Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.53K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Tanlov_hayʻati

Diqqat!!!

🙋‍♂ Hurmatli vohadoshlar, aziz tanlov ishtirokchilari!
Barcha g‘olib ustoz va o‘quvchilarni yana bir bor tabriklaymiz. Bugungi va kechagi g‘oliblarni hamda siz aziz ishtirokchilarni barchangizni 15-dekabr soat 14:30 da Ogahiy nomidagi ijod maktabida bobomiz Ogahiy tavalludining 214 yilligiga bag‘ishlangan tadbirga aziz mehmon sifatida taqdirlash marosimiga taklif etamiz.Sizlar uchun kutilmagan bayramona kayfiyat ulashuvchi "Nazm va navo" kechasiga bizning jamoamiz a'zolari jadallik bilan tayyorgarlik ko‘rmoqdalar.


📲 Bizni Ogahiy telegram kanalimiz orqali kuzatib borishda davom eting. Chunki siz aziz ustoz va o‘quvchilar uchun yangi formatda tanlovlar tashkil qilishni reja qilganmiz
.

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
Ogahiy ijod maktabi pinned «#Tanlov_hayʻati Diqqat!!! 🙋‍♂ Hurmatli vohadoshlar, aziz tanlov ishtirokchilari! Barcha g‘olib ustoz va o‘quvchilarni yana bir bor tabriklaymiz. Bugungi va kechagi g‘oliblarni hamda siz aziz ishtirokchilarni barchangizni 15-dekabr soat 14:30 da Ogahiy…»
#Taklifnoma

"OGAHIY HAMISHA BARHAYOT" NOMLI TADBIRIMIZGA MARHAMAT


🔹 Hurmatli vohadoshlar! Sizlarni ertaga 15-dekabr soat 14:30 da Xiva shahrida joylashgan Ogahiy nomidagi ijod maktabida Muhammad Rizo Ogahiy tavalludining 214 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan "Ogahiy-hamisha barhayot" nomli nazm va navo kechasida aziz mehmon bo‘lishga taklif etamiz.


🔸Tadbirda adabiyot va san'at shaydolari uchun o‘zida milliy qadriyatlarimizga yo‘g'rilgan o‘tmishimiz haqida, eski Qiyot bahridan to‘yingan nazmiy she'rlar, sahna ko‘rinishlari va Ogahiy g‘azallari asosida yaratilgan ko‘hna maqomlarimiz ijro qilinadi. Tadbirda shuningdek, Ogahiy tavalludining 214 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan tanlov g'oliblari tantanali taqdirlanadi.

➡️ Barcha aziz mehmonlarni kutamiz
.

🔎 Manzil: Xiva shahar, Qiyot mahallasi, "A'lo" ko‘chasi 45-A uy

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
Ogahiy ijod maktabi
Location
Ijod maktabining joylashgan lokatsiyasi.
#Sogʻlik_eng_katta_boylik
#Jarayon

👨‍⚕ HAMSHIRA MASLAHATLARI

🔰 Dekabr oyining 14-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida maktab hamshirasi O.Masharipova o'quvchilarga "Grippdan saqlaning! " mavzusi bo‘yicha ma'lumot berib o'tdi.


🔹Qish mavsumida o‘quvchilar issiq kiyimlar kiyishi, kasallikni oldini olish uchun kerak bo‘ladigan zarur profilaktik amallar haqida so'z yuritildi.

➡️ O‘quvchilar tibbiyot xodimiga o‘z savollari bilan murojaat qilib, kerakli tavsiyalarni oldilar.


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Ichki_monitoring_sinov
#Jarayon

❇️ Joriy yilning 14-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida yakunlanayotgan ikkinchi chorak oldidan o‘quvchilarni bilim va ko‘nikmalarini aniqlash uchun ichki monitoring test sinovlari tashkil etildi.

➡️ Bunda o'quvchilarning ikkinchi chorak davomida olgan bilimlari sinovdan o'tkaziladi.

📸 Jarayondan foto lavhalar.


Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Seminar_trening
#Kasbiy_rivojlanish

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan maktab direktorlari va o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirish bo'yicha xorijiy ekspertlar ishtirokidagi o‘quv seminarlari davom etmoqda.

🔴 Ayni damda "Maktab chempionlari" loyihasi doirasida tashkil etilgan treninglarning ikkinchi kuni bo'lib o'tmoqda.

Unda xususan maktabda dars jarayonlaridan ajralmagan holda o'z ustida ishlash, til va kasbiy ko'nikmalarni rivojlantirish haqida so'z bordi.
_______________

Tom Kiddl, Buyuk Britaniya, Norwich instituti direktori:

O'zbekistonda 7-marta bo'lishim. Har safar kelganimda bu yerdagi o'qituvchilarda ko'zga tashlanadigan ishtiyoq va motivatsiyadan hayratga tushaman. Ular bilan ishlash haqiqatda qiziq.

Biz bu safargi treninglar davomida ustozlarda dars jarayonlarini interaktiv tashkil etish, o'quvchilar bilan ishlash hamda zamonaviy ko'nikmalardan foydalanish kabi mavzularda so'z yuritdik. Umid qilamanki, ushbu mashg'ulotlar ustozlarning kelgusi faoliyatiga ham yordam beradi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM