Ogahiy ijod maktabi
1.12K subscribers
29.4K photos
2.43K videos
311 files
7.57K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
5%
Hayirli oqshom
21%
Hayrli oqshom
74%
Xayrli oqshom
#Kun_tarixi

Bugun 9-oktabr haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro'y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

🇺🇳Butunjahon pochta kuni.

🗣Xalqaro pochta ittifoqi tashkil topdi (1874).

🗣Rossiyada "Buker" nomli adabiyot mukofoti ta'sis etilgan kun (1991).

🔵Ispan yozuvchisi, shoir va dramaturg Migel de Servantes tavallud topgan (1547).

🔵O’zbekiston xalq artisti, teatr aktyori, rejissyor Bobojonov Madraim tavallud topgan (1939).

🔵Oʻzbek qoʻshiqchisi Ozoda Nursaidova tavallud topgan (1974).
#Yangiliklar

2023-yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi

⚜️ Tibbiyot bo‘yicha
2023-yilgi Nobel mukofoti COVID-19 ga qarshi vaksina yaratishdagi kashfiyotlar uchun vengriyalik Katalin Kariko va amerikalik Dryu Vaysmanga berildi.

⚜️ Fizika bo‘yicha 2023-yilgi Nobel mukofoti elektronlar va yorug‘lik tabiatini o‘rgangan olimlar Pyer Agostini, Ferens Krauz va Ann L’Yuilyega berildi.

⚜️ Kimyo bo‘yicha 2023-yilgi Nobel mukofoti kvant nuqtalarini kashf etgan va sintez qilgan amerikalik olimlar Mungi Bavendi, Luis Bryus va Aleksey Yekimovga berildi.

⚜️ Tinchlik bo‘yicha
2023-yilgi Nobel mukofoti eronlik huquq himoyachisi Nargis Muhammadiyga berildi. U Eronda ayollarga nisbatan zulmga qarshi kurashi, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash yo‘lidagi harakatlari uchun mukofotga loyiq topildi. Nargis Muhammadiy hozir Eronda qamoqda.

⚜️ Adabiyot bo‘yicha 2023-yilgi Nobel mukofoti norvegiyalik yozuvchi Yon Fossega berildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Yuksak_eʻtirof
#Xalq_taʻlimi_aʻlochisi

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabining pedagog-ustozi, Xalqaro maqomdagi
ingliz tili fani o‘qituvchisi Samadova Nilufar "1-oktabr - O'qituvchilar va murabbiylar kuni" munosabati bilan Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining🎖"O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi" ko‘krak nishoniga munosib ko‘rilganini oldin ma'lum qilgan edik.


🔹Qahramonimiz ma'lum sabablarga ko‘ra xorijiy davlatda - Italiya safarida bo'lganligi sababli ushbu mukofot bugun, 9-oktabr kuni ijod maktabi direktori S. Abdullayev boshchiligida maktab ma'muriyati va ingliz tili fani o‘qituvchilari bilan birgalikda tantanali tarzda o'z egasiga topshirildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Diagnostik_test
#Jarayon

🔰 Joriy yilning 9-oktabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida 10-11-sinf o‘quvchilarining bilim darajasini sinovdan o‘tkazish maqsadida navbatdagi diagnostik test sinovi o‘tkazildi.

➡️ Shundan so‘ng o‘quvchilarga ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun BMBA darajasidagi test kitobchalari tarqatildi. Test jarayonlari shaffoflikni ta'minlash maqsadida nazoratchilar kuzatuvida o‘tkazildi.

Ushbu jarayon o'quvchilarda 29-oktabr kuni o'tkazilishi mo'ljallangan MS imtihonlari muhitini his qilish,tajriba orttirish va bo'shliqlarni aniqlab olish imkonini yaratadi
.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Toʻgarak_jarayoni
#Nasr

🔰 Joriy yilning 9-oktabr kuni Ogahiy ijod maktabida ijodiy to‘garak rahbari Jumanazar Yo‘ldosh boshchiligida "Shukur Xolmirzayev hayoti va ijodi" mavzusida to‘garak mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

🔸 Sh.Xolmirzayev hayoti va ijodi, adibning o‘zbek adabiyotida ahamiyati, hikoyanavislik rivojiga qo‘shgan hissasi haqida so‘z yuritildi.

🔹To‘garak davomida adib qalamiga mansub "Bukri tol", "O‘n sakkizga kirmagan kim bor", "Hayot abadiy" kabi asarlari tahlil qilindi.

📄 To‘garak yakunida o‘quvchilarga mavzu asosida hikoya yozish topshirildi, yozilgan hikoyalarning yutuq-kamchiliklari aytib o‘tildi.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|