Ogahiy ijod maktabi
1.14K subscribers
29.2K photos
2.42K videos
311 files
7.53K links
🔴Ogahiy ijod maktabi faoliyati;
✏️Eng yangi ijod namunalari;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli tanlovlar.

📲Murojaat uchun: (62)226 20 92
@ogahiymurojaat_bot
Download Telegram
3-oktyabr - Sergey Yesenin tugʻilgan kun! * * *

Shahinam, o mening Shahinam,
Bilsang, shimol Vatandir menga.
Dalalardan soʻylayman senga,
Oy nur sepgan boshoqlardan ham.
Shahinam, o mening Shahinam.

Bilsang, shimol vatandir menga,
Unda oy ham yuz bora ulkan.
Sheroz qancha boʻlmasin koʻrkam
Aziz oʻlka Ryazandir menga,
Bilsang, shimol vatandir menga.

Dalalardan soʻylaymi senga?
Sochim olmish bugʻdoyidan rang.
Barmogʻingga oʻra xohlasang
Zarra ogʻriq sezilmas menga.,
Dalalardan soʻylaymi senga?

Oy nur sepgan boshoqlardan ham
Oltin sochim soʻylasin, dildor,
Kul, oʻyna-yu, dalamni zinhor
Eslatmagin menga jonginam,
Oy nur sepgan boshoqlarni ham.

Shahinam, o mening Shahinam,
Shimol yoqda bir nozanin bor:
Senga oʻxshar, gʻoyatda dildor,
Balki meni oʻylar ul sanam...
Shahinam, o mening Shahinam.

Erkin Vohidov tarjimasi.
#Bayram_shukuhi
#1_oktabr

🔸 1-oktabr - "O'qituvchilar va murabbiylar kuni" umumxalq bayrami munosabati bilan Ogahiy nomidagi ijod maktabining pedagog-ustozlarini qutlash maqsadida Xorazm viloyati kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan sovg‘alar taqdim qilindi.

🔹Maktab direktori Sarvar Abdullayev bayram tabrigi bilan ustozlarni samimiy qutlab o‘tdi.
Davrada ustozlar o‘zlarining qalb qo‘ridagi tilaklarini bildirib, bayramona shukuh haqida gapirib o‘tdilar.


➡️ Qutlug‘ sanada maktabning tarbiyachi-pedagogi Jumaniyozova Go‘zalga Webster Universitetining magistratura yo‘nalishini muvaffaqiyatli tamomlagani munosabati bilan universitet tomonidan taqdim qilingan bitiruvchi diplom va esdalik sovg‘alari ham tantanali topshirildi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#ochiq_dars
#jarayon

🔰 Joriy yilning 3-oktabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining ingliz tili fani o’qituvchisi Allabergenova Intizor tomonidan ingliz tili fanidan 9-“A” sinf o’quvchilariga “Writing a short story” mavzusida ochiq dars bo‘lib o’tdi.

➡️ O’qituvchi ochiq dars jarayonida “klaster,” “case”, “team work”,” individual work “ kabi interfaol metodlardan foydalandi.

📸 Ushbu jarayondan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
"Yosh kitobxon" tanlovining sektor bosqichlari joriy yilning 6-10-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi

📚 @yoshkitobxonuz
"Zukko kitobxon" tanlovining oktabr oyi uchun kitoblar roʻyxati:

1. Abdurauf Fitrat
"Jadidlar" toʻplamidan
2. Ikki eshik orasi
Oʻtkir Hoshimov
3. Hojimurod
Lev Tolstoy

Sizda ishtirok etish istagi bormi? @kitobxontestbot orqali roʻyxatdan oʻting!

📚 @yoshkitobxonuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_VA_BIZ
#ADABIY_MUHIT

Xorazm teleradiokanalining "Adabiy muhit" ko'rsatuvi buyuk mutafakkir Muhammad Rizo Ogahiyning avlodlarga qoldirgan bebaho merosiga bag'ishlandi.

Ko'rsatuvda Xiva "Ichanqal'a" muzey qo'riqxonasi va Ogahiy nomidagi ijod maktabi hamkorligida Ogahiy uy muzeyida o'tkazilgan "Ogahiyni yod etib" tadbiri jarayonlari aks etgan bo'lib, unda Ogahiy nomidagi ijod maktabining pedagog-ustozlari, iqtidorli o‘quvchilari faol Ishtirok etganlar.

Yuqorida ko'rsatuvni to‘liq shaklda tomosha qilishingiz mumkin.


Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#1_oktabr

🔰 Joriy yilning 3-oktabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabining bir guruh ustozlariga "1-oktabr - O'qituvchilar va murabbiylar kuni" munosabati bilan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori A. Ubbiyev
tomonidan e'tirof qilingan TASHAKKURNOMA larni maktab direktori Sarvar Abdullayev topshirildi.

🔹Mamlakatimiz oltin fondini ma'nan yetuk, tafakkur olami keng va bilimli insonlar qilib tarbiyalayotgan ustozlarga bayramona tabriklar aytildi.

📸 Jarayondan foto lavhalar.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|