Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.54K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Sport_musobaqasi
#Jarayon

📍Ogahiy nomidagi ijod maktabida "1-dekabr Xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni" ga bagʻishlangan sportning basketbol turi boʻyicha musobaqa tashkil qilindi.

❇️ Musobaqada 7-"B" sinfining "Burgut " jamoasi va 7-"A" sinfining "Lochin" jamoasi o‘zaro bellashdilar.

🔎 Musobaqani Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha direktor oʻrinbosari Toxirjon Kadamov va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi Laylo Xurmatova olib bordilar.

🏆 Sport musobaqasi yakunida 7-"B" sinfining "Burgut " jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Ochiq_darsda_bellashuv

🔰22- noyabr kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-"A" sinfida jismoniy tarbiya fanidan o'qituvchi, yengil atletika bo'yicha O'zbekiston chempioni Xurmatova Laylo rahbarligida "Sport o‘yinlari. Basketbol o‘yini qoidasi va qoidalar asosida ikki tomonlama o‘yin" mavzusida ochiq dars tashkil etildi.


🏀O‘qituvchi basketbol o‘yini qoidalarini tushuntirish bilan birga, basketbolchining o'yindagi harakatlarining nozik elementlarini o‘rgatdi. Mashg'ulotning ikkinchi qismida sinf o'quvchilari ikki guruhga bo‘linib basketbol o'yinida bellashdilar.

Dars qiziqarli, bellashuv qizg'in kechdi va o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Bizda_shunday_ustozlar_bor
#Xushxabar

🏫 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Ogahiy nomidagi ijod maktabi

⚡️O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan umumta'lim fanini bilish darajasi to'g'risidagi imtihon natijalari e'lon qilindi.

Unga ko'ra, ijod maktabimizda faoliyat yuritib kelayotgan ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Yusupova Barno Nazarovna umumiy 81,2 ballni qo'lga kiritdi.

💫Ustozimizni ushbu g'alaba bilan Ogahiy nomidagi ijod maktabi jamoasi nomidan chin dildan muborakbod etgan holda kelgusi pedagogik faoliyatida ham omad va zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz!

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
#Bizda_shunday_ustozlar_bor

🏫 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Ogahiy nomidagi ijod maktabi

⚡️O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan umumta'lim fanini bilish darajasi to'g'risidagi imtihon natijalari e'lon qilindi.

Unga ko'ra, ijod maktabimizda faoliyat yuritib kelayotgan ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Atayeva Zamira Raximberdiyevna umumiy 79,6 ballni qo'lga kiritdi.

💫Ustozimizni Ogahiy  nomidagi ijod maktabi jamoasi nomidan chin dildan muborakbod etgan holda kelgusi pedagogik faoliyatida ham omad va zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz!

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
‌‌
#Dastur_ijrosi_amalda
#Zakovat

📆 Noyabr oyining 22-sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi o‘quvchilari bilan birgalikda jamoaviy tarzdagi "Zakovat" turniri bo‘lib o‘tdi.

➡️ Bellashuvda


1. 7-"A" sinfining "Ogahiy izdoshlari"
2. 7-"B" sinfining "Renessans"
3. 8- "A" sinfining "Temuriylar"
4. 8-"B" sinfining "Yosh Beruniylar"
5. 9-"A" sinfning "Humo"
6. 9-"B" sinfning "Adolat"
7. 10-"A" sinfning "Algoritm" jamoalari o‘zaro bellashdilar.

Maktabimizning zakovat koordinatori A.Ro‘ziboyev tomonidan o‘quvchilarga bir-biridan qiziqarli bo‘lgan savollar berildi. Maktab direktori S. Abdullayev zukko bilimdonlarni, mehmon o‘quvchilarni ham alohida e'tirof qilib o‘tdi.

🏆 Eng so‘nggi pallada hammadan ko'p ball to'plab, savollarga aniq javob bergan, 10-"A" sinfining "Algoritm" va 8-"B" sinfining "Yosh Beruniylar" jamoalari g'oliblikni qo‘lga kiritib "Hafta bilimdonlari" deb e'tirof qilindi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌