Ogahiy ijod maktabi
1.13K subscribers
29.4K photos
2.44K videos
311 files
7.59K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💎 „ Yonimda turing “

🎙Sheʼrni S. Abdullayev oʻqidi.

Bizni telegram ijtimoiy tarmog'ida kuzating:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanlovga
#ona_tilim_faxrim

VIDEOROLIK
1-ISHTIROKCHI


🎬 Umida Bardiyeva,
Ogahiy ijod maktabining 9-"A" sinf oʻquvchisi


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#tanlovga
#ona_tilim_faxrim

RASSOMCHILIK
1-ISHTIROKCHI


🌠: Abdusharipova Muxlisa,
Ogahiy ijod maktabining 10-B sinf oʻquvchisi


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#tanlovga
#ona_tilim_faxrim

NAZM
4-ISHTIROKCHI

Qadring baland boʻlsin-ona tilim.


Balki oddiy tilsan, balki bexasham,
Balki kimlargadir borliging shuhrat.
Senga ozor bersalar oʻksinma, erkam,
Sening dunyoyingda men bitta payvand.

Sen chinorsan oʻzbegimning ertasini,
Yashnatuvchi yaproq boʻlay faxr bilan.
Tilim...seni jondan sevib,asraguvchi,
Chin insonlar bu diyorda topilmaydi kam.

Senga armugʻondir shirin sadolar,
Nazm gulshanining eng buyuk guli.
Bugun tole'ying ham osmonlar oʻpib,
Minbarlarda yangrar Navoiy tili.

Kimgadir borliging bilinmas aslo,
Bu qadring men uchun dunyolar qadar.
Agarda boqiysan, men senga oshno,
Lek...
Soʻlaman, dunyoda yoʻqolsang agar.

Olis tarixingda qiynalgandirsan,
Lek ochgansan uzun yoʻlakchalarni.
Avaylab-avaylab oʻzim sugʻuray,
Tovoninga yopishgan zirapchalarni.

✍️ RUSTAMBOYEVA NIGINA,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining, 8-"A" sinf o‘quvchisi


👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toʻgarak_jarayonlari
#Videorolik

🏢 Ogahiy nomidagi ijod maktabida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri taqsimlash, undan imkon qadar samarali foydalanishga qaratilgan to‘garak faoliyatlari haqida «Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash» to‘garak rahbari Quriyozov Murodbek tomonidan tayyorlangan

🎬 ushbu videorolik orqali taassurotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanlovga
#ona_tilim_faxrim

VIDEOROLIK
2-ISHTIROKCHI


🎬 Ozodova Mehribon,
Ogahiy ijod maktabining 7-"A" sinf oʻquvchisi
#tanlovga
#ona_tilim_faxrim

RASSOMCHILIK
2-ISHTIROKCHI


🌠: Qurbonova Farangiz,
Ogahiy ijod maktabining 10-"A" sinf oʻquvchisi
#tanlovga
#ona_tilim_faxrim

NAZM
5-ISHTIROKCHI


Sendayini bormi olamda...

Aytgin tilim sendayini bormi olamda?
Go'zal, serjilosan sen hamma damda.
Seni kuylayolmay men misli Layli,
Ona tilim bu uchun ne desang mayli.

Navoiy sen ila topibdi kamol,
Sen birla dunyo qoldi unga lol.
Xamsasin yozgandir turkiy tilinda,
Bo'lmish Bayoniy bu ishinda behol.

Ogahiy seni kuyladi har lahza,
Kerak bo'ldi unga faqat bir narsa.
Sening so'zing birla ham mehring ila,
''Oshiqlar tumorin'' aylab payvasta.

Men kimman? Oddiy bir qizing,
Yozdim senga ushbu qasidam.
Tilimda aylanmas sening ta'rifing,
Bunday sevgi bor aytgin yana kimda?

: Yo'ldashboyeva Xoljonoy,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining 11-"A" sinf o'quvchisi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tanlovga
#ona_tilim_faxrim

VIDEOROLIK
3-ISHTIROKCHI


🎬 Xayitova Ro‘zaxon,
Ogahiy ijod maktabining 7-"A" sinf oʻquvchisi
#ona_tilim_faxrim

Aytib sovumas taronasan sen,
Olib qurumas xizonasen sen.

✍️“Layli va Majnun” Alisher Navoiy – Tilimiz haqida

Остановка - BEKAT
Носки - PAYPOQ
Обед - TUSHLIK
Обои - GULQOG‘OZ
Обслуга - XIZMAT
Общежитие - YOTOQXONA
Общий - JAMI
Одолжение - ILTIFOT
Оптом - ULGURJI
От души - CHIN QALBDAN
Отвёртка - MIXBURAGICH
Ответ - JAVOB
Отдых - DAM
Отопление - ISITISH TIZIMI
Очередь - NAVBAT

⚠️O‘zbek tilidan sof foydalaning!
#Toshkent_boʻylab
#Zakovatchilar_sayohatda

❇️ Toshkent shahrida o‘tkazilgan "Zakovat" turnirining respublika bosqichida ishtirok qilgan Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilar jamoasi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi direktori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, matnshunos, ogahiyshunos olima Hilola Nazirova boshchiligida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Shaqrshunoslik instituti qo'lyozmalar fondiga ilmiy sayohat uyushtirishdi.

Sayohatda tarix fanlari nomzodi, ogahiyshunos olim Nuryog’di Toshev hamrohligida lirik shoir Muhammad Rizo Ogahiy bobomizning dastxat va qo'lyozmalari bilan tanishish baxtiga muyassar bo‘lishdi.

🔎 Bir olam taassurotlarga boy sayohatda o‘quvchilar qimmatli ma'lumotlarga ega bo‘ldilar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Tashrif
#Turkiya_elchisi

🔰 Joriy yilning 16-oktabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabiga Turkiyaning O'zbekistondagi elchixonasi ta'lim maslahatchisi Jonqal o'g'li Yilmaz tashrif buyurdi.

🔹Mehmonimiz maktab faoliyati, yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shu bilan birgalikda o‘tgan o‘quv yilidan buyon Turk tilidan saboq berib kelayotgan Turkiyalik o‘qituvchi Ogun Yavuzning o‘quvchilar bilan olib borayotgan ish faoliyati va yutuqlari bilan yaqindan tanishdi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|