Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.8K photos
2.46K videos
311 files
7.65K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
#Hamkorlikdagi_tadbir
#Xiva_shahri

🔰 Joriy yilning 26-oktabr sanasida "Qizlar ovozi" klubi tomonidan tashkillashtirilgan "Yosh ijodkorlar" uchrashuvi Xiva shahridagi Axborot kutubxonada bo'lib o'tdi.

💠 Bunda Ogahiy nomidagi ijod maktabining ijodiy to‘garak rahbari Jumanazar Yo‘ldosh va faol ijodkor yoshlari qatnashib, o'z ijod namunalarini tengdoshlari e'tiboriga taqdim qilishdi.

"Yosh ijodkorlar" uchrashuvida Xiva shahridagi "Qizlar ovozi" klubi a'zolari ishonch yorlig'i bilan taqdirlanishdi.


🏅 Ular orasida maktabimizning 10-"A" sinf o‘quvchisi Atajonova Hulkaroy va 8-"B" sinf o‘quvchisi Yo‘ldoshova Dilrabolar ham ishonch yorlig'i bilan taqdirlandilar.

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#ijod_maktabi

⚡️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Vazir Hilola Umarova yaqinda "Zakovat" respublika ko'rik-tanlovida birinchi o'rinni egallagan jamoa a'zolarini yana bir bor tabriklab, ularning keyingi ishlariga omad tiladi.

✔️ Shuningdek, "Zakovat" jamoasi ustozi, ijod maktabining tarix fani o'qituvchisi Ravshan Xolovni "Xalq ta'limi a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon_loyihasi

🌳 Yurtimiz bo‘ylab "Yashil makon umummilliy loyihasi" bo‘lib o‘tmoqda.

📄 Xabaringiz bor, joriy yilning 25-oktabridan boshlab respublikamiz boʻylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida kuzgi koʻchat ekish mavsumiga start berildi.

🔹Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabida ushbu loyihaning ijrosi ta'minlanmoqda.

🍂Oltin kuz oʻz tarovatini maktabimiz ichra boʻy koʻrsatayotgan bir pallada atrofiga ekilayotgan daraxtlar hududga yanada goʻzal manzara baxsh etmoqda.

🌱 Umummilliy loyihada maktab direktori, o‘rinbosarlar, ishchi xodimlar va ko'ngilli o‘quvchilar ham ishtirok qilishdi. Loyiha doirasida 100 dan ziyod turli manzarali daraxt va gullar ekildi.


🍀 Koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari 1-dekabrga qadar izchil davom ettiriladi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#Yashil_makon_loyihasi

🌳 Yurtimiz bo‘ylab "Yashil makon umummilliy loyihasi" jarayonidan foto lavhalar.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram