Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.54K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Diqqat_tanlov
#14_yanvar

❄️ Qishki ta'til paytida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida Ogahiy nomidagi ijod maktabi tomonidan o'tkazilayotgan 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan  "Mening armiyam-mening faxrim" mavzusidagi rasmlar tanlovi bo‘lib o‘tadi.

Ishtirokchining chizgan rasmi mavzu doirasida ya'ni Vatan himoyachilari asosiy qismdan joy egallashi lozim.
Qatnashish istagida bo‘lgan ishtirokchilar ijodiy ishlarini
@XorunMuso manziliga yuboring
❗️Baholashda ishtirokchining noodatiy, o‘zgacha topilma, chizgan rasmlarida mavzu doirasida ekanligi inobatga olinadi.


Tanlovga ijodiy ishlar joriy yilning 10-yanvar sanasigacha qabul qilinadi.Tanlovda Ogahiy ijod maktabi o‘quvchilari qatnashishi mumkin.
Tanlovda eng munosib deb topilgan ijodiy ishlar, hakamlar hay'ati tomonidan baholanib
1. Eng yaxshi rasm (1,2,3-o’rin) gʼoliblar maktab ma'muriyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Õzbekiston_tarixi
#6_dars

📣 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklar tayyorlanayotganidan xabaringiz bor.

Navbatdagi videodars "IV-VII asrlarda mamlakatimiz xalqlarining turmush tarzi" mavzusiga bagʻishlanadi.

❗️Mazkur animatsion roliklar 2D formatida tayyorlangan va unda Ilk o‘rta asrlarda o‘lkamizda yashagan xalqlarning ijtimoiy va iqtisodiy hayoti aks ettiriladi.

Davomi bor...
Nurmamatova Oygul 2009-yil 24-yanvar kuni Xorazm viloyati Xonqa tumanida tavallud topgan. Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B" sinf o‘quvchisi.

2022-yil uning "Armug'on" nomli she'riy to'plami nashrdan chiqqan.
2022-yil "Gulg'unchalar" nomli jurnalda, "Ezgulik" respublika gazetasida, "Tong yulduzi", "O'zbekiston adabiyoti va san'ati" gazetalarida hikoya va drabllari chop qilingan.
2023-yil "Hayot kitobi" nomli hikoyalar to'plami nashrdan chiqqan.
2023-yil "Muvaffaqiyat darvozasida" nomli hikoyalar to'plami nashrdan chiqqan. Hikoyalari chet tillariga tarjima qilinib Amerika, Angliya, Turkiya, Qozog'iston davlatlarining jurnallarida chiqqan.
2023-yil "Vatan taraqqiyotiga mening hissam" tanlovining viloyat bosqichida 3-o'rinni egallagan.
2023-yil Yoshlar ishlari agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan "Kamalak yulduzlari" bolalar ijodiy festivali tanlovining viloyat bosqichida "Nasr" yo‘nalishida 1-o‘rinni egallagan.


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
Ogahiy ijod maktabi
Photo
#7_ta_iqtidor
#2_mavsum
#1_kun
#Nasr

Jannatdan maktub

     Charx uyalibgina togʻlar ortidan bosh chiqarar ekan uning iliq nurlari oppoq bulutlarga tushib toʻqpushti rangli ufq hosil qildi. Bu goʻzal ufq oʻzining jilokorligi bilan falakning nozik boʻyniga yarashgan tumor boʻlib turardi. Undagi bulutlar esa xuddi yosh qizning yuziga surtilgan momiq upa kabi edi. Ammo upalar orasida faqat oq emas, balki, qoralari ham bor. Yaʼni ular osmonni qora qoshining oʻsmasiday edi. Shunday rangdor boʻlib turardi.
  Mana bugun xoʻrozning qichqirigʻidan oldin Shirin erta tongni qarshiladi. Qishloqning chekka joyida joylashgan hovlida yashardi u. Tagʻin bu uyda yangi birinchi kunlari hali. Uch kunlik oydek kelin. U 4 yil deganda shaharda oʻqishdan qaytdi. Bir oy oʻtar-oʻtmas "Oila" nomli darvozaning ilk eshiklaridan oʻtdi. Hozir esa hovlilarni supurmoqchi shekilli sariq rangli, zarlar bilan bezalgan kiyimlarini kiyib, bir qoʻliga supurgi, bir qoʻliga chelak koʻtarib tashqariga chiqdi. Sal salqin havo qaynoq, yaqinda uyqudan chiqqan tanini junjiktirib yubordi. Lekin tezda hovlidan oqib oʻtayotgan shildir suvli ariqdan chelagini toʻldirib olarkan yarim bilagi suvga botdi. Shu payt darvoza eshigi "taq-taq" qilib qoʻydi. Labida begʻubor tabassumi ila unga boqarkan, qisqa qadamlar ila eshik oldiga bordi. Eshikni ochishdan avval boshidagi quyoshdek yorqin doʻppisini toʻgʻirlab oʻng qoʻlini koʻksiga qoʻydi, keyin esa uni temir qulfiga asta iligini olib borib uni ochdi. Eshikni ortida hech zot yoʻq edi. Soʻng hayron boʻlib tashqari tomon chiqdi. U yon bu yonga qaradi. Shu on avzoyi buzuq osmon yigʻlay boshladi. Qoʻlini boshiga qoʻyib panalarkan ortiga qaytayotib oyogʻi tagida nimadir borligini bildi va oyoq ostiga qaradi. Kalishini tagidagi narsa bir qalin konvert ekaniga amin boʻldi. U ostonaning tagida turar, binafsha marka yopishgan, sariq rangli konvert...
   Uni asta qoʻliga olib hovlisidagi pana bir joyga oʻtdi. Konvertni u yon bu yoniga qarab hayron boʻlarkan uni ochdi. Konvert ichida uch varaq qogʻoz va ularda qandaydir xatlar yozilgʻi turardi. Sekinlik bilan uni oʻqiy boshladi. Xat boshida "Jannatdan maktub" deya yozilgandi. Sirli nigohlarini xatga tikar ekan unda shunday soʻzlar yozilgandi:
                      Xat
           Jannatdan maktub
   Assalomu alaykum mening qalbi ipak tolasi kabi mayin boʻlgan onajonim. Yaxshi yuribsizmi,  ahvolingiz yaxshimi, ismingiz kabi shirin soʻzlar gapirib yuribsizmi?! Yaxshi-yaxshi ovqatlar yeb  qorningizni toʻq tutayapsizmi? Onajonim har kuni, har safar sizga xat yozaman deyman-u xat yuborish navbatim kelmagan edi. Ha "Nega" deysizmi? Bu yerda menga oʻxshagan bolalar koʻp-da ular ham onalarini sogʻingan, xat yozadilar. Xullas, navbat yetmay qoldi.
   Mendan soʻrasangiz shu men yuribman yoki boshidan aytaman, chunki yana qachon yozish navbatim keladi. Mehribonim zeriktirib qoʻymayman degan umiddaman.
    Boshidan boshlasam oʻsha kuni yuragim urmay qolgan edi. Qalbim ila ruhim sira ajralgisi kelmas endi yarala boshlagan, yumshoq boʻgʻzimga achchiq bir narsalar tiqilardi. Bu ogʻriqli boʻldi. Ammo jonsiz tanam oq kiyimli bir ayolni qoʻlida turar ekan, ruhim tanamdan chiqib toʻgʻri osmonga uchdi. Oʻshanda oppoq bulutlari bor, sariq rangli nurlar yogʻilib turadigan, barcha oq rangli kiyimlarda yuradigan joyga keldim.
Bu joydagi odamlarning bari baxtli edi. Mana ancha paytdan buyon sizni sogʻinaman, sizni iliq bagʻringizga bosh qoʻygim, siz bilan birga vaqt oʻtkazgim, "Onajon" deb bor kuchim ila dunyolarga jar solgim keladi. Bu qanday ogʻir, lekin shunda ham sizni olis-olisdan kuzatib turaman. Oʻzi bu xatni yozishimdan asl maqsad sizga bir muhim gapni aytishimdir. Yaqinda xabarchi farishtalar sizni "Olovli joyga keladi" deb aytishdi. U biz yashaydigan joydagi uzun koʻprikning qoq ostida joylashgan.
Oʻsha joy juda qoʻrqinchli u yerda bahaybat ilonlar, olovli joylar bor, insonlar jazolanadi, biroq oʻsha yerga yomon insonlar tushadi.
Afsus, lekin siz juda yaxshi insonsiz, mening oq farishtamsiz, shuning uchun men sizni oʻzimni oldimga kelishingizni u hayotda  uchrashmasak ham bu hayotda hamisha bagʻrimda boʻlishingizni xohlayman.
Hali ko'rasiz men tinmay duolar qilaman. Allohimning karami keng undan so'rayman, yalinib -yolvoraman siz xavotir olmang!
Sizni yaxshi ko'ruvchi qizingizdan!
Shirin uyg'onib ketdi, bu tush - hayot edi.

: Oygul Nurmamatova Ogahiy ijod maktabining 8- "B" sinf o'quvchisi.

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
Ogahiy ijod maktabi
Video
Live

Ayni daqiqalarda Ogahiy nomidagi ijod maktabida oliy toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi, f.f.n Madina Matyoqubovaning "Dars jarayonida yangi metodikalarni qo'llash" mavzusidagi trening mashg'uloti bo'lib o'tmoqda.
#HAMKORLIKDAGI_TADBIR
#JARAYON

O'QUVCHILARNING OT SPORTI KO'NIKMALARI OSHIRILMOQDA

Yoshlarni jismonan va ma'nan yetuk bo‘lib yetishishlari, iqtidorli o‘quvchilarni qo'llab-quvvatlash, sportni yanada ommalashtirish, xususan, sportning "Chavandozlik" turini rivojlantirish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda.


📆 Joriy yilning 4-yanvar kuni Ogahiy ijod maktabi va Xorazm viloyati Milliy gvardiya Qo'riqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda o'tkazilib kelinayotgan sportning chavandozlik bo'yicha navbatdagi mashg'ulotlar bo'lib o'tdi.

🔹 Mashg'ulot avvalida Xorazm viloyati Qo‘riqlash boshqarma boshlig‘i yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, kapitan Nurmatov Ruslan o‘quvchilarga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Maktabning Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha direktor o‘rinbosari T. Kadamov boshchiligida o‘quvchilar o‘z mahoratlarini amaliy jarayonlarda oshirdilar.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Trening_mashğulot

⚡️Avval xabar berganimizdek, yaqinda Agentlik tomonidan tizimdagi ijod maktablarining MMIBDO', psixolog va tarbiyachi-pedagoglarning malakasini yanada oshirish maqsadida Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida amaliy seminar-trening tashkil etilgan edi.

🔸 Ogahiy nomidagi ijod maktabida 4-yanvar kuni ushbu seminarda olingan bilimlarni barcha pedagoglarga targ‘ib qilish maqsadida trening mashg'uloti tashkil qilindi. Unda MMIBDO' B.Sadullayev, psixolog M. Atajonova hamda bosh tarbiyachi M. Bobojonovalar "Bolalar xavfsizligi va farovonligi", "Bolalarda o'ziga ishonchni qo'llab-quvvatlash, mustaqil hayotga tayyorgarlik", "CIS" mavzulari bo‘yicha tushunchalar berdilar. Pedagog-ustozlarning fikrlari keng muhokama qilindi.

🔹Ko'tarinki ruhda o'tgan mashg'ulotda ishtirokchilar o‘rtasida guruhlarga bo‘lingan holda psixologik enerjayzerlar tashkil etildi.

🔻Trening yakunida maktabi direktori S. Abdullayev tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirdi.


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌