Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha animatsion roliklarni taqdim etadi!
✅ Bugungi kun yoshlari bilimni nafaqat kitoblar orqali, balki turli mediavositalar orqali qabul qilishga o‘rganishgan. Shuni hisobga olgan holda, vazirlik tomonidan turkum videodarslar tayyorlanmoqda.
Umumta’lim maktablari o‘quvchilariga O‘zbekiston tarixi fanini yanada chuqurroq o‘rgatish, ajdodlarimiz merosini kengroq tushuntirish maqsadida ular uchun 2D formatdagi animatsion roliklar tayyorlandi.
❗️Ushbu maxsus tayyorlangan roliklarda O‘zbekiston tarixining eng qadimgi davridan hozirgi kungacha bo‘lgan voqealar qamrab olinadi.
E’tiboringizga havola etilayotgan ilk videorolik "O‘zbekiston hududidagi eng qadimgi davlatlar" mavzusiga bag‘ishlangan.
➖ Davomi bor...
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

#Yangi_hikoya
#Bizning_ijod
O'RINDIQDAGI GUL
Noyabr oyining sovuq pallalari edi. Bu bulutli osmondan kunduz bilan tunni farqlab bo'lmay qolgandi. Yomg'ir tinmay yog'ganidan odamlar ko'chaga soyabonsiz chiqolmas edilar. Yomg'irning yog'ishi sirli, sen kutmagan paytingda yog'ib yuborardi. Bugun ham havo shamolli va osmon har doimgidek qora bulutlar bilan to'lgan. Tomlardan chakki o'tib ovozi eshitilib turar, huddi yomg'ir uylar tomining qulog'iga shivirlayotgandek tuyulardi. Lekin bu havodan so'ng insonlar qalbida go'zal va iliq tuyg'ular kurtak ochar, yomg'ir esa ularni ko'kartirar edi go'yo. Shamolning esishi bir tekis ohangda, mayin edi. Bu shaharning uzun va tor

ko'chalaridan birida bir tomonlama qavatli uylar joylashgan, bir tomoni esa do'konlar bilan to'la edi. Ko'cha juda tor bo'lsa-da mashinalar serqatnov edi. Yo'llarning ko'lmaki huddi quduq kabi chuqurligidan odamlar yayov bo'lishsa uzun suv etiklari kiyib yurishadigan bo'lishgandi. Shu ko'chadagi do'konlarning oldida dam olishga mo'ljallangan qator yozgi o'rindiqlar turardi. Hozir kuz, sovuq havo bo'lganidan o'rindiqlar bo'm-bo'sh turardi. Lekin har doim bir yigit shu do'konlar orasidagi "Markes" qahvaxonasining oldidagi o'rindiqqa kelib o'tirardi. U qora rangli, qimmat palto, qora rangdagi mayin ipakdan tayyorlangan shlyapa, uzun charm etik va qalin qo'lqop kiyib kelardi. Har zamon boshini ko'tarib qo'yar va shunda shlyapasining tagidan qora sochlari va moviy rang ko'zlari ko'rinib turardi.
Yigit kelganida qo'lqop bilan qoplangan qo'llarida har doim qizilligidan porlab turuvchi atirgulni olib kelardi. Har doim yangi-yangi gullar keltirar va ular borgan sari go'zallashib borayotganga o'xshar edi. Mana bugun ham sekingina, yerga qarab o'rindiq tomonga kelmoqda. Bir qo'lida soyabon, ikkinchi qo'lida esa atirgul bor edi. O'rindiq oldiga yetib keldi. Soyabonini yopib, asta o'rindiqqa joylasharkan, gulni avaylabgina yonidagi joyga qo'ydi. Va har safargidek oxiri ko'rinmas yo'llarga boqib, kimnidir kutib o'tirardi. Ammo hech kim kelmas, u kimni kutayotgani esa noma'lum...
U o'tiradigan o'rindiqning qarshisida, yon atroflari archazor, besh qavatli uy bor edi. O'sha uyning ikkinchi qavatida Oydin ismli bitta qiz yashardi. U qizning oilasidagilar uch yil muqaddam chet elga ishlagani ketishganidan beri dom-darak yo'q, haligacha qaytishmagan edilar. Qizning bir o'zi yashab, shu yaqindagi to'rt sotadigan do'konlardan birida yordamchi bo'lib ishlar edi. U har oqshom yomg'irning yog'ishini kuzatib o'tirar, bu unga zavq bag'ishlar edi.
Oydin bir kuni derazadan boqib, ko'cha chiroqlarining yog'dusida o'sha yigitni payqab qoldi. Bir necha kun guvohi bo'ldiki, u yigit shunday havoda ham kimnidir kutib o'tirar, go'yo sovuq havo unga zarracha bo'lsa-da ahamiyati yo'qdek edi. Yigit yomg'irdan gulni va bir kishilik joyni asrardi. Bu voqedan so'ng Oydin yomg'irni emas, aksincha yigitni kuzatadigan, uning uchun Ollohdan baxt so'raydigan bo'lib qoldi.
Mana bugun ham qiz derazasini asta ochdi, derazadan mayin shamol esib Oydinning sochlarini siladi, qiz bu havodan to'yib nafas olib, yengil tortarkan ko'zi o'sha sirli yigitga tushdi. Yuqoridan turib, pastga qararkan, odamlar emas faqat soyabonlar ko'rinardi. Ular har tomonga shoshar, hech birining yuzi ko'rinmasdi. Faqat o'sha yigitgina o'rindiqda jimgina o'tirardi. U har o'tgan insonga sinchiklab qarardi. Ko'chada odamlar kamayib qolishdi. Qiz jilmayib o'rindiqqa boqdi va chuqur xo'rsinarkan xayol sura boshladi:
- Nahotki, hozir ham shunday muhabbat mavjud bo'lsa? Qani edi yigit sovuq havolarda ham, yomg'ir ostida ham qiynalib kutadigan inson men bo'lib qolsam...
O'sha kelmayotgan inson kim bo'lsa ham undan nafratlanib ketayabman! Nahot bir insonni ham shuncha kuttirish, qiynash mumkin? U seni kutishingga arzirmikan? Seni zarracha hurmat qilsa allaqachon aqalli bir bora kelgan bo'lardi. Qani edi bu gaplarimni tushunsang...
Xayollar og'ushiga tushib qolgan Oydin tun tushganini ham sezmay qolibdi. Endi derazani yopgan ham edi birdan yomg'ir yog'ib yubordi. Qiz derazadan yigitga qaradi. U bor kuchi bilan gulni panalar, hatto boshidagi shlyapasini ham yechib gulni yomg'irdan saqlar edi. Sochlari, usti-boshi jiqqa ho'l bo'lgan, sovuq otganidan qaltirab turar edi. Qiz chidolmay yig'lab yubordi. Labi titrab turarkan, gapira boshladi:
- Ey Xudoyim, dunyoda shunday insonlar ham bor ekan, -dedi g'amgin tovushi bilan, ko'z yoshlari yuzini yuvarkan, -kimdir bir insonni jonidan ortiq ko'rib, kutadi. U inson esa hech qachon kelmaydi...
Oradan kunlar o'tdi. Oydin har doimgidek ishdan kelib, derazadan o'rindiqqa boqdi. Bugun o'sha o'rindiqda hech kim yo'q, faqat gul va yana qog'ozga o'xshagan narsa ko'rinib turardi. Ko'cha oralig'i tor bo'lgani sabab u joylar yaxshi ko'rinib turgandi.

Bu manzarani ko'rgan qiz yugurib pastga tushdi. Yuragi g'ashlandi, yo'lda mashinalar ko'p, narigi tarafga o'tib olguncha ham biroz vaqt o'tdi. Nihoyat o'sha o'rindiq oldiga borar ekan ko'rishni istagan o'rindiqdagi atirgulga ko'zlari tushdi. Ammo negadir gul nur sochmayotgan, avvalgidek go'zal emasdi. Uni olmoqchi bo'lib qo'lini asta uzatarkan, ko'zi o'rindiqning narigi tarafida turgan qog'ozga tushdi. Qog'ozni qo'liga olar ekan, unda bir nimalar yozilganini ko'rdi. Xatga sinchiklab qaradi, kimdan ekanligi, kimga yozilgani noma'lum edi. Xatni o'qiy boshladi, unda shunday satrlar turardi:
- Salom Oydin, sog'- omonmisan? Seni ko'p kuttim, afsus Ollohim ko'rishishni nasib aylamagan ekan. Ha, qayerda kutting demoqchimisan? Yoshligimizda kulib-quvnab yuradigan "Oq oltin" ko'chasida. Ammo hozir ko'chaning nomini almashtirishibdi. Agar xatimni hozir o'qib turgan bo'lsang, bilki men bu dunyodan allaqachon ketib bo'lganman. Senga dostonlar yozib qoldirardim, lekin vaqtim kamligi uchun, qisqa yozaman. Sen bilan ko'rishish armon bo'ldi. Afsus... Endi osmonlarda ko'rishamiz. Seni qadrli yaqining...
Xatning davomi yozilmagan, qog'ozda ochiq joyi qolib ketgan edi. Qiz xatni bag'riga bosarkan qattiq yig'ladi.
- Oybek, Oybek, -dedi titroq tovushi bilan, -meni kechir! Men ahmoqni kechir! Sen kutayotgan insondan nafratlangan edim, nahot u, u o'zim?..
Shu payt yomg'ir yog'di. U osmonga qararkan:
Yig'lama, -dedi yomg'ir tomchilariga kaftini tutib, -biz albatta baxtli bo'lamiz, faqat keyinroq, faqat samolarda. Faqat seni yana kuttiraman, meni kechir.
O'rindiqda turgan gulni bag'riga bosdi.
✍:Oygul Nurmamatova, Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-"B'' sinf o'quvchisi
—————
O'quvchilarimizning eng yangi ijod namunalari birinchi bo'lib bizning kanalda👇
Kanalga ulanish uchun👇
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi

Telegram
Ogahiy ijod maktabi
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.
📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot

Forwarded from Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
Bugun, 4-noyabr kuni matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan asosiy fan olimpiadasining III(viloyat) bosqichiga start beriladi.
Biologiya, kimyo, fizika, matematika fanlari Urganch shahridagi IM binosida, informatika fani Urganch shahridagi IT-Park Xorazm filiali binosida o'tkaziladi.
Jarayonlarni boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali kuzatishingiz mumkin.
Telegram/Youtube/Facebook/Instagram/Web-sayt
Biologiya, kimyo, fizika, matematika fanlari Urganch shahridagi IM binosida, informatika fani Urganch shahridagi IT-Park Xorazm filiali binosida o'tkaziladi.
Jarayonlarni boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali kuzatishingiz mumkin.
Telegram/Youtube/Facebook/Instagram/Web-sayt
Forwarded from Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
Asosiy fan olimpiadasining III(viloyat) bosqichi jarayonlarini boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali kuzatishingiz mumkin.
Biologiya, kimyo, fizika, matematika fanlari Urganch shahridagi IM binosida
https://www.facebook.com/100051296118900/videos/1076723833696207/?mibextid=Nif5oz
informatika fani Urganch shahridagi IT-Park Xorazm filiali binosida
https://youtube.com/live/SYfZbFYyfeo?feature=share
o'tkazilmoqda.

#Samarqand
#Xalqaro_konferensiya
#Ogahiy_ijod_maktabi
📌Bugun Samarqand shahrida O‘zbekiston talabalar assotsiatsiyasi hamda "Milliy tiklanish" demoktarik partiyasi Samarqand viloyat kengashi bilan hamkorlikda tashkil qilingan Xalqaro talabalar konferensiyasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
✅Unda Ogahiy nomidagi ijod maktabi pedagog-tarbiyachisi Xaitbayeva Tamara rahbarligida 10-"B" sinfning o'quvchilari Matkarimova Sarvinoz va Abdusharipova Muxlisalar ham ishrirok etmoqdalar.
🔰Konferensiyada:
1.Turizm
2. Tadbirkorlik va biznes
3. Xorijda ta'lim va grantlar (ingliz tilida)
yo'nalishlari bo'yicha spikerlar tomonidan mahorat darslari o'tkaziladi.
❗️Eslatib o'tamiz: konferensiya 3-4-5 noyabr kunlari bo'lib o'tadi va dasturda mahorat darslari bilan birgalikda Samarqand shahrining tarixiy obidalari, ziyoratgohlari va diqqatga sazovor joylariga sayohatlar ham rejalashtirilgan.
Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati
👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram

OLIY MUKOFOT TOPSHIRILDI
04.11.2023✅
PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOYEVGA OLIY MUKOFOT TOPSHIRILISHIGA OGAHIY NOMIDAGI IJOD MAKTABI DIREKTORI S.ABDULLAYEV VA VILOYAT MMT BOSHQARMASI BOSHLIG'I X.BEKTEMIROVLARNING MUNOSABATI
📲@XorazmTELEKANAL✔️
Telegram kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEnP4H2TABCMSDrRMA