Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.52K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💎 " Onam u "

Muhammad Yusuf

🎙 She'rni Ogahiy nomidagi ijod maktabi direktori Sarvar Abdullayev o'qidi.



Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Eksklyuziv
#Albatta_tomosha_qiling
#Tògarakdan_navbatdagi_tuhfa

🔰 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabida musavvir Shahlo Ro'zmetova rahbarligida o'tkazilayotgan "Tasviriy va raqamli san'at" to‘garagi o'quvchilari o‘zining ajoyib natijalarini biz bilan baham ko‘rishda davom etadi.

🪄 Bu safar to'garak a'zolari Shahlo Ro'zmetova boshchiligida maktabimiz 1-qavatidagi devoriga insonga kayfiyat ulashuvchi chiroyli gul rasmlarini go'zal tarzda yaratdilar.

♻️Mazkur tasviriy asar maktabimiz o'quvchilariga zavq bag'ishlaydi.

🖥Videotaqdimot Sizga manzur bo'lishiga ishonamiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Tanlovga
#Nazm

Ogahiyga ehtirom
17-ISHTIROKCHI

OGAHIY BOBOM

Xorazmda yashaysiz mudom ,
Ey buyuk Ogahiy bobom.
Kutar sizni ko'zlar intizor,
Qoldirgansiz tarixda nom.

Yuraklarda yashaysiz hamon ,
Jonsizga ato etasiz jon.
Munis Xorazmiy ruhi bo'lib yor,
Yashnamoqda bu ozod makon.

Xivada so'z sultoni,
O'zbekiston makoni.
Bolaligi o'tgan joy,
Ilhom olgan hoyna-hoy.

Alisherning izdoshi,
Xorazmiy avlodi.
Men ham sizga izdoshman,
Ogahiyga avlodman!

: Rasulbekova Durdona,
Xonqa tumani 40-sonli maktabning 6-"B"-sinf o'quvchisi

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Tanlovga
#Nazm

Ogahiyga ehtirom
18-ISHTIROKCHI


OGAHIYGA EHTIROM

Hech qaysi bir insonlar,
Uning o‘rnin bosolmas.
Qiyinchilik neligin,
Ogahiydek bilolmas.

Ogahiy qilgan ishin,
Oddiy inson qilolmas.
Bu zaminda hali hech kim,
Ogahiydek bõlolmas.

"Ustina"dek g‘azalini,
Uning sir-asrorini.
G‘azal mohiyatini,hech kim,
Ogahiydek bilolmas.

Hozir zamon boshqacha,
Telefonlar qancha-qancha.
She'rimdagi bir parcha,
G‘azalidek bõlolmas.

O‘tmishini eslasam,
Ota kasbi "Mirob"dir.
Shundan so‘ng uning dong‘i,
Dunyolarda dostondir.

Endi sizlarga aytsam,
Ranjigan u hayotdan.
Oyog‘idan shikast yeb,
Ham ayrilgan yoridan.

Shuni aytdim sizlarga,
U aslo chekinmas.
Irodali har kishi,
Ogahiydek bo‘lolmas.

Peyzajning ustasidir,
O‘tkir nigoh egasi.
Tariflashga til ojiz,
Ogahiy lirikasi.

Ul kishining nomiga,
Maktablar barpo bo‘lgan.
Nima qilsa ham inson,
Ogahiydek bo‘lolmas.

:Xudayberganova Zarinabonu,
Xonqa tumanidagi 35-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining 8-A sinf o‘quvchisi

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga
#Taqdimot

Ogahiy g‘azallarining mohir ijrochisi
8-ISHTIROKCHI

🎬: Otabekova Shoira,
Urganch shahar 31-sonli maktabning 9-"B"sinf oʻquvchisi

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Tanlovga
#Nazm

Ogahiyga ehtirom
19-ISHTIROKCHI


Ogahiy bobom

O'zbegim olamga qancha maqtasam,
Shunchalar kam deya aylayman takror.
Bu so'zim isbotin topib bormoqda ,
Ta'lim sohasiga qilsak e'tibor.

Bizdagi tafakkur sira topilmas,
Aylaning mayliga butun koinot.
Tasanno aytmasdan ilojingiz yo'q,
Axir bizning bobomiz OGAHIYdek zot.

Ul inson shuhratin olam biladi,
Qoyil qolishgan-ku ne-ne insonlar.
Necha yil o'tsa ham mana har yili,
Bobom ijodi bilan to'lar javonlar.

Er kishi yetmishta hunar qilar deb,
Har bitta sohada o'zin sinagan.
Tarixchi, tarjimon, shoir-u mirob,
Har bir yo'nalishdan ilm izlagan.

Gohida ularni shamga qiyoslay,
Ijodin taftidan olib harorat.
Sham... lekin so'nmasdan mangu yonuvchi,
Yillar to'foniga qilib matonat.

200 yildan ko'p umringiz haqqi,
Qalblarda hamisha boqiy qolasiz.
Axir siz biz uchun buyuk bir siymo,
"Ikkinchi Navoiy" deya bilamiz.

Hamon javonimiz ko'rki-ku axir,
Sizning xazinangiz- "Firdavs ul- iqbol" .
Biz bu xazinani o'qib ulg'aydik,
Ilohim, shulardan topgaymiz kamol.
       
: Saparboyeva Sevinchoy,
Yangiariq tumani 17-son maktabning 9-''B'' sinf o'quvchisi

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Tanlovga
#Nazm

Ogahiyga ehtirom
20-ISHTIROKCHI


Ogahiyga bag'ishlov

Ham shoir ham tarjimon,
Tarixnavis Ogahiy
Nomi dunyoda mashhur
Muhammad Rizo Ogahiy

Jamoatning arbobi
She'r-u g'azal sultoni
Esdan chiqmas har oni
Muhammad Rizo Ogahiy

Xiva eli o‘g‘loni
Tarix yozgan shu tobi
Esda har bir kitobi
Muhammad Rizo Ogahiy

G‘azallarin dunyo bilgan
Elim o'zbek elidir degan
Har nafasda qalam tutgan
Muhammad Rizo Ogahiy
 
:Matchanboyev Rasulbek,
Urganch shahar 31-son umumiy o'rta ta'lim maktabining 9-A sinf o'quvchisi

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Xushxabar

💠 2-dekabr kuni  khiso.uz platformasida o'qituvchilar uchun Respublika miqyosida o‘tkazilgan reytingli olimpiadada Ogahiy nomidagi ijod maktabi rus tili fani o'qituvchisi Qarriyeva Sohiba yuqori natijani ko'rsatib, SERTIFIKAT bilan taqdirlandi.

🔰Ustozni jamoamiz nomidan muborakbod etamiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#xushxabar

O‘zbek yozuvchilarining ruscha tarjima asarlari jamlangan "Красное яблоко" ("Qizil olma") to‘plamidan yosh yozuvchi, Ogahiy nomidagi ijod maktabi "Navnihol " Ijodiy to'garagi rahbari Jumanazar Yo‘ldoshning "Девушка, любившая Есенина" ("Yeseninni sevgan qiz") hikoyasi o‘rin oldi.

@Jumanazar_Yuldash

🌐Jumanazar Yo'ldoshni asarlari jahon miqyosida e'tirof etilayotgani bilan jamoamiz nomidan tabriklaymiz. Adibga yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
Forwarded from XorazmTELEKANAL | RASMIY (Shox)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
VATAN TARAQQIYOTIGA MENING HISSAM TANLOVI VILOYAT BOSQICHI YAKUNLANDI
03.12.2023

📲@XorazmTELEKANAL✔️

Telegram kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEnP4H2TABCMSDrRMA
#Tanlovga
#Nazm

Ogahiyga ehtirom
21-ISHTIROKCHI


Ogahiydur…
Turk nazmining ul andalib shoiri,
Vasfin bayon aylay,yo’qdur oxiri,
Ko’p go’zaldir ham botin, ham zohiri,
Ogahiydur dillarni shod etguvchi,
Qalami-la ruhni obod etguvchi.

Azim Xivada yuksak bir tog’ erur,
Umri sarvi gullar o’sgan bog’ erur,
Zulmatda ul go’yo bir chirog’ erur,
Ogahiydur dillarni shod etguvchi,
Qalami-la ruhni obod etguvchi.

Mirob durur el ichra kasbi halol,
Nazm osmonida balqdi yorqin hilol,
Qonib –qonib ichgudek chashmi zilol,
Ogahiydur dillarni shod etguvchi,
Qalami-la ruhni obod etguvchi.

Oshiq bo’lgum ,, Oshiqlar tumori’’ga,
Aylandim-ku ijodin xumoriga,
Ming tasanno qalbi-yu ruxsoriga,
Ogahiydur dillarni shod etguvchi,
Qalami-la ruhni obod etguvchi.

,,Qasidai nasihat’’in o’qubon,
Adl sirlarini bir-bir uqubon ,
Umrim aro mayoq kibi tutubon,
Ogahiydur dillarni shod etguvchi,
Qalami-la ruhni obod etguvchi.


Ey Ogahiy , vasfingda ojizdur qalam,
Hech yozmasam, alam qilardi alam,
Hamd-u sano, sohibi lutf-u karam,
Ogahiydur dillarni shod etguvchi,
Qalami-la ruhni obod etguvchi.

: Xavojon Abduraxmanova, Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabning ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi.

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Ogahiy_ijod_maktabi_4_yoshda
#Happy_4_years

🔰 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi tashkil topganiga ham mana 4 yil to‘libdi. Maktabimiz rasman 2019-yil 4-dekabr sanasida ochilgan.

📌 Ilohim maktabimiz ustoz pedagoglar jamoasiga ko'z tegmasin. Bilimdon, ijodkor o‘quvchi o‘g'il-qizlarimizning safi yanada ko'payaversin.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉 |Telegram| |Facebook|
👉 |YouTube|  |Instagram|
2019-yil 4-dekabr - Ogahiy ijod maktabi ochilgan qutlugʻ sana!

QUTLUGʻ BOʻLSIN TOʻRT YOSHING!

Yurtboshim kalomi-la ochding sen chiroy,
Ezgu niyatlar ila qoʻydik biz qadam.
Roʻparangda sochar nur ulugʻ bir saroy,
Chorlab turar ziyoga, intil sen ildam!

Bagʻring toʻlsin chamanga - rayhon, sumanga,
Quchogʻingda unsinlar toza nihollar.
Kunlar kelib choʻzarlar qaddin samoga,
Koʻrib koʻzlar quvnagay, shodlangay dillar.

Xiva - bu azim diyor, koʻhna bir zamin,
Ne-ne buyuk daholar, donolar yurti.
Ajabmas, shuhratingga qoʻshib shavkatin,
Boʻy choʻzsa ijod ahlin yana bir shohi.

Toʻrt dovon oshding mana nurli yoʻl tomon,
Bosgan har bir qadamda unsin chechaklar.
Qoʻllar Ogahiy bobom, boʻl doim omon,
Ijod bogʻing yashnasin - qilsin parvozlar!

🌷BUGUNGI BAYRAM - IJOD MAKTABIMIZ OCHILGANINING 4 YILLIGI BARCHAMIZGA MUBORAK BOʻLSIN!!!

Muhabbat Jumaniyazova, Ogahiy nomidagi ijod maktabi o'qituvchisi

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ogahiy ijod maktabi
Video message
Live

Ayni daqiqalarda 7-"A" sinfda ingliz tili fanidan Ogahiy nomidagi ijod maktabi o'qituvchisi Razzoqova Barno ustoz tomonidan tashkillashtirilgan "Animal Magic Wordpower" mavzusida ochiq dars bo'lib o'tmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga
#Taqdimot

Ogahiy g‘azallarining mohir ijrochisi
9-ISHTIROKCHI

Yuldasheva Gulnora,
Xonqa tuman 14-son maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Konstitutsiyamiz_faxrimiz
#Tarģibot_tadbiri

🔰 Dekabr oyining 4-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan targ'ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

✳️ Suhbatda maktab direktori Sarvar Abdullayev, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Xiva shahar bo‘linmasi rahbari Lelinza Otajanova , maktabning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Boburjon Sadullayevlar qatnashdilar.


🔹 Taqdimot avvalida yaqindagina Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda ijod maktablari orasida o‘tkazilgan Respublika insholar tanlovi g‘olibasi 10-"A" sinf o‘quvchisi Amatova Muxlisa taqdirlandi.

🔸Shundan so‘ng maktabning tarix fani o‘qituvchisi Ro‘ziboyev Anvar tomonidan o‘quvchilar uchun tinchligimiz, farovonligimiz qomusi bo‘lmish konstitutsiyaning kelib chiqish tarixi va yangi tahrirda konstitutsiyamizga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar haqida ma'lumotlar berib o‘tildi.


💠 Targ'ibot tadbiri qiziqarli savol-javoblar asosida o‘tdi va o'quvchilarimizning huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qilishi shubhasizdir. Yurtimiz bo‘ylab taqdimot tadbirlari davom etmoqda.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌