Ogahiy ijod maktabi
1.15K subscribers
31.3K photos
2.51K videos
313 files
7.88K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_va_biz
#Tomosha_qiling

📍 Ogahiy nomidagi ijod maktabining iste'dodli o‘quvchilaridan "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti sovrindori 10-"B" sinf o‘quvchisi Javohir Karimov viloyatimizning S-IKBOL telekanalining "Ilg‘or yoshlar" nomli ko‘rsatuvida mehmon bo‘ldi.

🖥 Qahramonimizning hayot yo‘li, erishgan yutuqlari haqida bergan intervyusi haqida bilmoqchi bo‘lsangiz.

⌛️11-oktabr soat 19:00 da S-IKBOL telekanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Xushxabar
#Qutlov

⚡️O‘quvchi yoshlarga ta'lim, tarbiya berish bilan birgalikda, ularga namuna bo‘lib kelayotgan pedagog-ustozlarimizdan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha direktor o‘rinbosari,👨‍✈️ leytenant Kadamov Toxirjonga

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 31-maydagi qaroriga binoan ta'sis etilgan 🎖"Vatan tayanchi" harbiy vatanparvarlik harakati emblemasi topshirildi.

👏Jamoamiz nomidan Toxirjonni samimiy tabriklaymiz. O‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari yo‘lida doimo omad hamrohi bo‘lishiga tilakdoshmiz.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Diqqat
#Tanlov_natijalari
#1_oktabr

⚡️ 1-oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Ogahiy nomidagi ijod maktabi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining viloyatimizdagi Prezident, Ijod va ixtisoslashtirilgan maktab hamda maktab-internatlari o'quvchilari uchun "Ustozimga dil izhorim" nomli tanlovga nazm, rasm va videorolik yo‘nalishlari bo‘yicha ko'plab ijodiy ishlar kelib tushdi.

👨‍💻 Hakamlar hay'ati tomonidan har bir ishtirokchining ishlari e'tiborga olinib, eng munosiblarini aniqladik. Demak, g‘oliblarimiz bilan tanishing

NAZM

🥇10-ishtirokchi, Bozorboyeva Mafruza - Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi
🥈13-ishtirokchi, Zaribboyeva Jasmina - Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi
🥉8-ishtirokchi, Botirova Gulsevar - Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi


RASSOMCHILIK

🥇8-ishtirokchi, Qutliyev Lazizbek - Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi
🥈13-ishtirokchi, Sobirova Dinora - Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi
🥈5-ishtirokchi, Baxromboyeva Maftuna - Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchisi
🥉4-ishtirokchi, Po'latova Ruxshona - Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi
🥉10-ishtirokchi, Sobirov Muntazir - Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi


VIDEOROLIK
(jamoaviy ishtirok uchun)


🥇8-ishtirokchi, Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
🥈30-ishtirokchi, Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
🥉46-ishtirokchi, Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

VIDEOROLIK
(yakka tartibda ishlangan)


🥇39-ishtirokchi, Qadamova Bashorat - Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi
🥈28-ishtirokchi, Otaboyeva Mumtozxon - Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi
🥉25-ishtirokchi, Yuldasheva Sarvinoz - Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi


👏 G‘oliblarni chin dildan qutlaymiz. Barcha g‘oliblar joriy yilning 13-oktabr soat 15:00 da Ogahiy nomidagi ijod maktabida bo‘lib o‘tadigan taqdirlash marosimiga kelishlari so‘raladi. Maktab ma'muriyati tomonidan g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshiriladi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
O‘quvchilar o‘rtasidagi “Zakovat” turnirlarining respublika bosqichi 15-, 22- va 29-oktabr kunlari o‘tkaziladi!

Oktabr oyida “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan o‘tkazib kelinayotgan bir qator nufuzli turnirlarning respublika bosqichi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Jumladan:

15-oktabr kuni - Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” turnirining;

22-oktabr kuni - Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining;

29-oktabr kuni - O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Yuqoridagi barcha o‘yinlar Toshkent shahridagi “Zakovat arena” binosida, soat 10:00da boshlanadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
#Audio_asarlar_yaratish
#Toʻgarak_jarayoni

📆 Oktabr oyining 10-sanasida
Ogahiy ijod maktabida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri taqsimlash, undan imkon qadar samarali foydalanishga harakat qilinmoqda.


🔸Shu o‘rinda «Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash» to'garagi faoliyat yuritmoqda. To‘garak rahbari Quriyozov Murodbek "Videovizual asar yaratish" mavzusi bo‘yicha o‘quvchilarga tushunchalar berib o‘tdi.

🔻To‘garak a'zolari o‘rgangan bilimlari asosida ijodiy ishlarini taqdim qilishdi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Toʻgarak_faoliyati
#Live

📆 Joriy yilning 10-oktabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Drama" to‘garagi rahbari Atoboyev Elyor tomonidan mashg‘ulotga yangi qabul qilingan o‘quvchilar uchun "Ijrochi kursilar" nomli kreativ o‘yin o‘tkazilmoqda.

➡️ O‘quvchilar o‘yin shartiga ko‘ra tugagan qo‘shiq harfini davom qildirishi kerak bo‘ladi.


📸 Jarayondan lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mening_fikrim
#Yangi_loyiha

🔰 Joriy yilning 10-oktabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarini bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida tarbiyachi-pedagoglar tomonidan 7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Mening fikrim" loyihasi bo‘lib o‘tdi.

❇️ Loyihada asosan o‘quvchilar sahna madaniyati, o‘z fikrini ommaga yetkaza olish, nutq uslublari bo‘yicha ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar. Belgilangan shartga ko‘ra o‘quvchilar maktab haqida taassurotlarini o‘rtoqlashdilar.

📸 Jarayondan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|