Ogahiy ijod maktabi
1.36K subscribers
31.9K photos
2.55K videos
313 files
8.05K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Yana_Xushxabar
#Bizning_shunday_òquvchilarimiz_bor
#Respublika_bosqichiga_yòllanma

⭐️ “Kamalak” yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivali viloyat bosqichi  o‘tkazildi

🔹6 yoshdan 15 yoshgacha boʼlgan ijodkor yoshlar o‘rtasida madaniyat, adabiyot va sanʼat sohasidagi iqtidor egalari uchun Yoshlar ishlari agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi binosida "Kamalak yulduzlari" bolalar ijodiy festivali tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

🔸Unda Ogahiy nomidagi ijod maktabidan iste'dodli o'quvchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdilar.


➡️ Tanlov yakuniga ko‘ra Nazm yo‘nalishi ishtirokchisi 8-"A" sinf o‘quvchisi Rustamboyeva Nigina🥇1-o‘rinni egallab, Respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

👏 G‘oliblikka erishgan o‘quvchimizni qutlaymiz.
Respublika bosqichida Niginaga omad va g'alabalar tilaymiz.


Ogahiy ijod maktabi rasmiy axborot sahifalari

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
🎉106👍6🥰2🕊2🔥1👏1😍1💯1
#Konstitutsiya_baxtimiz_qomusi
#Konstitutsiyamiz_31_yoshda


Oʻtgan asrlarda qiynaldi bu xalq,
Goʻyoki qalbida erksizlik mudom.
Oʻz fikrin aytmoqqa jurʼat qilolmay,
Bitta soʻz demasdi, demasdilar lom.

Chol-kampir,bolalar, kelin-kuyovlar,
Barcha talabalar terardi paxta.
Ogʻizdan chiqqanin majburan aylab,
Muhayyo qilardi, bajarar shartta.

Xotinlar bir qoʻlda farzandin ushlab,
Baʼzilar qoʻlida tutardi kitob.
Oʻz ahli uchun kurashar edi,
Har bitta fuqaro boʻlsada betob.

Ayovsiz yomgʻirda shalabbo boʻlib,
Paxta termoq uchun shoshilardi xalq.
Goʻyoki qalbida bir lahza soʼlib,
Tobe-la boqardi oʻzgaga faqat.

Ammo yangilandi,bu yangi zamon,
Paxta terimchilik olindi yoʻldan.
Duoga qoʻl ochib har bitta inson,
Deb:inson qadri aziz har qaysi eldan.

Hayot kitobida mujassam bari,
Ming asr oʻtsaki boqiydir bir muz.
Insoniy huquqlar ilk ostonasi,
Budir chin qonunlar kitobi Qomus.

Nigina Rustamboyeva,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
👍11🔥3🥰2👏21😍1
#Ogahiy_izdoshlari
#Tanlov

(Ogahiy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari yo'nalishida Ogahiy tavalludiga bag‘ishlangan tanlovga yo‘llangan ijodiy ish)

NAZM
2-ISHTIROKCHI

Ogahiyning qiziman

Bugun qalamimni qo'limga oldim,
Qalbimning dardini qog'ozga soldim.
Ogahiy bobom deb jar solay desam,
Ovozim yetmadi bo‘g'ilib qoldim.

Keyin birdaniga ilhom quyildi,
Bobomning hislari menda tuyuldi.
U haqda satrlar bita boshladim,
Bobom xotirasi qalbga uyildi.

Bundan ranjimadim so'zlamadim ham,
Ammo bobom haqda qancha aytsam kam.
She'rlarim, satrimda madh etdim uni,
Bobom-la yashayman har on-u har dam.

Hayotin eslasam qiynalar dilim,
Bizda bo'lsa edi eh shuncha ilm!
Bugun kelajakni o'zgartirardik,
Bu haqda so'zlasam charchamas tilim.

Ogahiy bobomni xotirlab bugun,
Ko‘nglimda nekbinlik hislar qalqiydi.
Ogahiy qiziman qalbimda faxr,
Dunyoga jar solib aytsam arziydi

Qurbonova Farangiz,
Ogahiy ijod maktabining 10-"A" sinf o'quvchisi

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
👍107🥰2👏2😁1🤩1😍1
#Tanlovga
#Nazm

Ogahiyga ehtirom
27-ISHTIROKCHI


Moziyga sayohat

Ijod olami saltanatining ostonasidan
Sekin hatlab oʻtib qaradim nogoh
Bir bobom oʻtirar u yerda shu chogʻ
Qoʻlida qalamin tebratar goh-goh

Asta aylanib chiqdim saroyni
Devorlari toʻla maftunkor sheʼrlar
Yoritib turgan misol shamchiroq
Topmadim oʻshanday maskan biroq

Soʻrasam ul bobom Ogahiy ekan
Gʻazal -u sheʼrlari begʻubor ekan
Xorazmlik ekan bobom asli
Allomalar boʻlgan ekan nasli

Ilm-u fanni bilim-la olgan qoʻliga
Har sohada xayrli ishlar yoʻliga
Xiva shahrining dilbandi boʻlgan
Xorazmning mashhur farzandi boʻlgan

Saroyda oʻqishar zehnli yoshlar
Aqlga toʻla bu kichik boshlar
Oʻsha saroyda oʻqish orzuyim
Bobomday sheʼrlarni toʻqish orzuyim.

: Atamuratova Zuhra,
Urganch tumanidagi 20-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining 6 A-sinf oʻquvchisi.

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
👍44👏5🥰2
Audio
#sevimli

✍️Usmon Azim

🎙Baxtiyorov Jahongir, Ogahiy nomidagi ijod maktabi 10-"B" sinf o'quvchisi

"Baxt haqida ballada"


@sh_jahongir

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
👍104🔥4👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
" Qalb "

🎙She'rni Ogahiy nomidagi ijod maktabi direktori S.Abdullayev o'qidi.




Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
👍254😢3🥰2👏2🔥1🤩1💯1
#Tanlovga
#Nazm

Ogahiyga ehtirom
28-ISHTIROKCHI


Xorazm faxrisiz
Qiyot qishlog'ida tug'ilib o'sgan
Miroblik yumushin ham ado etgan
Ko'p va xo'p she'r yozgan, dostonlar bitgan
Xorazm faxrisiz,Ogahiy bobom.

Navoiyni o'ziga ustoz deb bilgan
Olloqulixon saroyida ko'p xizmat etgan
Dovrug'i dunyoga,olamga ketgan
Xorazm faxrisiz,Ogahiy bobom.

Asarlar bitgandir go'zaldan go'zal
"Tarixlar qaymog'i" baridan asal
Aytsak adog'i yo'q she'r,doston,g'azal
Xorazm faxrisiz,Ogahiy bobom.

Biz sizni har doim etadurmiz yod
Nomingiz dillarda mangu barhayot.
Izingizdan borurmiz,qilurmiz ijod
O'zbegim faxrisiz,Ogahiy bobom.

: Ulug'bekova Shahodat,
Yangiariq tumanidagi 10-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining 6-sinf o'quvchisi.

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
👍927🥰6💯5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga
#Taqdimot

Ogahiy g‘azallarining mohir ijrochisi
22-ISHTIROKCHI

: Atamuratova Zuhra,
Urganch tumanidagi 20-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining 6 A-sinf oʻquvchisi.

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
👏25😁15👍13😢81🔥1
#Ogahiy_izdoshlari
#Tanlov

(Ogahiy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari yo'nalishida Ogahiy tavalludiga bag‘ishlangan tanlovga yo‘llangan ijodiy ish)

NAZM
3-ISHTIROKCHI

Gavdalanar koʻzim oldida,
Tarixshunos, davlat arbobi.
Gʻazallarin oʻqib, oʻrgansak,
Katta hayot har bitta bobi.

Buyuk shoir sheʼr, oʻgitlari,
Qalbim ichra porlaydi mudom.
Shoir, olim, hattoki mirob,
Elparvardir Ogahiy bobom.

Bu dunyoda aslo topilmas,
Asarlari ta'rif qiyosi.
Goʻyo cheksiz xazina misol,
Maʼrifat-u ilmi ziyosi.

Nomlariga atalib mana,
Ochilibdi ilmlar koni.
Unda oʻqib bizdek yosh avlod,
Lol qoldirgay bir kun dunyoni.

Buyukligi ijodi bilan,
Yuraklarda porlagay boqiy.
Tarixnavis olim-u shoir,
Ulugʻvordir bobom Ogahiy.

Derazamdan qarasam agar,
Koʻrinadi bobom ekkan tut.
Ko‘ngillarda yashaydi mudom
Buyuk shoir boʻlmaydi unut.

Nigina Rustamboyeva,
Ogahiy ijod maktabining 8-"A"sinf oʻquvchisi

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
👍11👏5😢32🥰1😍1
#Ogahiy_izdoshlari
#Tanlov

(Ogahiy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari yo'nalishida Ogahiy tavalludiga bag‘ishlangan tanlovga yo‘llangan ijodiy ish)

4-ISHTIROKCHI

(Ogahiy g'azallaridan                    ilhomlanib.)

>>>>>>>>G'azal.<<<<<<<<<
    - V - - / - V - -/ - V - -/ -V -

Zaxmi bitmas gar yurakdin tiyri dildo'z* ursa yor.
Ko'rsakim ul orazin gar Besutun bo'lgay g'ubor.
                   
Husn(i) ko'rguzganda xordin* gul yaralg'ay beajab.
Axtari(y) Sa'd* anda bo'lg'ay baxtidin xursand-u  xor.
                    
Bul ko'ngulning shabravin* deb qo'lda sozim dilda g'am,
Bir amallab bo'lsa ham ul xushni olgan guluzor*.
                    
Ishq samandar* qildi yoqib o'tda otash g'ayrzudo*,
Kulbayi xam* ichra xummor* dil so'rar darmon,  mador.
                  
Qoshlarin hud bir hilolday*, ko'zlarin bir misli kab*.
Dong'i bilmas banda yo'qkim bunga shohid ko'p bahor.
                   
Olsa olsin jonni ey voh kuydi ko'ngil ko'p axir,
Bir g'alat his oldi chulg'ab tunlari(y) o'tdim bedor.
                  
Ishqda yig'lab ayladim zor ul beshavqat dunga* man.
Bul hajrdan kuydi dil ko'p emdi bo'lgan bir bemor.


Tiyri dildo'z*-yurakdan o'tirilgan o'q.
Xor*-tikan.
Axtari Sa'd*-baxt yulduzi.
Shabrav*-o'g'ri.
Guluzor*-gulyuzli
Samandar*-olovda yashovchi mavjudot.
G'ayrzudo*-qizil olov.
Kulbayi xam*-mayxona.
Xummor*-mast.
Hilol*-yangi chiqqan yarim oy.
Kab*-(kavkab) bu yerda yulduz ma'nosida.
Dun*-dunyo.

: Qo'ziboyev Dadaxon,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 10-"B" sinf o‘quvchisi

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
😁10👍95🔥2😍2
#Ogahiy_izdoshlari
#Tanlov

(Ogahiy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari yo'nalishida Ogahiy tavalludiga bag‘ishlangan tanlovga yo‘llangan ijodiy ish)

NAZM
5-ISHTIROKCHI

Ustod Ogahiy

Nazm bo'stonini etganda obod,
Xiva gumbazidan yangradi bayot.
Kaftida avaylab yashaydi avlod,
Dillar bog'bonidir, ustod Ogahiy.

Saltanat bog'i-yu, davlat gulshani,
Oshiqlar tumori ko'ngil ravshani.
Azim Xorazmning so'nmas mash'ali,
Mag'rib-u mashriqda ustod Ogahiy.

Magar ta'riflasam afzundir kalom,
Subh-u shom she'rimiz etadi davom.
She'riyat sultoni, sizga assalom!
Qalblarda barhayot ustod Ogahiy.

Ogahiy ijod maktabining 11-"A" sinf o'quvchisi Bunyodova Parizodabonu

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
👏106👍5😍5😢4🎉1🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga
#Taqdimot

Ogahiy g‘azallarining mohir ijrochisi
23-ISHTIROKCHI

Rustamova Holida,
Yangibozor tumani 20-son umumiy o'rta ta'lim maktabi
7 "A"- sinf o'quvchisi

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
👍37😁42🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#17_dekabr_Ogahiy_tavallud_topgan_kun
#Ogahiy_214

🖥 Tuzuvchi: Ogahiy nomidagi ijod maktabi 10-"B" sinf o'quvchisi Qo'ziboyev Dadaxon

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
👍15🔥31🥰1👏1
#Xushxabar
#OAV_va_biz

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabining pedagog-ustozlari va o'quvchimizning ijod namunalari Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan adabiy-badiiy nashr hisoblangan "Ezgu so‘z" gazetasida "Ogahiy ijod maktabi sahifamiz mehmoni" rukni ostida to‘la sahifada 2023-yil 6-dekabr sonida

maktabning psixologi Maqsuda Atajonovaning
"Kasbiy rivojlanish" nomli maqolasi
maktabning hamshirasi Oyshajon Masharipovaning "Salomatlik umr foydasi" nomli maqolasi
maktabning tarbiyachi-pedagogi Zaripova Chinnigulning "Muqaddasdir vatan bayrog‘i" nomli maqolasi
maktabning tarbiyachi-pedagogi Xorun Musoning "Ogahiy izdoshlari" nomli maqolasi
maktabning 8-"A" sinf o‘quvchisi Rustamboyeva Niginaning "Bag‘ishlov" nomli she'ri chop qilindi.


👏 Ogahiy jamoamiz nomidan gazeta sahifasida yoritilgan barchani samimiy tabriklaymiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
👍184👏3🥰1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga
#Taqdimot

Ogahiy g‘azallarining mohir ijrochisi
24-ISHTIROKCHI

Maxsudbekova Gulhayo,
Xiva shahar 9-umum ta’lim maktabining 7-“D” sinf o‘quvchisi

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
👍6510😢7😁2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga
#Taqdimot

Ogahiy g‘azallarining mohir ijrochisi
25-ISHTIROKCHI

Qoʻshkoʻpir tumani 42-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining 10-A sinf oʻquvchisi Solayeva Munira

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
👍48👌6🔥3😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga
#Taqdimot

Ogahiy g‘azallarining mohir ijrochisi
26-ISHTIROKCHI

Rajapova Ruxshona,
Hazorasp ixtisoslashtirilgan maktabi 7-B sinf o'quvchisi

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
587👍189👏8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga
#Taqdimot

Ogahiy g‘azallarining mohir ijrochisi
27-ISHTIROKCHI

Xudashkurova Dinora,
Bog'ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabning
8-sinf o'quvchisi

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
👍72👏7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga
#Taqdimot

Ogahiy g‘azallarining mohir ijrochisi
28-ISHTIROKCHI

Ahmedova Maftuna,
Urganch tumanidagi 23-sonli maktabning 6-"b" sinf o'quvchisi

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
👍12😢4😁2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga
#Taqdimot

Ogahiy g‘azallarining mohir ijrochisi
29-ISHTIROKCHI

To'xtaboyeva Mohidil,
Bog'ot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinf o'quvchisi

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
👍22👏9😢2👌1