab boʻlardi, faqat yigʻlardi.
- Oyi tinchlikmi -deb qoʻlidagi xatni olmoqchi bo'ldim. Onam esa xatga tikilgancha jim o'tirib qoldi. Oradan bir soatlarcha vaqt o'tdi. Oyim birdaniga shaxdam qadamlar tashlab oshxonaga kirib ketdi. Men oʻzimcha " Tovba, onam tuzalib qolibdimi" deb hayron qoldim. Sekin orqasidan borib moʻralasam bir nimalar pishirishning harakatiga tushgan. Yugurib borib xatni oldim. Xatda shunday soʻzlar bor edi:
Assalomu alaykum ona.
Avvalo sizga shuni maʼlum qilamizki, Oʻgʻlingiz oʻzining vatanparvarligi , mardligi bilan vatanimizni, sizni , tinchligimizni saqlab qoldi. Vatanga Amir Temur, Manguberdidek mard oʻgʻlon tarbiyalab bergan sizdek ona oldida bosh egamiz. Oʻgʻlingiz sog-omon, tez kunlarda oldiningizga boradi. Rahmat sizga qahramon ona!!!
✍ Botirova Goʻzal,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinf oʻquvchisi

Oʻrazmetova Gulsevar 2007-yil 29-may kuni Xorazm viloyati Gurlan tumanida tavallud topgan. Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o‘quvchisi.
➖2022-yil "Mahmud az-Zamaxshariy" nashriyoti tomonidan nashr qilingan "Bahor mushoirasi" nomli kitobda she'rlari chiqqan;
➖"Ogahiy izdoshlari" hamda "Ijod bogʻidan guldasta" kitoblarida she'rlari chiqqan.
Bizni ijtimoiy sahifalarimiz
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
➖2022-yil "Mahmud az-Zamaxshariy" nashriyoti tomonidan nashr qilingan "Bahor mushoirasi" nomli kitobda she'rlari chiqqan;
➖"Ogahiy izdoshlari" hamda "Ijod bogʻidan guldasta" kitoblarida she'rlari chiqqan.
Bizni ijtimoiy sahifalarimiz
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#1_kun
#Nazm
Shunday insonlar bor...
Hayot deb atalmish qora qozonda
Yonib-kuyib oxir pishganlari bor.
Oʻzligin oʻzagin anglolmay yurgan,
Oʻzganing qoʻliga boʻlar ekan zor.
Shunday insonlar bor, yiqilsa nogoh,
Suyanib qolguvchi najot izlaydur.
Qayga borsa, oʻzin manfaatin oʻylab,
Falak yuzin koʻzlab, qanot izlaydur.
Shunday insonlar bor, yolgʻonni rost deb,
Kumushni oltinga qilar mushtarak.
Yolgʻon va'dalarin berar-u, ammo
Tosh suvga otilgandek ketar bedarak.
Shunday insonlar bor, doʻstingman deydi.
Foydang tegib tursa, qoʻling siqar u.
Gar yillarni yamlab kelsa bitta gʻam,
Qalbingni parchalab, joning siqar u.
Shunday insonlar bor, gʻiybatchi, makkor,
Oʻzganing aybini dunyoga yoyar.
Bilmaski, bu ishi hech qilmaydi kor,
Soʻng Jannat kalitin qoʻldan boy berar.
Yigʻlama nomardning mish-mishini deb,
Ogʻrinma hayotning yoz-u qishi deb,
Dunyoning boʻgʻuvchi tashvishini deb.
Oxir jon qiynalar oʻz qilmishin deb.
✍️: O‘razmetova Gulsevar,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o‘quvchisi

#Tanlovga
#14_yanvar
Mening armiyam-mening faxrim
7-ISHTIROKCHI
🌠: Matyoqubova Laylo,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o‘quvchisi

8-ISHTIROKCHI
🌠: Kuziboyeva Shohruza,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi

#Xalq_ogʻzaki_ijodi
#Jarayon
🔲 Joriy yilning 10-yanvar sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida tarbiyachi-pedagoglar tomonidan 3-choraklik oldidan o‘quvchilarning kitobxonligini oshirishga qaratilgan "Xalq og‘zaki ijodi" bo‘yicha muhokama soati o‘tkazildi.
🔹 Bosh tarbiyachi Maqsuda Bobojonova xalq og‘zaki ijodi durdonalaridan muhokama qilinadigan dostonlar ro‘yxatini e'lon qildi.
🔸 Shundan so‘ng tarbiyachi-pedagoglar Alpomish, Rustamxon, Kuntug‘mish, Xoldorxon dostonlarini tahlil qildilar.
🔻Maktab direktori Sarvar Abdullayev va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Boburjon Sadullayev dostonlar tahlili va o'tkazilgan o'zgacha hamda farahli kitobxonlik tadbiri bo‘yicha o‘zlarining ijobiy firklarini bildirib o‘tdilar.