Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.54K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Diqqat! Diqqat! Diqqat!

(Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim maktablari va Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi viloyatimizdagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o'qituvchi va o'quvchilari uchun)


E’LON

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi va "Xorazm haqiqati" va "Хорезмская правда" gazetalari birlashgan tahririyati bilan hamkorlikda Muhammad Rizo Ogahiy tavalludining 214 yilligi munosabati bilan Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim maktablari va Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi viloyatimizdagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o'qituvchilari hamda 6-, 7-, 8, 9, 10- sinf o‘quvchilari uchun tanlov e’lon qiladi. Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:
1. “Ogahiyga ehtirom” mavzusida she’riyat tanlovi. Bunda ishtirokchilar tomonidan Ogahiy hazratlariga bag’ishlov ruhidagi she’rlar yozishlari lozim.
2.  “Ogahiy g’azallarining mohir ijrochisi” - Ogahiy g'azallaridan ifodali o'qib, videotaqdimot tayyorlash. Davomiyligi - 2-5 daqiqa. Hajmi 90 mbdan oshmasligi lozim.

Ijodiy ishlar Ogahiy nomidagi ijod maktabi rasmiy telegram kanaliga tashlab boriladi.
Har bir yo’nalishda 3 nafar eng munosib o'qituvchi va o'quvchi g’oliblar rasmiy kanalimiz orqali yig‘ilgan layklar va hakamlar hay'ati tomonidan aniqlanib, joriy yilning 15-dekabr kuni ijod maktabimizda o’tkaziladigan tantanali tadbirimizga taklif qilinadi, hamkor tashkilotlarning diplom hamda Ogahiy ijod maktabining maxsus esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi.

Maqsadimiz – Ogahiy ijodini yoshlar orasida keng targ’ib qilish, Ogahiyga munosib izdosh bo’la oladigan salohiyatli ustoz va iqtidorli o’quvchilarni aniqlash hamda rag'batlantirish.
Tanlov uchun tayyorlagan ishlaringizni +998942364224 (@XorunMuso) telegram raqamiga yuboring! Tanlovga ijodiy ishlar 25-noyabrdan 10-dekabr sanasi yakunigacha qabul qilinadi. Tanlovga yuborilgan materiallar saralanib, Ogahiy ijod maktabining https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi kanalida e’lon qilinadi. Kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang!
Tanlov materiallari Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, "Xorazm haqiqati " va "Хорезмская правда" gazetalari birlashgan tahririyati xodimlari hamda Ogahiy ijod maktabi pedagoglaridan tuzilgan hakamlar hay'ati a'zolari tomonidan baholanadi.

Sizni ijod maktabida kutamiz!

Eslatma: tanlovda Ogahiy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari ishtirok etmaydi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
Ogahiy ijod maktabi pinned «Diqqat! Diqqat! Diqqat! (Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim maktablari va Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi viloyatimizdagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar…»
#Dars_muqaddas
#Ochiq_darslar_haftaligi

🏫 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi
🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

💫Ogahiy nomidagi ijod maktabning ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Inobat Saidova 24-noyabr sanasida 8-"A" sinf o'quvchilari bilan "Lutfiy g'azallari badiiyati" mavzusida ochiq dars tashkil qildi.

☀️Mashg'ulot davomida  "Kim tezkor?", "Bir g'azal sharhi", "Maqollar tilga kirganda"-g'azal  mazmuni  tahlili, "So'z  sehri" kabi metodlardan foydalanildi.
💫Dars davomida lug'atlar bilan ishlandi, shoir she'rlari tahlil qilindi. O'quvchilarga Lutfiy tili ma'nosi ochib berildi.

🎗Ushbu darsga kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan ustozlar dars haqida iliq fikrlar bildirdilar.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

| Telegram I Facebook I Instagram I YouTube |
#oʻquvchi_almashish_dasturi

🔰 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏛 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


⚡️Ijod maktabimizning 9-sinf o'quvchilari hamda ijod maktablari o'rtasida o'quvchilar almashinuvi dasturi doirasida tashrif buyurgan Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchilari ishtirokida Mirzaobod tumani  532 SCHR  batalyoniga tashrif uyushtirildi.

💫Ushbu tashrif davomida o'quvchilar harbiylarning yashash sharoitlari, o'quv-amaliy mashg'ulot jarayonlari hamda harbiy texnika vositalari bilan yaqindan tanishish barobarida o'zaro fikr almashdilar va o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Shuningdek, o'quvchilar tomonidan yangragan vatanparvarlik, fidoiylik, qolaversa, harbiylar va ularning Vatan oldidagi xizmatlari to'g'risidagi she'r va qo'shiqlari barchada o'zgacha taassurot qoldirdi.

🎯Bizni kuzatishda davom eting!   

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
Ayni damda Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Qiyot oqshomlari" mushoira loyihasi boshladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM