#Yangi_loyiha
#Raqobat
❇️ Joriy yilning 18-dekabr kuni Ogahiy ijod maktabining "Navnihol" ijodiy to‘garagi rahbari Jumanazar Yo‘ldosh boshchiligida "Raqobat" loyihasining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi.
🔸Bu sonda ham o‘quvchilar o‘zining badiiy ijod namunalari bilan o‘zaro raqobatga kirishishdi. Har bir o‘quvchi o‘z ijod namunasini o‘qib berdi va ishtirokchilar tomonidan ball qo‘yildi. Yig‘ilgan ballar qo‘shilib, ball qo‘ygan ishtirokchilar soniga ajratiladi va natijada ijodkorning umumiy bahosi hosil bo‘ladi.
Loyihaning kuchli raqobat muhitida o‘tgan bu sonida:
🥇-o‘rin – Yarashev Narimon (9.5 ball)
🥈-o‘rin – Bahodirova Komila (9.2 ball)
🥉-o‘rin – Nurmamatova Oygul (9.1 ball) g‘olib bo‘lishdi.
➡️ Loyiha davomida ishtirokchilar ijodiy ishlarining yutuq va kamchiliklari aytildi.
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
🌐 Saralab olingan o‘quvchilar ro‘yxati.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ogahiy_214_yoshda
Madrahim Saparboyev.
Adabiyotshunos, professor
Ogahiyxonlik
Ogahiy borliq haqida
Olam va Odam aloqadorligi, oʻzaro taʼsiri va vobastaligi masalalarini hech bir oqilu fozil chetlab oʻtolmagan. Ogahiy ijodida ham ushbu masalaning oʻziga xos — shoirona talqinini koʻramiz:
Oʻn aql, toʻqquz sipehr, sakiz jannat,
Ham yetti munir axtaru ham olti jihat,
Ham besh his, toʻrt unsur, uch mavlid,
Ham ikki jahon bir sango aylar xizmat[1].
Ushbu ruboiyda olamning tuzilishi va mohiyati, unda insonning oʻrni va roli haqida gap boradi. Ruboiyning ruhiyatidan kelib chiqib, shoir antropotsentrizm (odam markaz boʻlgan olam tuzilishi haqidagi taʼlimot – M.S.) tarafdori ekanligini koʻrish mumkin. Endi ruboiyni tahlil qilib koʻraylik. “Oʻn aql”, “toʻqquz spehr”, “sakiz jannat”, “yetti munir”, “olti jihat”, “besh his”, “toʻrt unsur”, “uch mavlid”, “ikki jahon” tushunchalari ostida shoir nimalarni nazarda tutgan, nimalarga ishora qilmoqda?
“Oʻn aql” nima? Bu insonning aqliga, ijodkorligi, bunyodkorligiga ishora boʻlib, u haqda “Zubdat ul-haqoyiq” (“Haqiqatlar qaymogʻi”) risolasida batafsil maʼlumot berilgan. Unda aytilishicha, “Xudo olam emas va olam Xudo emas. Xudo — olamning Xalloqi (yaratuvchisi) va olam Xudoning ijodi”[2, 6]. Bu yerda faylasuflarning panteistik (Xudo va tabiatning birligi haqidagi taʼlimot – M.S.) qarashlariga qarshi fikr bildirilmoqda va Allohning yaratuvchiligi haqidagi nuqtai nazar himoya qilinayotir. Olam predmetlarining yaratilishi haqida oʻsha risolada yana oʻqiymiz: “Ruhlar olami oʻn uch darajada yaratildi, avvalgi gavhar (substrat) bilan oʻn toʻrtta boʻldi. Ruhlar olamining oʻn uchta ekanining dalili jismlar olamining ruhlar olamiga nisbati, yaʼni u ham oʻn uchtadir. Zohir olami botin olamining unvonidir va mulk olami malakut olamining belgisidir. Ruh — javhardir (substansiya), u jismni harakatga keltiradi va takomillashtiradi. U tabiatga muvofiq oʻsimlik darajasida, harakatga muvofiq hayvon darajasida, aqlga muvofiq inson darajasida zuhur etadi”[2, 7], — deyiladi oʻsha risolada.
Shayx Najmiddin Kubro gʻoyalarini sistemalashtiruvchi va rivojlantiruvchi, kubroviya tariqatining yirik nazariyotchisi darajasiga koʻtarilgan Aziziddin Nasafiy oʻzining “Zubdat ul-haqoyiq” risolasida yozishicha, “Xudo ruhlar olamini yaratishni ixtiyor etib, oʻz nigohini javharning shaffof qiyomiga qaratgan va ul qiyom qaynab eriy boshlagan. Qaynash jarayonining oʻninchi darajasida odamlar ruhini yaratgan”[2, 8]. “Oʻn aql” tushunchasi odam ruhining vujudga kelish darajasiga va oʻninchi aql aqli foil — yaratuvchi aqlga, yaʼni insonning ijodiy qobiliyatiga ishoradir.
“Oʻn aql”ni shoir va dramaturg Komil Avaz shunday sharhlaydi: “Tafakkur toji boʻlmish aql sifatlari xirmanini barmoq bukib, oʻngacha sanash mumkin — idrok, zehn, donolik, bilimdonlik, fahm-farosat, xushyorlik, onglilik, maftunlik, mulohazalik, tajribalik. Shularning bari mujassamlashgan odamlarni yetuk, komil va soʻzning yashirin sirlarini tushunuvchi nozik taʼb insonlar sirasiga kiritib, aqli javharshunos demak mumkin”[3, 11-12].
Hadislarda aqlning darajalari va sifatlari haqida fikrlar bildirilgan. Oʻz asosini, aslini tanib olgani sababli “aql” deb atalgan. Inson oʻz aqli bilan barcha maxluqotdan ustundir va shu aqlu zakovati bois dunyoni hamda oʻzini anglaydi, bilish jarayoni sodir boʻladi. Ruboiyda aqlning insonga xizmat qilishligi aytiladi.
“Toʻqquz spehr” - bu toʻqqiz qavat osmonning yaralishi, yaratuvchi Allohning qudratiga va yana Oʻziga xizmat qilishga ishoradir. Tasavvuf ahli toʻqqiz qavat osmonni jamiyatdagi toʻqqizta ijtimoiy qatlam darajasi bilan bogʻlaydilar.
Bu haqda Aziziddin Nasafiy “Zubdat ul-haqoyiq”da shunday yozadi: “Arsh — paygʻambari Xotam ruhining maqomi; Kursi — ululazm paygʻambarlar ruhining maqomi, manzili va hujrasi; yettinchi osmon — mursal paygʻambarlar ruhining maqomi, manzili va hujrasi; oltinchi osmon – anbiyo ruhi maqomi; beshinchi osmon — avliyo ruhining maqomi; toʻrtinchi osmon — hakimlar ruhi maqomi; uchinchi osmon — zohidlar ruhi maqomi; ikkinchi osmon — taqvo ahli ruhi maqomi; birinchi osmon — imonlilar

ruhi maqomi, shu tariqa, osmonning toʻqqiz darajasi tugal yakun topdi”[2, 9]. “Sakiz jannat” - bu borliqning toʻrt gavhari va toʻrt unsuridir. Bu yerda gap toʻrt gavhar — tabiat, oʻsimlik, hayvonot, inson olami va toʻrt unsur — tuproq, suv, havo, olovning aloqadorligi, vobastaligi va mutaraqqiy etishi haqida bormoqda. Demak, Ogahiy toʻrt gavhar va toʻrt unsurni ardoqlash, himoya qilish hamda uni insonga xizmat qildirish haqidagi hayotsevarlik falsafasini ulugʻlamoqda. Bu sakkiz element shoir fikricha, jannatning fayzlaridir. Ularsiz jannat — roʻyodir.
“Yetti munir” - bu yetti sayyoraga, yetti yulduzga, yetti iqlimga, islomda ilohiylashtirilgan “7” raqamiga ishoradir. “Yetti munir axtar” deya Ogahiy yetti sayyoraning vujudga kelishi va mohiyatini bilishga, koinotning harakat qonunlarini bilishga, yetti iqlim mamlakatlari va xalqlari haqida maʼlumotlarni qoʻlga kiritishga, ular bilan hamdoʻstlikda yashashga, umuman, olamni bilishga daʼvat etmoqda.
“Olti jihat” - bu ramziy maʼnoda olamning oʻlchamlaridir. Bu tushuncha borliqning harakati va tinchligi, oʻtkinchiligi va abadiyligi, chekliligi va cheksizligiga, uzluklilikning uzluksizligiga, hayot va oʻlim dialektikasiga ishoradir. Ust — osmon, ruhiyat; ost — yer, borliq; orqa — ajdod; old — avlod; oʻng — tasavvur; soʻl — tasavvurning ifodasi boʻlmish tasvir[4, 64]; yaʼni olti tomon — bular koinotning asosini tashkil etadi. Ogahiy bunda turfa olamning turfa ranglari va jihatlariga eʼtibor qaratmoqda, ularni bilishga, ulardan bahramand bo'lishga chorlamoqda.
“Besh his” - bu hissiy bilish shakllariga: koʻrish, eshitish, hid bilish, taʼm bilish va teri sezgisiga ishoradir. Ogahiy hissiy bilish shakllariga alohida eʼtibor bergan. Shoir fikricha, besh his qalʼaga kirib keluvchi besh yoʻlga oʻxshaydi. Qalʼa – Aql, tafakkur koʻrgʻoni. Hissiy bilish shakllari farovon yashash uchun, hayot neʼmatlaridan bahramand boʻlmoqlik uchun Allohning yaratgan buyuk neʼmatidir. “Besh his”siz Hayot daraxti yashnamaydi. Ammo inson hayotni Aqlga muvofiq tashkil etishi va boshqarishi lozim. Shoir aqliy bilishga ustuvorlik beradi.
“Toʻrt unsur” - bu zardushtiylikda eʼzozlangan, muqaddaslashtirilgan hayotning asoslari boʻlmish tuproq, suv, havo va olovdir. Mana shu toʻrt unsurdan iborat moddiy dunyo inson xizmatidadir. Ushbu elementlarning qoʻshiluvi va ajralishi sababli moddiy olamning turfa xilligi kelib chiqadi. Ogahiy toʻrt unsurning murattabligi tarafdori edi. Ruboiyda “toʻrt unsur” tushunchasi ezgulik falsafasi sifatida ulugʻlanadi. Bunda biz shoir dunyoqarashiga zardushtiylik taʼlimotining sezilarli taʼsirini koʻramiz.
“Uch mavlid” - bu dastlabki toʻrt gavhardan uchtasining qayta tugʻilib, tarkib topib, birikib bir insonga xizmat qilishidir. Bunday mushohada yuritish bugungi falsafa ilmida sinergetik uslub deb aytiladi. Yaʼni tabiat olami, oʻsimlik olami va hayvonot olamining qayta tarkib topib, bir olam boʻlib, insonga xizmat qilishni ifoda qiladi. Chunki, ushbu “uch mavlid”siz inson hayoti toʻlaqonli kechmaydi, odam va olam oʻrtasidagi sababiy aloqadorlikga alohida urgʻu beriladi: “Emastur qudratingdin jumla ashyo besabab paydo”[5, 26].
“Ikki jahon” - bu ramziy maʼnoda dunyoviy va ilohiy Ishqni bildiradi. Oʻsha Ishq tufayli inson sevadi va seviladi, oʻzini oʻtga ham, suvga ham uradi, toblanadi, kamolot kasb etadi. “Ikki jahon” tushunchasini “u dunyoyu bu dunyo” deb qarashlik ham mumkin.

Bu maʼnodagi “ikki jahon”ni Allohga xizmat qilishining taʼkidlanishida ulkan umumbashariy gʻoya qad koʻtaradi, yaʼni insonning Yaratganga boʻlgan ixlosu ishonchini, oʻzini Oʻziga (Xudoga — M.S.) topshirganligining isboti mujassamlashadi. Bu ruboiyda inson markaz boʻlgan olamning tuzilishi haqidagi gʻoya ilgari surilayotganligini yuqorida taʼkidlab oʻtgan edik. Gap shundaki, borliqdagi barcha mavjudotlar ichida eng ulugʻi Inson boʻlib, jumlai mavjudot unga sajda qiladi, unga xizmat qiladi. Olamdagi barcha harakat, voqea-hodisa, oʻzgarish-yangilanishlarni inson orqali mushohada etish va tushuntirishga harakat qilinadi. Shu yerda shoirning gumanizmi namoyon boʻladi. Ulugʻ olamda (Olami kubro) nimaiki boʻlsa, kichik olamda (Olami sugʻro) ham mavjuddir, deyiladi.
Demak, inson qalbida Allohga shukronalar aytib, Uni qalbiga joylab, yaratganning neʼmatlariga aqlu idrok va fahm-farosat bilan yondoshib, ogoh munosabatda boʻlish, olamga uygʻoq nigoh bilan boqish lozim. “Oqil boʻlsang, aql bilan olamga boq!”, degan aqida kelib chiqadi ruboiyning ruhiyatidan. Yuqorida aytilganlardan shunday xulosa qilish mumkinki, Ogahiy falsafasi — ogohlik falsafasidir, shoirning teran badiiy tafakkuri asrlar osha qalbimizni oʻlmas qadriyatlar bilan boyitib, hozirgi yoshlar uchun ibrat maktabi boʻlib ularni ogohlikka daʼvat etib turadi.
Adabiyotlar
1. Ogahiyning “Taʼvizul-oshiqin” devonidan oʻrin olgan ushbu ruboiy 1960-yilgi nashrida tushirib qoldirilgan. Bu ruboiy adabiyotshunos olim Sayfiddin Rafiddinov nashrga tayyorlagan shoir devonidan oʻrin olgan (Ogahiy. Taʼviz ul-oshiqin: Devon. /Nashrga tayyorlovchi, soʻz boshi va izohlar muallifi f.f.n., dotsent Sayfiddin Rafiddinov. – Toshkent: “Adabiyot”, 2023. – 447-bet).
2. Aziziddin Nasafiy. Zubdat ul-haqoyiq (“Haqiqatlar qaymogʻi”). N.Komilov tarjimasi. — T.: “Kamalak”, 1995.
3. Komil Avaz. Mukoshifot. — T.: “Oʻzbekiston”, 1999.
4. Qarang: Ibrohimov A., Sultonov X., Joʻrayev N. Vatan tuygʻusi. — T.: “Oʻzbekiston”, 1996.
5. Ogahiy. Taʼviz ul oshiqin: Devon. /Nashrga tayyorlovchi S. Rafiddinov. – Toshkent: “Adabiyot”, 2023.
***
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

#Xushxabar
#OAV_biz_haqimizda
🧾O'zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligi muassisligidagi "XORAZM HAQIQATI" gazetasining 2023-yil 16-dekabrdagi 50-sonida Ogahiy nomidagi ijod maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari, jumladan f.f.n Madina Matyoqubovaning "BEBAHO ADABIY MEROS", Hafiza Karimovaning "YOSH ISTE'DODLAR IJODIGA RAG'BAT BO'LMOQDA" sarlavhalari ostidagi maqolalari chop etildi.
🔰Ijod maktabimiz ustozlarini ushbu mazmunli, o'qimishli maqolalari yoritilgani bilan tabriklaymiz va pedagogik, ilmiy hamda ijodiy ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#Jarayon
🔰 Joriy yilning 19-dekabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida tarbiyachi-pedagog M.Otayeva tomonidan 7-sinf o'quvchilari bilan "Buvijonim o‘gitlari" loyihasi doirasida "Salomlashish odobi" mavzusida suhbat o‘tkazildi.
➡️ Bunda o'quvchilar o‘zbek xalq maqollari, odob haqida to'rtliklar aytishdi. O‘quvchilar o‘zlariga kerakli bo‘lgan odob-ahloq qoidalarini chuqurroq anglab olishdi.

#Musiqa_toʻgaraki
#Jarayon
📆 Dekabr oyining 19-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida "bir o‘quvchiga, bir milliy cholg'u" doirasida mahoratli sozanda 🪕🎼🪗 Maqsudbek Matniyozov rahbarligida navbatdagi to‘garak mashg'uloti o‘tkazildi.
❇️ O‘quvchilar tomonidan "May oyi" kuyi chalinmoqda.
📷 Ushbu to‘garakdan foto va video lavhani tomosha qilishingiz mumkin.