#Ochiq_dars
🔰 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining "O'quvchi almashish" dasturi bo'yicha Ogahiy nomidagi ijod maktabiga o'quvchilari bilan tashrif buyurgan Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Yulduzxon Pardayeva 24-noyabr sanasida 11-"B" sinfimizda "Ifodalilik va o'xshatishlar" mavzusida ochiq dars tashkil qildi.
♻️Mashg'ulot davomida "Aqliy hujum", "Intervyu", "Tabiat bilan suhbat", "Tabriknoma" kabi metodlardan foydalanildi.
Dars oxirida o'quvchilar yangi mavzudan kelib chiqib, ifodalilik asosida o'zining sevimli ustozlariga tabriknoma yozdilar.
✅Dars juda qiziqarli o'tdi va o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram

Assalomu alaykum hurmatli ustozlar va aziz o'quvchilar!
28-noyabr kunidan asosiy fan olimpiadaning 2-guruh fanlariga (ona tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, o'zbek tili, qozoq tili, ingliz tili, nemis tili, fransuz tili, tarix va geografiya) start beriladi.
28-noyabr kuni - 9-sinflarga;
29-noyabr kuni - 10-sinflarga;
30-noyabr kuni - 11-sinflarga
Asosiy fan olimpiadaning barcha turlari (yozma ish, test) shu kunning o'zida Bilim va malakalarni baholash agentligining Xorazm viloyat binosida hamda Urgach tumani 48-maktabda o'tkaziladi.
Manzil: 📍 Urganch tuman, Yuqoriovul MFY, O‘zbekiston shox ko‘chasi, 2/2-uy

#oʻquvchi_almashish_dasturi
➡️ Xabaringiz bor, ijod maktablari o'rtasida "O'quvchi almashish" dasturi doirasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi va Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o'zaro o'quvchi almashdilar.
🔻 Ushbu dastur doirasida o'quvchilar Ogahiy nomidagi ijod maktabidagi dars jarayonlarida faol ishtirok etish bilan birga, Ko‘hna vohamiz tarixi, madaniyati bilan yaqindan tanishdilar, muqaddas qadamjolar, faxrimiz, betakror "Ichanqal'a" majmuasiga, Urganch shahridagi o‘ziga xos beqiyos manzilgohga aylangan "Jaloladdin Manguberdi" maydoni, "Yoshlar kutubxonasi"ga sayohatlar orqali ko‘plab ma'lumotlarga ega bo‘ldilar.
🏷 Bugun mehmon ustoz va o‘quvchilarimiz o‘z tuproqdoshlari sirdaryoliklar tomon yo‘l olmoqdalar. "O‘quvchi almashish" dasturi o‘z ko‘zlagan maqsadini to‘la oqladi. Biz bir olam taassurotlar bilan qaytmoqdamiz."-deydi sirdaryolik o‘qituvchi Yulduz Pardayeva.
🛣 Mehmonlarimizga oq yo‘l tilaymiz.

Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
Xorazm24 | Oʻquvchi almashish dasturi amaliyotda
#25nov #XorazmMTRK
#ijod_maktablari #Xorazm #Sirdaryo #oʻquvchi_almashish
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Tanlovga
#Nazm
Ogahiyga ehtirom
1-ISHTIROKCHI
Ogahiy bobom
Tugʻilgan maskani ,,Ul eski qiyot''
Necha avlod tinmay qilishmoqda yod.
Ogahiy bobomning ijod gulshani
Quyosh kabi boqiy nurli barhayot.
Har bitta satrida tugamas maʼno,
Nazm boʻstonida tengsiz durdona.
Ogahiy bobomning har bir asarin,
Tinmasdan oʻqiydi ahli zamona.
Yurakdan aytaman takror va takror,
Chunki Ogahiydek buyuk bobom bor.
Men Ogahiy izdoshidirman,
Shuning oʻzi menga faxr-iftixor.
✍: Matkarimova Shodiya,
Xiva shahar 17-sonli IDUMning 7-"A" sinf oʻquvchisi
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi

#DIQQAT_TANLOV
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi "Xorazm haqiqati va Хорезмская правда" gazetalari birlashgan tahririyati bilan hamkorlikda Muhammad Rizo Ogahiy tavalludining 214 yilligi munosabati bilan "Ogahiy izdoshlari" nomli tanlov e'lon qiladi.
✨ Bunda yosh ijodkorlar tomonidan nazm, publitsistika, tasviriy san'at va grafik dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha ijodiy ishlar qabul qilinadi.
📝 Ijodiy ishlar quyidagi talablarga mos kelishi lozim:
1- NAZM(she’riyat):
(Ogahiy nazmiga sayr aylasam gar )
✍️ - Qalamkash o‘z ijodida buyuk shoir siyrati, uning boy ijodiy merosiga asoslangan holda g‘azallariga muhammas bog‘lashi, bag‘ishlovlar bitishi ham mumkin.
✍️ - Mualliflik 📝 sheʼridan faqat bittasini jo'natishi;
✍️ - Ishtirokchidan 4 qatordan 36 qatorgacha boʻlgan sheʼr taqdim etilishi mumkin.
✍️ - Yozgan sheʼringizni yozma yoki elektron shaklda @XorunMuso telegram manziliga taqdim etishingiz lozim.
❗️Ijodiy ishlar imloviy xatolarsiz, she'riy qonun-qoidalarga amal qilingan va plagiat (ko‘chirilgan) bo‘lmasligi kerak!
2-PUBLITSISTIKA(maqola)
(Ogahiy siymosi yoshlar nigohida)
📝 Tanlovda qatnashish istagida bo‘lgan ishtirokchilar Ogahiy hayoti va ijodiga alohida urg‘u bergan holda, bugungi kun hamda Ogahiy nomidagi ijod maktabi bilan bog'lab o‘z maqolasini taqdim qilishi lozim
📝 Maqolalarni ishtirokchi maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Shixova Muqaddas ustozga tayyorlab, belgilangan muddatgacha topshirishlari so‘raladi.
❗️Maqolani baholashda uning tasviriy ifodaga boyligi, mavzuni to‘g‘ri yorita olganligi, so‘z qo‘llash mahorati alohida e'tiborga olinadi.
3. TASVIRIY SAN'AT
(Ogahiy va tabiat manzarasi)
🌠 Ushbu yo'nalishda ishtirokchi Ogahiy siymosi va unga mos manzarani aks ettirishi,
🌠 Ishtirokchining chizgan rasmi Ogahiy ijodlaridagi tabiat tasvirlaridan ilhomlanib yaratilgan bo‘lishi lozim.
🌠 Qatnashish istagida bo‘lgan ishtirokchilar ijodiy ishini chizib tayyorlab, tasviriy san'at to‘garagi rahbari Ro‘zmetova Shahloga taqdim qilishi lozim.
❗️Baholashda ishtirokchi ijodiy ishining noodatiyligi, o‘zgacha topilmalarga boyligi, mavzuning ochib berilganligi inobatga olinadi.
4. GRAFIK DIZAYN
👨💻 Ushbu yo‘nalishda ishtirokchi Ogahiy siymosi va ijodiga o‘zgacha tarzda, kreativ yondashgan holda logotip yaratishi lozim.
👨💻 Ishtirokchilarning yaratmoqchi bo‘lgan ijodiy ishini baholashda bevosita noodatiyligi va ma'nolarga boyligiga, mavzuga doir yaratganligiga alohida ustunlik beriladi.
👨💻 Ishtirokchi o‘z ijodiy ishini maktabning grafik dizayn to‘garagi rahbari Rajabov Sherzod (@xiva_grafik_dizayn) ga jo‘natishlari so‘raladi.
⏳Tanlovga ijodiy ishlar joriy yilning 10-dekabr sanasigacha qabul qilinadi. Tanlovda faqat Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari ishtirok qilishi mumkin.
➡️ Tanlovda eng munosib deb topilgan ijodiy ishlar, hakamlar hay'ati tomonidan baholanib, g‘oliblar:
1. Eng yaxshi she’r (1,2,3-o’rin)
2. Eng yaxshi publitsistik maqola (1,2,3-o‘rin)
3. Eng yaxshi tasviriy san'at (1,2,3-o’rin)
4. Eng yaxshi logotip (1,2,3-o’rin) kabi yo’nalishlarda aniqlanadi. Gʼoliblar Ogahiy tavalludiga bag'ishlangan tadbirning taqdirlash marosimida e'lon qilinadi va diplom hamda maxsus sovg'alar topshiriladi.

2-ISHTIROKCHI
Taxayyul tuhfasi
Naqshinkor darvoza qoshida turib,
Xayollar shiddati mahv etdi, Yo Rab.
Ana, biron mahram kelmoqda yurib,
Qopqa zanjirlari ketar sharaqlab…
Ichkarilayman-u, lolman- hayratda:
”Nahot, moziydaman“, - Hazrat oshyoni…
Fayzli bir xonadon, ham hashamatda,
Shuarolar jam bo‘lgan bog‘li ayvoni…
Davra o‘rtasida basavlat bir zot,
Chehrasida ziyo, lutfi xushzabon,
Ko‘klamga do‘nganday xushnuddir Qiyot,
She’r ahlin olqishlar: koinot, osmon…
So‘zlar Navoiyga mengzalgan siymo,
Qalbimda jo‘sh urar hissi ilohiy…
Tahsinlar yog‘ilar; ”Bale“,”Sallamno“,
Ash’or zavqin yo‘llar – Hazrat Ogahiy!
”Firdavs ul –iqbol“ning shavqimikin bu?
”Ravzat us- safo“ning qudrati yoxud?
”Taviz ul-oshiqin“ ishq bayti – mangu,
Feruzni aylagan – baxtiyor, ma’sud.
Mushoira galin oldi muridlar,
Ustod tavozu-la, chetga o‘tdilar.
Nogoh men tomonga boqib –muzaffar,
Ajab, hayratimga shodlik eltdilar:
”She’r-u shuur sehriga oshiq el ichra,
Kezaman, hamisha xushnud va masrur.
Avlodimga meros har bayt, har misra-
”Fayz-u nishot-u aysh“ aylagay zuhur.
Biling, muqaddasdur bu ko‘hna zamin,
Sizga duo,yurtga tilimda tahsin:
”Ilohi, har kuning Navro‘z bo‘lsin,
Hamisha tole’ying feruz bo‘lsin.“
Taxayyul tuhfasi shod etdi behad:
Ogahiy dillarda yashar toabad.
Naqshinkor darvoza qoshida turib,
Xayollar shiddati mahv etdi, Yo Rab…
✍: Zuhra Atajonova,
Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

Telegram
Ogahiy ijod maktabi
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hurmatli_eldoshlar
#Dolzarb
Sogʻligʻingizga beeʼtibor boʻlmang❗️
🦠 Xorazm viloyati sanitariya-epidemiologiya bosqarmasi ogohlantiradi. Qish mavsumida o‘zingizni va yaqinlaringizni asrang.
🎙 Kadr ortida siz tinglayotgan ovoz sohibasi Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"B" sinf o‘quvchisi Otaboyeva Asaloy bo'lib, ushbu videoogohlantirish iste'dodli o'quvchimiz tomonidan viloyat sanitariya-epidemiologiya bosqarmasining buyurtmasiga binoan tayyorlangan.
🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | ✅Telegram |🌐Instagram

3-ISHTIROKCHI
Ogahiyga ehtirom
She'r-u g'azallar meros,
Ogahiy bobomlardan.
Qo'liga qalam tutib,
O'tganlar olamlardan.
She'riyat osmonida,
Siz yulduzsiz bir porloq.
Siz bo'lmasangiz agar,
Osmon zimiston mutloq.
Xivaning gumbazini,
Zir titratgan navosiz.
Ijod gulzori ichra,
Bir muattar havosiz.
Tarjima asarlar-u,
Bitgan she'rlar-u, g'azal
Ogahiy izdoshiman,
Maqtangayman men azal.
Xorazmimning faxri,
Avlodlar iftixori.
Dilda saqlaymiz mudom,
Ogahiy bobom yodi.
Avlod so'ndirmaydi hech,
Siz yoqqan mash'alingiz.
Bo'lay deymizda biz ham,
Munosib farzandingiz.
Biz bormiz, siz o'lmaysiz
Yashaysiz dilda mudom.
Xotira abadiy deb,
Sizga qilay ehtirom!
✍Nozimaxon Rustambekova, Urganch shahar 30-sonli IDUMning 7-"G" sinf o‘quvchisi.

#bizning_ijod
Qo'rqaman ona
Og'riqdan charchasa yuragim yona,
Dardimni tinglaysiz bo'lib hamxona.
Mening hayotdagi yolg'iz suyanchim,
Sizni yo'qotishdan qo'rqaman ona.
Yaxshi ololmasman ko'nglingiz goho,
Dono farishtamsiz yerdagi tanho.
Dunyo yo'qotishdan qo'rqmayman, ammo
Sizni yo'qotishdan qo'rqaman ona.
Baxtimni so'raysiz hudodan kunda,
Kech kelsam kutasiz uxlamay tunda.
Har doim, hamisha bo'ling yonimda,
Sizni yo'qotishdan qo'rqaman ona.
Meni bir quchganda bag'ringiz to'lib,
Baxtimni ko'rganda chehrangiz kulib.
Boshimda turing bas duolar qilib,
Sizni yo'qotishdan qo'rqaman ona.
✍: Ro‘zimatova Mohinur,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchisi
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
Qo'rqaman ona
Og'riqdan charchasa yuragim yona,
Dardimni tinglaysiz bo'lib hamxona.
Mening hayotdagi yolg'iz suyanchim,
Sizni yo'qotishdan qo'rqaman ona.
Yaxshi ololmasman ko'nglingiz goho,
Dono farishtamsiz yerdagi tanho.
Dunyo yo'qotishdan qo'rqmayman, ammo
Sizni yo'qotishdan qo'rqaman ona.
Baxtimni so'raysiz hudodan kunda,
Kech kelsam kutasiz uxlamay tunda.
Har doim, hamisha bo'ling yonimda,
Sizni yo'qotishdan qo'rqaman ona.
Meni bir quchganda bag'ringiz to'lib,
Baxtimni ko'rganda chehrangiz kulib.
Boshimda turing bas duolar qilib,
Sizni yo'qotishdan qo'rqaman ona.
✍: Ro‘zimatova Mohinur,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchisi
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#Tanlovga
#Nazm
Ogahiyga ehtirom
4-ISHTIROKCHI
Ogahiy yodi
Azal elim shoirlarga, fozillarga makondir,
Ilm-u urfon olamida bori davr-u davrondir.
Baytlarida jilolanar misli ishqi sabuhiy,
Bir zot borkim nomi dongdor, ogohlardan Ogahiy.
Ogahiydir ikki olam asroridin xabardor,
''Taviz ul-oshiqin'' ichra namoyondir iqtidor.
Moziy bitilgan bitiklar undan meros bizlarga,
Faxr bilan yod etguvchi dono o‘g‘il-qizlarga.
Ikki asr bayotlari qalbimizdadur hamon,
Navoiyni ustoz bilgan, shunday buyuk bir inson.
Hamisha avlodlarga tabarrukdir ijodi,
Bugun ozod elimda e'zozda shoir yodi.
✍ Bozorboyeva Mafruza
Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati 10-''B'' sinf o‘quvchisi