Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.4K photos
2.43K videos
311 files
7.57K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Tarbiyachilar_faoliyatidan

Joriy yilning 5-yanvar sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida tarbiyachi-pedagoglar tomonidan tarbiyaviy asarlar asoschisi Sa'diy Sheroziyning "Guliston" va "Bo‘ston" asarlari mutolaasi bo‘yicha "Bir asar tahlili" muhokama soati o‘tkazildi


🔹Bosh tarbiyachi Maqsuda Bobojonova asar yuzasidan taqdimot qildi va davrani boshqarib bordi.Asar muhokamasida barcha tarbiyachilar o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar.Asarning 7-bobi tarbiya bo‘yicha tayyor qo‘llanma ekanligi e'tirof etildi.

🔸Muhokama yakunida Ogahiyshunos olima, filologiya fanlari nomzodi Madina Matyoqubova ushbu asarning tub mohiyati, ramziy ma'nodagi aks ettirilgan jihatlari haqida so‘z yuritdi.Maktab direktori Sarvar Abdullayev, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Boburjon Sadullayev va psixolog Maqsuda Atajanovalar muhokama soati jonli, foydali bo'lganligi, asarning ayniqsa, tarbiyaga uzviy bog‘liqlini ta'kidladilar


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
#Tarbiyachilar_faoliyatidan

Joriy yilning 5-yanvar sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida tarbiyachi-pedagoglar ishtirokidagi jamoat arbobi Sa'diy Sheroziyning "Guliston" va "Bo‘ston"  asarlari mutolaasi bo‘yicha "Bir asar tahlili" muhokama soati
jarayonidan foto lavhalar.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
#Tarbiyachilar_faoliyatidan

Joriy yilning 5-yanvar sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida tarbiyachi-pedagoglar ishtirokidagi jamoat arbobi Sa'diy Sheroziyning "Guliston" va "Bo‘ston"  asarlari mutolaasi bo‘yicha "Bir asar tahlili" muhokama soati jarayonidan foto lavhalar
.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Õzbekiston_tarixi
#7_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

Navbatdagi videodars "IV-VII asrlarda Xorazm" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda Ilk o‘rta asrlarda Xorazmdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar aks ettiriladi.

Davomi bor...
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#3_kun
#Nazm

Yurak amri

Jimgina boqaman nigohlaringga,
Ko'zingda ko'raman mayus ko'zimni.
Kiraman sezdirmay hayollaringga,
Baxtiyor sezaman shunda o'zimni.

So'ng mahzun boqaman suratingga jim,
Ko'ksimda boshlanar unsiz g'alayon.
Nahotki tug'yonim sezmaydi hech kim,
Nahotki qalbimni yem qilar hijron?!

Jimgina boqaman, ruhimda titroq,
Sen ham o'rtanasan dardimni bilib.
Sog'inib olovda yonasan biroq,
Shunchaki qo'yasan tabassum qilib.

Istagim - ketmagin hayollarimdan,
Qo‘ygin borligingni menga bildirib.
Yo olisdan turib erkala zimdan,
Manguga qol meni baxtga to'ldirib.

: Ro‘zimatova Mohinur,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchisi


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌