Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
310 files
7.52K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Sport_musobaqasi
#Jarayon

📍Ogahiy nomidagi ijod maktabida "1-dekabr Xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni" munosati bilan bosh tarbiyachi Maqsuda Bobojonova tomonidan "Quvnoq startlar" musobaqasi tashkil qilindi.

❇️ Musobaqada 7-"A" sinfining "Chaqqonlar" va 7-"B" sinfining "G‘oliblar" jamoalari o‘zaro bellashdilar
.

🏆 Sport musobaqasida jamoalar o‘zaro "Kim epchil-u, kim chaqqon?", " To‘pni savatchaga otish", "To‘p yordamida yugurish" shartlari bo‘yicha bellashdilar. Bellashuv yakunida do‘stlik g‘alaba qozondi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Taqdirlash_marosimi
#Jarayon

❇️ Kreativ  o‘quvchi-yoshlar uchun uning tarovati, o‘ziga xos o‘zgacha manzaralarni noodatiy tarzda namoyish etishlariga imkon yaratish maqsadida joriy yilning 1-dekabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi tomonidan o‘tkazilgan "Kuz ilhomlari" nomli fototanlovning g'oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔹 Marosimda maktab direktori Sarvar Abdullayev tanlov juda o‘zgacha va kutilmagan yangiliklarga boy tarzda o‘tganini, o‘quvchilar tanlovda ancha faol ishtirok etganini alohida e'tirof qilib o‘tdi.

➡️ Shundan so‘ng munosib g‘oliblar e'tirof qilindi. Unga ko‘ra

ENG YAXSHI MANZARA
🥇Yo‘ldosheva Durdona 10-"A" sinf o‘quvchisi
🥈Shomurodova Mavluda 10-"B" sinf o‘quvchisi
🥉Maqsudova Anora 7-"A" sinf o‘quvchisi

ENG YAXSHI OILAVIY FOTO
🥇Rahmonova Zahro 9-"A" sinf o‘quvchisi
🥈Odamboyeva Dilnoza 8-"A" sinf o‘quvchisi
🥉Baxtiyorova Jasmina 10-"A" sinf o‘quvchisi


ENG FAOL SINF
🥇7-"B" sinf jamoasi
🥈10-"A" sinf jamoasi
🥉9-"A" sinf jamoasi


🔸 G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#Jarayon

🔹Ogahiy ijod maktabida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kelajakka tayyorlash, barkamol avlod sifatida shakllantirish maqsadida 10 - "A" va 10-"B" sinf tarbiyachi-pedagoglari Sobirova Anaposhsha va Xaitboyeva Tamaralar tomonidan o‘quvchilar uchun "Katta hayot" loyihasi o‘tkazildi.


❇️ Mazkur loyihada turli vaziyatlar qisqa dialoglar shaklida varaqalarga yozilgan bo‘lib, o‘quvchilar o‘zlari tanlagan hayotiy vaziyatni hal etish, muammoga ijobiy yechim topishga harakat qilishdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌