Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
29.1K photos
2.42K videos
310 files
7.49K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Uzluksiz_kasbiy_rivojlanish
#Trening

🔰NILE mutaxassisi tomonidan Toshkent shahrida 13-14-dekabr kunlari bo’lib o’tgan treningda o’rganilgan metodikalar bo’yicha 5-yanvar kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabi ona tili va adabiyot, kimyo, tarix, jismoniy tarbiya fanlari ustozlariga uzluksiz rivojlanish CPD bo’yicha trening tashkil qilindi.


♻️Trening “That’s me” va “Ask the expert “ metodikalari bilan tanishtirish bilan boshlandi va tomosha qilingan videorolik muhokamasi savol-javob va debat shaklida davom etdi. Debat jarayonida asosan xorij ta’limi yutuq va muammolari, o’quvchilarni chet elda o’qishi va ustozlarni o’z ustida ishlashi haqida kechdi. Trening yakunida ustozlar III (uchta i), BBB metodlari yordamida olgan bilimlarini mustahkamladilar.

💫Trening maktab direktori S.Abdullayev tashabbusi bilan tashkil etilib, "Maktab chempioni" loyihasi ishtirokchisi, ingliz tili fani o’qituvchisi A.Xajaniyazova tomonidan o'tkazildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
#Tarbiyachilar_faoliyatidan

Joriy yilning 5-yanvar sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida tarbiyachi-pedagoglar tomonidan tarbiyaviy asarlar asoschisi Sa'diy Sheroziyning "Guliston" va "Bo‘ston" asarlari mutolaasi bo‘yicha "Bir asar tahlili" muhokama soati o‘tkazildi


🔹Bosh tarbiyachi Maqsuda Bobojonova asar yuzasidan taqdimot qildi va davrani boshqarib bordi.Asar muhokamasida barcha tarbiyachilar o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar.Asarning 7-bobi tarbiya bo‘yicha tayyor qo‘llanma ekanligi e'tirof etildi.

🔸Muhokama yakunida Ogahiyshunos olima, filologiya fanlari nomzodi Madina Matyoqubova ushbu asarning tub mohiyati, ramziy ma'nodagi aks ettirilgan jihatlari haqida so‘z yuritdi.Maktab direktori Sarvar Abdullayev, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Boburjon Sadullayev va psixolog Maqsuda Atajanovalar muhokama soati jonli, foydali bo'lganligi, asarning ayniqsa, tarbiyaga uzviy bog‘liqlini ta'kidladilar


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
#Tarbiyachilar_faoliyatidan

Joriy yilning 5-yanvar sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida tarbiyachi-pedagoglar ishtirokidagi jamoat arbobi Sa'diy Sheroziyning "Guliston" va "Bo‘ston"  asarlari mutolaasi bo‘yicha "Bir asar tahlili" muhokama soati
jarayonidan foto lavhalar.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉
Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌