Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.54K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_VA_BIZ

🌟Muhammad Rizo Erniyozbek o'g'li Ogahiy tavalludining 214 yilligiga bag'ishlanadi.

🔵Taniqli jurnalist Hamza Eshchonov tomonidan tayyorlangan
"ADABIY MUHIT" ko'rsatuvi Xorazm televideniyasida
16-dekabrda va takroran 17-dekabr
kunlari efirga berildi.

Ko'rsatuv to'laligicha Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi pedagoglari va o'quvchilari chiqishlari asosida tayyorlangan.

Marhamat, "ADABIY MUHIT" ko'rsatuvini siz ham tomosha qiling.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Qish_ilhomlari
#Bizning_yangi_ijod

Vatanim

Yurtim bu kuning kechangdan goʻzal,
Nomingni ulugʻlab bitayin gʻazal.
Bir hovuch tuprogʻing oltindan afzal,
Gulla, yashna doyim erkin diyorim,
Vatanimsan, qalbdagi iftixorim.

Bobur orzusida yashagan diyor,
Sogʻinchi koʻksini tilganda ming bor.
Mehr-muhabbatla bitgandi ash’or,
Shundayin beqiyos mehri ummonim,
Vatanimsan, qalbdagi iftixorim.

Yurtim seni tarixing azaldan ulugʻ,
Senga deb bitilgan asarlar buyuk.
Yana yuksalaver shoningdir qutlugʻ,
Yagonasan oʻzing Oʻzbekistonim,
Vatanimsan, qalbdagi iftixorim.

Navoiy bobomlar tugʻilgan zamin,
Dunyolar tan olgan, erursan faxrim,
Aslida yoʻqdir hech kimdan kamim,
Shundayin beqiyos ulugʻ maskanim,
Vatanim fido boʻlsin senga jon tanim.


Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf oʻquvchisi Zaribboyeva Jasmina

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#Qish_ilhomlari
#Bizning_yangi_ijod

Mening yurtim

Jannatmakon yurtim bu-
Onam kabi mehribon.
Bag'rida yayrab yashnab,
Ulg'ayaman shod-xandon.

Qadimiy va navqiron,
Beqiyos chiroy ochgan.
Mening jonajon Xivam,
Olamga ziyo sochgan.

Quyoshning zarrin nuri
Yoritganda olamni.
Yanada ko'rkam qilar,
Ichon-Deshon qal'amni
.

Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o'quvchisi Davlatova Muxlisa

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
#Qish_ilhomlari
#Bizning_yangi_ijod

Onamga

Uxlamasam tunlari,
Tebratdingiz beshigim.
Bitta allangiz bilan,
Ochdingiz qalb eshigim.

Ko'nglingizga o'xshagan,
Oppoq sutlar berdingiz.
Halol yashagin deya,
Poklikka o‘rgatdingiz.

Onajonim, deymanki,
Boringizga ming rahmat!
Xizmatingiz qilarman,
Poyingizdadir jannat.



Otajonimga

Mehringizni bizga berdingiz,
Biz uchun yugurib yeldingiz,
Borini muhayyo qildingiz,
Rahmat sizga Otajonim!

Oilam deb tinmadingiz,
"Shirin qizim" deb erkaladingiz.
Menga omad tiladingiz,
Rahmat sizga Otajonim!

Orom nima, bilmadingiz,
Oʻgʻlim yoʻq ham demadingiz,
Oqlagaymiz xizmatingiz,
Rahmat sizga Otajonim!


Ogahiy nomidagi ijod maktabining 7-"B" sinf o'quvchisi Qadamova Nozima

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
#Qish_ilhomlari
#Bizning_yangi_ijod

Bas qilingiz!
Boshqa gapga yo'qdir hojat.
Bormu ayting, ma'niliroq bir so'zingiz?!
Yurak jim der, ammo aqlim qilmas toqat,
Hayolimni ovlolmadi ko'zlaringiz.
Ne-ne oshiq qalblariga jon baxsh etgan
Sochlaringiz orasida sehr bordir.
Tushundimki, hadya qilgan muhabbatni
Qaytarishga faqatgina VATAN qodir!



SHOIR AHVOLOTI

Tasvirini tavfsiflasam,
Tamannolar,
Tavallolar to'lib toshdi tavallolar.
Tasodifni tasdiq qilib TANGRI TAOLO
Toshqalblarga tikon tuhfa.
Tasallolar...
Tashbeh tilga tikilmadi, tog'dek to'siq,
Tez tun tomon tig'larini tikiltirdi.
Tanosublar ters tovladi tig'larini,
Tonglar to'sdi turbatlarni
Tasannolar...

Baxtiyorov Jahongir, Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o‘quvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#Qish_ilhomlari
#Bizning_yangi_ijod

Masih uyi

Uning so‘ngi jumlalaridan onasining qoshi chimirildi. Buvisi pastki labini tishlagancha ko‘ziga yosh oldi. Endi bu holatga beparvolarcha choy ichayotgan otasi nuqta qo‘yib berishini bilardi. Yengil titrayotgan qo‘lini mahkam siqqan qiz o‘z holatini bildirmaslikka tirishdi. Ota hadeganda choyini tugatmas, bir piyola choy qaynar xumdek tuyula boshladi.
- Sen qiz esingni yebsan. Tarvuz kesilmagan bo‘lsa ham, hidlanishi mumkin. Sening ham qo‘lingda diploming bo‘lgani bilan miyang aynib qolibdi, - toqati-toq bo‘lgan onasi bor zahrini socha boshladi.
- Men bunda ayb ish ko‘rmadim, - onasining vajohati qizni biroz dadillantirdi.
- Bolam, jonim bolam. Bu ishing noto‘g‘ri. Mumkinmas! Bizning chin e’tiqodimiz bor, - buvisi yalingannamo ovozda ro‘molining uzun uchi bilan mijjasidagi yoshlarni artdi.
- Bu ishim bilan e’tiqodim yo‘qolib qolmaydi-ku, buvi! Axir, bu shunchaki ish. Qolaversa, inson bo‘lish uchun insoniylikni saqlash muhim.
Tortishuvlarga qaramasdan qiz o‘zi uchun, onasi va buvisi o‘zi uchun haqligicha qolaverdi. Otasi barchasini hal qilishiga ishongan qiz jim bo‘lishni ma’qul ko‘rdi. U biladiki, otasi uni doimo qo‘llab-quvvatlaydi va natija ham kutganidek bo‘ldi. Otasi qat’iy ohangda oxirgi qarorni aytdi:
- Qizim, o‘zing to‘g‘ri deb bilgan ishni qil. Biroq kimligingni unutma. Oqibatiga o‘zing javob berasan.
Onasi va buvisining tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi. Buvisi piqillab yig‘lagancha xonasiga kirib ketdi. Onasi yuzini ters burib, nimalardir deya g‘o‘dranish bilan kifoyalandi. Qiz baxtiyorligidan bularning barchasiga parvo qilmadi. Yangi cherkov qurilish loyihasini yutib olgan arxitektor qiz uchun hozir bularning ahamiyati yo‘q. U shunchaki, chizmani taqdim qiladi. Qurilishni nazorat qiladi. U qizning eng muhtasham ishlaridan biri bo‘lishi kerak. Tashqi ko‘rinishdan tortib, ichki bezaklarigacha ishlab chiqqan. Mana shu mashaqqatli mehnat unga g‘oliblik nashidasini olib keldi. Muhimi, u g‘olib bo‘ldi. Shu voqea bo‘ldi-yu, onasi va buvisi u bilan gaplashmay qo‘ydi. Kechqurun ovqatlanishga o‘tirganda buvisi dasturxonda u bilan birga o‘tirishni istamadi. Qizni og‘ir yuk bosa boshladi. Qurilishda ishlatilayotgan har bitta g‘isht kundan kun uning ruhiga qo‘yilayotgandek bezovtalana boshladi. Uyda g‘alati sukunat kezardi. Qizning qalbini qamrab olgan quvonch asta-sekinlik bilan o‘z o‘rnini g‘am, ikkilanish, hadik va aybdorlikka bo‘shatib bera boshladi. Bu loyiha uchun qancha harakat qilganini eslasa, o‘zidan faxrlanar, barcha tashvishlaridan forig‘ bo‘lardi. Cherkov qurilishi yakunlangani sari qizni tushuniksiz hislar egallay boshladi. Har kungidek mashinada ishga ketar ekan haydovchining kundalik turmushdan nolinib aytayotganlari qulog‘iga kirmasdi.
- Shu desangiz singlim, yo‘lovchilar nuqul biz bilan tortishadi. Yo‘l kiraning qimmatligidan nolishadi. Endi biz ham ro‘zg‘or deb yuribmiz. Bu yoqda jarimalar kundan kun oshib boryapti. Bizning ish g‘alati. Kafanligimizni o‘zimiz bilan birga olib yuramiz. Yo‘lda ne bo‘lishini bir Yaratgan biladi. Mana qarang-da, bir tovuq tuxum tug‘adi, qolgan ikki-uchtasi uning yoniga kelib yotadi. Bir tuxumga shuncha ega topiladi. Tug‘gan tovuq turib ketishi bilan chaqqonroq tovuq tuxumni egallaydi. Lekin tuxum unga ham nasib qilmaydi. Odam olib ketadi. Bizning ish ham xuddi shunaqa. Kuni bilan yig‘ib-teramiz, yo‘lovchilarning dag‘dag‘asi-yu nozini ko‘taramiz, keyin ehtiyotsizlik qilib, bir xato qilamiz. Natijada, topganimiz qulog‘ini ushlab, jarimaga ketadi.
Qiz g‘ovlab ketayotgan boshini ko‘targancha haydovchiga qarab qoldi. Kafanlik haqidagi gapidan boshqa hech qaysisini eshitmagandi. Haydovchi esa tirbandlikda turaverib zerikkanidan yana davom etdi.
- Haydovchilar o‘tgan kun yoqa yirtishishdi. Birining “liniya”sidan boshqasi yuribdimish. Har kim rizqini teradi. Urishishga balo bormi?! Odam qorni
to‘ygandan so‘ng urush boshlaydi. Yarim och odamning urishishga vaqti ham, sabri ham yetmaydi.
Jig‘ibiyron bo‘lgan qiz tezroq mashinadan tushgisi kelib qoldi. Kira haqini berdi-yu, yayov keta boshladi. Kuzning ilk nishonalari barglar oralagan, tillorang yaproqlar yengil shamol bilan qo‘l tashlashayotgandek shitirlardi. Kuz ham qizdan ranjigandek horg‘in nafas olardi. Og‘ir ruhiy yukni ko‘tarib ketayotgan qiz cherkovga kirishi bilanoq dong qotdi. Eshik ro‘parasida xochga tortilgan Masih boshini yon tomonga xiyol eggancha qizni qarshi oldi. Kaftlarga qoqilgan mixdan alvon qon sizib chiqayotgandek, oyoqlari, tanasi og‘riqlar zarbidan qaqshayotgan Masih jim turardi. U o‘z uyida hali ham azoblangan ko‘yi katta xochga tortilgandi. Yelkasiga tushgan sochlar, bir nuqtaga tikilgan nigohlardan dahshatmi yo hayratga o‘xshash allaqanday hislar akslanardi. Masih nigohi go‘yoki “sen o‘sha o‘n uchinchi havoriysan”, - deya ta’na qilayotgandek tuyuldi. Qiz negadir bir qadam ortga qaytdi. Yana bir qur onasining qahrli nigohi, buvisi mijjasidagi yoshlarni ro‘mol uchiga artayotgani xayolida qayta jonlanib, yelkasini bosayotgan og‘ir yuk ko‘ksiga ko‘chdi. Keskin o‘girildi-yu, uyi tomon shoshildi.
Qiz xalloslagancha uyiga kirib kelarkan, to‘g‘ri buvisining xobgohiga kirdi. Eski kichik temir sandiqdagi buyumlarni titayotgan buvisining kapalagi uchib ketdi. Bor gina-qudratni unutgancha nabirasiga entikdi.
- Voy, nima bo‘ldi jon bolam? Nega yuzing dokadek oppoq? Biror kor-hol bo‘ldimi?
- Buvijon, meni kechiring… - qiz o‘kirib yig‘lab yubordi. Necha oylardan beri vijdoni va qalbini bosib yotgan tosh maydalana boshladi.
- Kel, jonim qizim. Yig‘lama. Xatoyingni tushunib yetgan bo‘lsang bo‘ldi. Seni Yaratgan kechirsin. Buvisi qizni ovutgancha boshini, jiqqa ho‘l bo‘lgan yuzini silardi.
– Qizim, kelaqol. Buvangdan qolgan sandiqni titib o‘tirgandim. Yodgorliklar bular, bolam.
Oppoq, hoshiyasiga mayda pushti gullar to‘qilgan dastro‘molchaga o‘rog‘liq ikki eski varaqni olgan buvisi uni ochishdan oldin lablari sekin pichirlab duo o‘qidi, ko‘zlariga surtdi, beozorgina o‘pdi.
- Qizim, bunda muqaddas oyatlar keltirilgan. Bobong shuni hech yonidan qo‘ymasdi. Har doim uzun oydin kechalarda soatlab o‘qib o‘tirar, goh miyig‘ida tabassum qilar, goh g‘oyibona ko‘zlariga yosh olardi. Bir safar qiziqib nimaligini so‘raganimda uzoq o‘ylab turib, muqaddas bitikligini aytgandi. O‘zim o‘qiy desam, bilasan, savodim yo‘q. Bizning davrlarda oddiy qo‘ychining qizi savodi chiqishi go‘ng orasidan tilla topgandek gap edi. Ola qol, sen bu tilni o‘rganganding-ku. Ishimga kerak bo‘ladi, deb yurganding. Hozir shuni o‘qi, g‘uborlaring tarqaydi. Menga ham tarjima qilib, sharhlab berasan.
Qiz turli mamlakatlar me’morchiligiga qattiq qiziqqanidan ikki-uch tilni o‘rta darajada o‘rganganini esladi. Varaqlarni olib, “Zora yengil tortsam”,- deya o‘qiy boshladi. Eski o‘zbek alifbosida yozilgan bitikni ovoz chiqarib o‘qiy boshladi. “Tangri taoloning rahmati ila otgan kunga shukrlar bo‘lsinkim, yana bugun nafas olmoqdamiz. Kecha…”, -deya qiz jim bo‘lib qoldi. Matnni hijjalab ichidan qayta-qayta o‘qiy boshladi.
- O‘qi, qizim. Ovoz chiqarib o‘qi. Shoyad ruhimiz ravshanlashsa.
“Kecha sizning hajringizda o‘tgan har onim bir dunyoga teng bo‘ldi. Begim, ruhimiz ruhimizga muhtojligini his qilmoqdaman. Oilangiz o‘zga bir sanamni sizga loyiq deb bilayotgan bo‘lsa-da, qalbim bu o‘lchovga rozi bo‘lmayotir. Qalamsiz shoir, ruhsiz she’rga aylanayotirman. Siz uchun allaqanday bir misralar bitdim, aybga buyurmang.
Muqaddas so‘z yanglig‘ ismingiz,
Tilim aytsa, qalbim dorga tortajak.
Butun hislarim siz birla o‘tgan shodon kunlarga poyondoz bo‘lajak…”
Maktubning bir qismini o‘qib hang-u mang bo‘lgan qiz o‘ziga tikilib turgan sodda ko‘zlarga qarab, nima qilarini bilmay qoldi. Qizni yana og‘ir yuk bosa boshladi.

Tamara Xaitboyeva, Ogahiy nomidagi ijod maktabining tarbiyachi-pedagogi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
#Bizda_shunday_ustozlar_bor
#Xushxabar

🏫 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Ogahiy nomidagi ijod maktabi

⚡️O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan umumta'lim fanini bilish darajasi to'g'risidagi imtihon natijalari e'lon qilindi.

Unga ko'ra, Ogahiy nomidagi ijod maktabining oliy toifali tarix fani o'qituvchisi Ro'ziboyev Anvarbek Shoyimardon o'g'li umumiy 93,7 ballni qayd qildi va ustama imtiyoziga ega SERTIFIKATni qo'lga kiritdi.

💫Ustozni ushbu g'alaba bilan Ogahiy nomidagi ijod maktabi jamoasi hamda o'quvchilari nomidan chin dildan muborakbod etgan holda kelgusi pedagogik faoliyatida omad va zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz!

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Bizda_shunday_ustozlar_bor
#Xushxabar

🏫 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Ogahiy nomidagi ijod maktabi


⚡️O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan umumta'lim fanini bilish darajasi to'g'risidagi imtihon natijalari e'lon qilindi.

Unga ko'ra, Ogahiy nomidagi ijod maktabining oliy toifali tarix fani o'qituvchisi Allamova Nazokat Azadovna umumiy 90,9 ballni qayd qildi va ustama imtiyoziga ega SERTIFIKATni qo'lga kiritdi.

💫Ustozni ushbu g'alaba bilan Ogahiy nomidagi ijod maktabi jamoasi hamda o'quvchilari nomidan chin dildan muborakbod etgan holda kelgusi pedagogik faoliyatida omad va zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz!

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Xushxabar
#Bizning_shunday_òquvchilarimiz_bor
#Tarix

🔰O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi bilim va malakani baholash agentligi tomonidan yaqinda o'tkazilgan imtihon natijalari e'lon qilinib, unga ko'ra Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"A" sinf o'quvchisi Bahodirova Mushtariybonu tarix fanidan muvaffaqiyatli ko'rsatgichni qayd qildi va navbatdagi SERTIFIKAT egasiga aylandi.

Faxr bilan aytish joizki, Mushtariybonu shu kungacha Bilim va malakani baholash agentligi imtihonlarining ona tili va adabiyot fanidan hamda ingliz tili fanidan xalqaro IELTS SERTIFIKATlarni o'qituvchilarimiiz bergan bilimlari va o'z tirishqoqligi sababli qo'lga kiritgan edi. Bu esa uning uchinchi sertifikati bo'ldi.

👏 O‘quvchimizning bunday yuqori natijaga erishishida jonbozlik ko'rsatgan barcha ustozlarimizga va Mushtariybonuning ota-onasiga minnatdorchilik bildiramiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Choraklik_summativ_baholash_imtihonlari
#3_kun

📍Ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabida


📆 dekabr oyining 22-sanasida 7-11-sinflarga matematika fanidan 2-chorak yakuni bo’yicha nazorat imtihoni bo’lib o’tmoqda. Imtihonlar belgilangan vaqtda boshlandi.

📸 Jarayondan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
Mana kechagi xursandchilligimizga sabab bo'lgan xushxabarning SERTIFIKATlari. 👆👆👆

    QOYILMISIZ?


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌