Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.7K photos
2.46K videos
311 files
7.64K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
⚡️ 2024-yildagi dunyoning eng top universitetlari

Birinchi top 10 talikda quyidagi OTMlar bor:

1️⃣ Oksford universiteti — Buyuk Britaniya;
2️⃣ Standford universiteti — AQSH;
3️⃣ Massachusets texnologiyalar universiteti — AQSH;
4️⃣ Garvard universiteti — AQSH;
5️⃣ Kembrij universiteti — Buyuk Britaniya;
6️⃣ Prinston universiteti — AQSH;
7️⃣ Kaliforniya texnologiyalar universiteti — AQSH;
8️⃣ London imperial kolleji — Buyuk Britaniya;
9️⃣ Kaliforniya universiteti — AQSH;
🔟 Yel universiteti — AQSH.
#XUSH_KELIBSIZ

⚡️ "O'quvchilar almashish dasturi" ijrosi doirasida Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Xiva shahriga yetib keldilar.


Ular Xiva shahri vokzalida Ogahiy nomidagi ijod maktabi ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Boburjon Sadullayev rahbarligida iliq va ko'tarinki kayfiyatda kutib olindi.

➡️ Mehmonlar Ogahiy nomidagi ijod maktabi shinam o'quvchilar turar joyiga joylashtirildi.

💡 Ushbu o'quvchilar bir hafta davomida bizni maktab o'quvchilari hisoblanadi va ijod maktabimizda yashab, ta'lim-tarbiya oladilar.



Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
#Bizning_ijod

Surat

Katta muzey, katta joy,
Sokin, tinchlik va hayrat,
Bittagina suratni,
Koʻrib oʻtishadi, lek...
Eʼtibor bermay faqat.

Nechun hayolim olib,
Tortar meni oʻziga.
Oʻzgacha bir sir bordek,
Uning mungli koʻzida.

Surat shunday chizilgan:
Rangsiz, ammo naqshinkor,
Yoshlar turar tizilib.
Xatosidan pushaymon,
Bir qiz yigʻlar ezilib.

Goʻyo jonli insondek,
Najot kutar termulib.
Yordam bergim kelardi,
Menga dardi ilinib.

Aytmoq istaydi balkim,
Butun qalbda borini.
Balkim oʻzi istamas,
Balkim, yoʻqdir zaboni.

Oʻzgalarning ishi yoʻq,
Ularga bu oddiy hol.
Men ichimdan muzladim,
Ular yurar bemalol.

Termulganimcha hatto,
Sovib ketdim shu zamon.
Eʼtiborim kerakmas,
Boʻldi. Angladim. Tamom.

Oʻz-oʻzimga taskinim,
Hayot hali oldimda.
Unutmoq istasam ham,
Oʻsha surat ongimda...

: Rustamboyeva Nigina,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o‘quvchisi


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram‌‌
Qay biri toʻgʻri?

Erondagi shahar – ...
Anonymous Quiz
49%
Isfaxon
51%
Isfahon
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
42%
Jangavor harakatlar
58%
Jangovar harakatlar
Qay biri toʻgʻri?

Pastqam, xilvat joy, odamdan xoli joy; pastqamlik, xilvat – ...
Anonymous Quiz
12%
Avloq
78%
Ovloq
9%
Ovlaq
Badiiy adabiyotlarda uchraydigan “farahbaxsh” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
22%
Tashvishli, gʻam-qaygʻuli
30%
Muhabbatga toʻla
49%
Quvonchli, yoqimli
Meni koʻrdi-yu... bola bechora tarrakdek qotdi. (X. Toʻxtaboyev, “Sariq devni minib”.)

Jumlada qoʻllangan “tarrakdek qotmoq” iborasidagi “tarrak” nimani bildiradi?
Anonymous Quiz
67%
Taxta, yogʻoch
15%
Poliz ekini
18%
Sham, mum
Badiiy asarlarda uchraydigan “qaznoq” soʻzining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
25%
Boshdagi mayda qipiq
55%
Ombor vazifasini oʻtovchi xona
20%
Oʻra qazish bilan shugʻullanuvchi kishi
#Kuz_ilhomlari
#Tanlovga

26-ISHTIROKCHI
KUZ MANZARASI

📸: Saidova Shaxnoza,
Ogahiy ijod maktabining 11-"A" sinf oʻquvchisi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ogahiy ijod maktabi
Video message
Live

Ayni daqiqalarda Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinfida Rus tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Qarriyeva Sohiba tomonidan tashkillashtirilgan "Белое золото Узбекистана" mavzusida ochiq dars bo'lib o'tmoqda.
#Dastur_ijrosi_amalda
#Oʻquvchi_almashish

⚡️ Ijod maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobatni shakllantirish, oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, oʻquvchilarni hududlar va ulardagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy anʼanalar, etnografiya, folklor bilan yaqindan tanishtirish maqsadida "Oʻquvchi almashish" dasturi yoʻlga qoʻyilgan.

Ushbu haftada:
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida;

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari Ogahiy nomidagi ijod maktabida;

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi oʻquvchilari esa Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida hafta davomida dastur doirasidagi barcha tadbirlarda ishtirok etishlari rejalashtirilgan.

#ijod_maktablari #Xorazm #Qashqadaryo #Sirdaryo #Fargʻona #Jizzax #Namangan

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM